Sakkizinchi dars. Mavzu. Badiiy asarning til xususiyatlari. Badiiylik va hozirgi adabiy jarayon. Reja
Download 27.47 Kb.
|
8 maruza ad-k
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’z va iboralar
Sakkizinchi dars. Mavzu. 1.Badiiy asarning til xususiyatlari. 2.Badiiylik va hozirgi adabiy jarayon. Reja: 1. Adabiy asarning tarixiy-adabiy jarayonda tutgan o’rni 2. Tilning badiiy asar unsurlari orasidagi alohida roli 3. Jonli til, adabiy til va badiiy til 4. Muallif imiji va personajlar nutqi 5. Adabiy asar tilining asosiy xususiyatlari 2. Reja 1. Adabiy jarayon tuchunchasi. 2. Adabiy jarayonni davrlashtirish.
adabiy an'ana,adabiy novatorlik, jonli til, adabiy til, badiiy til. 1. Adabiy asarning tarixiy-adabiy jarayonda tutgan o’rni. Adabiyotning eng yirik yutuqlari uning tarixida chuqur iz qoldiradi, adabiy taraqqiyotning bundan keyingi yo’nalishlarini belgilab beradi. O’zbek adabiyoti tarixida „O’tgan kunlar" ana shunday asar bo’lib qoldi. „O’tgan kunlar" yozilishi bilan, birinchidan, o’zbek adabiyoti tarixida ilk marotaba epik adabiy turning XX asrdagi zamonaviy janri - realistik roman namunasi yaratildi va bu muhim janr, dastavval, tarixiy roman shaklida ro’yobga chiqdi. Ikinchidan, realizmning eng katta yutug’i bo’lgan psixologizm (real kishilarning ichki, ruhiy dunyosini ochib berish) tamoyili o’zbek nasriy adabiyotida paydo bo’ldi va mustahkam o’rin egalladi1. Uchinchidan, badiiy asarda qanday qilib milliy adabiyotning qadimiy estetik tajribasini yangi zamonning yangicha asarlarini yaratish vazifasi bilan uzviy bog’lash kerak, degan savolga „O’tgan kunlar" orqali konkret ijodiy javob berildi. Har bir milliy adabiyotda asrlar mobaynida yig’ilib kelgan estetik tajriba - hayotning qanday tomonlarini tasvir etish hamda qanday usullar va vositalar bilan tasvir etish sohasidagi ijobiy yutuqlar adabiyotshunoslikda adabiy an'ana deb ataladi. Adabiyotda hayotni tasvirlash borasida yangi tarixiy sharoitda ochilgan yo’llar, tasdiq topgan yangi usul va vositalar esa adabiy novatorlik (yangilik) deb nomlanadi. A. Qodiriyning nasriy ijodi adabiyotning asosiy materiali va quroli bo’lgan til sohasida ham asos soluvchi ahamiyatga ega bo’ldi. Yozuvchining „O’tgan kunlar" romani va boshqa bir qancha asarlari yangi o’zbek adabiy tilining, shu jumladan, yangi badiiy tilning qizg’in shakllanayotgan davrida yozildi. Bu asarlar tili o’zbek matbuoti va badiiy tilining rivojida katta ijobiy rol o’ynadi. Bu yerda hamma xalqlarning tarixida namoyon bo’ladigan katta iste'dod egalari hisoblanmish yozuvchilarning asarlari milliy matbuot va badiiy adabiyot tili tarixida shakllantiruvchi vazifasini o’tashi qonuni o’z kuchini ko’rsatdi. Bunday asarlar har bir xalq adabiy tilining shakllanish tarixini aks ettiruchi hujjat bo’lib qoladi. Download 27.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling