Sakrash turlari texnikasi o‘rgatish metodikasi
Yugurib kelib uch hatlab sakrash texnikasi
Download 0.54 Mb.
|
Sakrash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eshkak eshish”
Yugurib kelib uch hatlab sakrash texnikasi
O‘zining nomidan ma’lumki, uch hatlab sakrash – bu 3 ta ketma-ket depsinishdan iborat harakatdir. Uch hatlab sakrashning eng birinchi sakrash usuli – bu “passiv” usul bo‘lib, bunda “sapchish” katta, “qadam” va “sakrash” “sapchishdan” qisqaroq bajarilgan. XX asrning 20-30 yillaridan uch hatlab sakrashning “faol” usuli qo‘llay boshlandi. U depsinish joyiga oyoqni tez va faol qo‘yish bilan tavsiflanadi. Ikkinchi qadam ancha uzaytirilgan, “sapchish – qadam” asosiy rolga chiqib, “sakrash” birmuncha qisqardi. O‘tgan asrning 40-60 yillarida ikki – “zarbli” va “yumsha-tilgan” usullar paydo bo‘ldi. Birinchisi – katta “sapchish” bilan siltanish paytida tizzani yuqori ko‘tarib depsinish. Depsinuvchi oyoq zarb bilan yerga qo‘yiladi. Bu harakat “sapchish”dan so‘ng “qadam”ni ham katta bajarish imkoniyatini yaratdi. “Yumshatilgan” usulda sakrovchilar depsinuvchi oyoqlarini yerga yumshoq qo‘yib, boldir bilan silkinishsiz amalga oshiradilar. Bu harakat tezligini yaxshi saqlab qolishga olib kelib, “sakrash”ni nisbatan kattaroq bajarish imkoniyatini yaratgan. Hozirgi paytda 3 usulni ko‘rishimiz mumkin: “vertikal”, “eshkak eshishli” va yuguruvchi. “Vertikal” usuli uchish fazasida oyoqning pastki qismini songa tortib va depsinuvchi oyoqni yo‘lakka peshvoz qilib yuqoridan pastga qo‘yish bilan tavsiflanadi. Odatda, tezkorlik va tezlik-kuch sifati yuqori bo‘lgan sportchilar shu usulda sakraydilar. “Eshkak eshish” usulida siltanish nisbatan yuqori bo‘lib, keyinchalik oyoqni tizza qismidan yoyib va yozilgan oyoqni eshkak eshish kabi harakat bilan yerga qo‘yish. “Yuguruvchi” usulida qo‘llar xuddi yugurishdagi kabi harakat qiladi, sakrashlar tez amalga oshiriladi. Oyoq yo‘lkaga yuguruvchi harakat bilan qo‘yilib, tana ozgina oldinga egiladi. Asosiysi, uchinchi depsinishga tezlikni saqlab qolib, uni kattaroq bajarish imkoniyatini yaratadi. Uch hatlab sakrashda natija quyidagilarga bog‘liq: yugurib kelishning gorizontal tezligi; har uch depsinishda uchib chiqishning optimal bo‘lishi; - har bir sakrashda gorizontal tezlikning pasaymasligi. Shuni bilish kerakki, depsinishda uchib chiqish burchagining ortishi, bir tarafdan, uchish uzoqligini oshirsa, ikkinchi tarafdan, UOM trayekto-riyasining baland bo‘lishiga olib keladi, bu esa depsinuvchi oyoqqa tushadigan yuklamani oshiradi, depsinish qiyinlashadi va gorizontal tezlik pasayib ketadi. Uch hatlab sakrashda uchib chiqish burchagi uzunlikka sakrashdagidan kamroq. Yuqori malakali sportchilarda ular “sapchish” – 17o, “qadam” – 14o, “sakrash” – 18o. Uch hatlab sakrash texnikasi shunday qismlarga bo‘linadi: yugurib kelish – birinchi depsinish – “sapchish” – ikkinchi depsinish – “qadam” – uchinchi depsinish – “sakrash” – yerga tushish. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling