Sakkizinchi dars. Mavzu. Badiiy asarning til xususiyatlari. Badiiylik va hozirgi adabiy jarayon. Reja


Ohang vositalari (intonatsion vositalar)


Download 27.47 Kb.
bet12/12
Sana02.01.2022
Hajmi27.47 Kb.
#184825
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
8 maruza ad-k

Ohang vositalari (intonatsion vositalar). Hayotdagi kabi personajlarning ruhiy holatlari o’zgarib, goh osoyishta, goh jo’shqin bo’lib turgani uchun, badiiy tilda bayon ohangi ifoda etilmoqchi bo’lgan mazmunga qarab, turlanib turadi. Buni yozuvchi maxsus vositalar orqali amalga oshiradi. Bayon ohangining o’zgarib turishini ta'minlovchi bunday vositalar ohang vositalari deb ataladi.

Ohang vositalarining eng ko’p ishlatiladiganlaridan biri inversiyadir. Inversiya - gapdagi so’zlarning odatdagi o’rnini o’zgartirish (Inversiya" (lotincha) - joyni almashtirish) demakdir. Bu o’zgarishdan maqsad asosiy fikrni birinchi o’ringa chiqarib, uqtirmoqdir. O’zbek tili uslubiyoti qoidalariga binoan ega jumlaning boshida. kesim esa oxirida kelishi lozim. Ammo „Men senga ming marotaba aytdim-ku, bu ishni qilma, deb" degan gapda biz bir narsani ko’p marotaba aytganimiz haqidagi fikrni oldinga chiqaramiz-da, jumla tuzish borasidagi qat’iy qoidalarni buzamiz. Bu yerda inversiya usuliga murojaat etilgan. Kumush o’z xatida „Ko’rishmasak mendan rozi bo’ling, dadam va boshqa do’stlar ham", deydi. Bu jumlada inversiya mavjuddir. Inversiya she'riy asarlarda nisbatan ko’proq ishlatiladi.

Ohang vositalaridan yana biri bilib turib, bilmaslikka olib berilgan savoldir. Misollar: „Sovuqdan erinibmi, boshqa sabab bilanmi...", „Ularning hozirgi holini tasvir etish mumkinmi?" „Fuqaroning tag’in qanday ko’rguligi bor ekan, o’g’lim!"

Ritm. Har bir badiiy asar tilida, uning qaysi tur va janrga mansubligiga qarab, o’ziga xos ritm mayjuddir. (Ritm (yunoncha) - bir o’lchovda, uyg’unlik bilan harakat etish, demakdir). Ko’pincha bu atama she'riy shaklda yozilgan asarlarga nisbatan ishlatiladi, ammo nasriy asar tilida ham o’lchov, bir-biriga uyg’unlik, ya'ni ritm mavjuddir. Nasr tili palapartish ti! emas. Buni ,,0'tgan kunlar"dan yuqorida keltirilgan ikki parcha misolida ham ko’rish mumkin. Ikkala parchaning ohangi va ritmi bir-biridan farq qiladi. Birinchi parchada muallif o’z qahramoni va uning muhitini osoyishta, asta-sekin tasvirlaydi. Uning bir xususiyati yoki odati tasviridan boshqa xususiyat va odati tasviriga tadrijiy ravishda ko’chadi. Ikkinchi parcha (xat) Kumushning hayajonli lirik monologidir. Unda jo’shqinlik hukmron: xat muallifi bir mavzudan ikkinchi mavzuga ..sakraydi". Shu bilan birga, Kumushning xatida uning boshiga yaqinda tushadigan fojiadan sharpa bor: yozuvchi o’quvchini bo’lajak fojia bilan hayajonlantirishni o’z oldiga atayin maqsad qilib qo’ygan, bu hol bayonda ma'lum darajada tezlikni yuzaga keltirgan.

Badiiy vositalar yuqorida aytilganlar bilan chekianmaydi. Ular har bir talantli yozuvchi tomonidan boyitib boriladi. Yangi avlodlar ularni yangilaydilar va mukammallashtiradilar.




1Bundan „Qodiriydan avval o’zbek adabiyotida kishilarning ichki dunyosini, psixologiyasini tasvirlash yo’q", deb xulosa chiqarish noto’g’ri bo’ladi. Psixologizm adabiyot taraqqiyotining hamma bosqichlarida adabiy asar mazmunida u yoki bu darajada mavjuddir.

Download 27.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling