Saitxodjayev


Sog‘liqni saqlash muammosi


Download 441.4 Kb.
bet76/81
Sana09.11.2023
Hajmi441.4 Kb.
#1759525
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81
Bog'liq
2012-yusubov-falsafa-lot(1)

Sog‘liqni saqlash muammosi. Jamiyat vujudga kelgandan buyon sog‘liqni saqlash muammosi dolzarb bo‘lib kelmoqda, hozir u umumbashariy xarakterga ega. Jamiyat rivojlanishi bilan mavjud bo‘lgan kasalliklarni davolash yo‘llari izlab topilmoqda, yangi tibbiy texnika va
dorilar yaratilyapti. Shu bilan birga yangi kasalliklar vujudga kelyapti va dunyo bo‘yicha tez tarqalib bormoqda. Hozircha insoniyat ko‘pgina kasalliklarni davosini topolmay, oldini ololmayapti. Masalan, SPID, rak, ebola, infarkt va hokazo. Respublikamizda hozir gripp ko‘p tarqalgan, ya’ni aziatskiy virus 1915-yillarda bu xil gripp 20 mln kishini yostig‘ini quritgan.
Hozirgi vaqtda jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti kishilarni sog‘ligini saqlash borasida ko‘p ishlar olib boryapti. VOZ sog‘liqni saqlash 12 ta umumbashariy muammosini ishlab chiqqan. Unga muvofiq masalan har bir davlat jami milliy mahsulotini 5% dan kam bo‘lmagan mablag‘ni har yili sog‘liqni saqlashga ajratish lozim. Har bir kishiga har yili jami milliy mahsulotdan 500% dan kam bo‘lmagan mablag‘ ajratishi lozim. Har bir kishiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsata olinishi zarur. Bu degani, har bir uyda ichimlik suvi bo‘lishi yoki 15 minutlik masofada bo‘lishi lozim. Aholi yuqimli kasalliklariga qarshi immunizatsiya qilinishi (ayniqsa difteriya, tuberkuloz) lozim. Aholiga tibbiy yordam, demak har bir aptekada 20 xil dori albatta bo‘lishi zarur (ularni ro‘yxati har bir aptekada bor), ularni bahosi davlat tomonidan nazorat qilinadi.
Hozirgi zamon umumbashariy muammolari yangi siyosiy tafakkur, yuksak axloqiy mas’uliyat va misli ko‘rilmagan birlashgan amaliy harakatni taqozo etmoqda.
Demografik muammo. Jamiyat rivojlanishining tabiiy omillaridan biri aholining o‘sishi hisoblanadi. Aholining o‘sishi jamiyat iqtisodi bilan chambarchas bog‘langan. Masalan, ibtidoiy jamoa tuzumida aholi o‘sishi (tug‘ilish) nisbatan past darajada edi, o‘lish ko‘rsatkichlari juda yuqori edi, kishilar umri juda qisqa edi. Quldorlik tuzumida aholi o‘sishi biroz oshdi, feodalizmda yanada oshdi. Aholi o‘sishiga iqtisodiy omillardan tashqari fan, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, tarbiya, madaniyat, ba’zi xalqlarning urf-odat va an’analari ham ta’sir qiladi. Yuqorida aytilganlarni aholi o‘sish dinamikasi yana bir bor isbotlaydi. Planetamizda 1000-yil 275 mln kishi, 1500-yil 450 mln, 1650-yil 550 mln, 1800-yil 906 mln, 1850-yil 1 mlrd 170 mln, 1900-yil 1 mlrd 617
mln, 1950-yil 2 mlrd 486 mln, 1970-yil 3 mlrd 635 mln, 1987-yil 5 mlrd, 1999-yil 6 mlrd kishiga yetdi.
Hozirgi vaqtda har bir sekundda 2-3 ta bola tug‘ilyapti. 1987-yil 11- iyulda Yer yuzida 5 milliardinchi bola tug‘ildi. U Xorvatiyalik Zagreb shahridan Matey Gashpar edi. Uni tabriklash uchun BMTning bosh kotibi Peresde Kuelyar kelgan edi. 1999-yil oktabr oyida 6 milliardinchi bola tug‘ildi. U Bosniya-Gersegovinaning Sarayeva shahridan Annan
Menich bo‘ldi. Uni tabriklash uchun BMTning bosh kotibi Kofi Annan keldi. BMTning bosh kotibi nomi bolaga berildi.
O‘zbekistonda hozirgi vaqtda 24 milliondan ortiq aholi yashaydi. Prezident I.Karimov ta’kidlaganidek Respublikamiz aholisi har yili 450 ming kishiga ortib boryapti. Toshkent shahri aholisi 1995-yil 2,1 mln kishiga ortgan. Mirzo Ulug‘bek tumani aholisi 1995-yil 253,5 ming kishini tashkil qilgan.


Download 441.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling