Sakrash turlari texnikasi o‘rgatish metodikasi


Download 0.54 Mb.
bet9/12
Sana14.12.2022
Hajmi0.54 Mb.
#1005981
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Sakrash

Ikkinchi depsinish. Oyoq yo‘lkaga “eshkak eshishli” harakat bilan qo‘yiladi.
Oyoqni qo‘yish burchagi 70o atrofida, oyoqni qo‘yish paytida siltanuvchi oyoq oldinga chiqarilib, UOMni vertikal holatga keltirishga, tezlikni saqlab qolishga va ishqalanish kuchlarini yengishga harakat qilinadi. Tana vertikal holatda. Siltanuvchi oyoqning faol harakati depsinish burchagini 60o gacha, UOM uchib chiqish burchagini 15o ga kamaytiradi. Depsinish oxirida gavda oldinga ozroq egiladi.
Qo‘llar yoki xuddi yugurishdagidek, yoki parallel harakatda.
Qadam” bilan uchish fazasi. Ikkinchi depsinishdan so‘ng sportchi uchish fazasida “qadam” holatida xuddi oyoqda qadam qo‘ygandek harakatlanadi. Gavda bir oz oldinga egilgan. Siltanuvchi oyoq soni gorizontal holga keltirilib, oyoqning pastki qismi vertikal holatda. Depsinuvchi oyoq depsinish amalga oshirilgandan so‘ng tizza qismidan bukiladi va tovon qismi tos suyagiga yaqinlashadi. UOM pasayishi boshlanganda siltanuvchi oyoq ham tizza qismidan yozilib yerga qo‘yiladi. Uning qo‘yilishi to‘liq “eshkak eshishli” harakat bilan amalga oshiriladi.
Oyoq yo‘lkaga qo‘yilish paytida siltanuvchi oyoq faol oldinga-yuqoriga chiqariladi va uchinchi depsinish boshlanadi.
Uchinchi depsinish qolgan gorizontal tezlikni saqlab qolgan holda va tez amalga oshirilishi kerak. Oyoq salkam to‘liq yozilgan holda kuchli qo‘yilib, tizza bukilishi burchagi juda kichik, 140o gacha bo‘ladi. Uchib chiqish burchagi “sapchish”dan ozgina ko‘proq – 65o va UOM uchib chiqish burchagi 20o gacha. Bu qo‘l va oyoqning siltanuvchi harakati evaziga amalga oshiriladi.
“Sakrash” – yakunlovchi uchish fazasi bo‘lib, xuddi uzunlikka sakrashdagi kabi amalga oshiriladi. Bunda ham “oyoqni bukib”, “qaychi” va “ko‘krak kerib” usullarini qo‘llash mumkin. Uzunlikka sakrashdan yagona farqi – bu uchish fazasining qisqaroqligidir.
Ayollarda uch hatlab sakrash texnikasi bir qarashdan erkaklarnikidan farq qilmaydi, faqat ayollar sakrashining biomexanikaviy tavsiflari birmuncha pastroq. Umuman, ayollarda uch hatlab sakrash texnikasi ularning anatomik-fiziologik xususiyatlari bilan bog‘liq:

  • ayol organizmining balog‘atga yetish vaqti 17-18 yosh, bo‘y o‘sishi va suyak qotishi 19-20 yoshgacha davom etadi;

  • faol mushaklar massasi (32-35%) va passiv yog‘ massasi (40% dan ziyod) o‘rtasidagi farq erkaklarnikiga qaraganda sust;

  • qizil (sekin) va oq (tez) mushak tolalari farqi erkaklarga nisbatan ayollarda past. Qizil mushak tolalari harakatni bosh-lashda ishtirok etadilar, lekin tez harakatni oq mushak tolalari amalga oshiradi. Organizmda qizil vva oq mushak tolalarini farqini o‘zgartirib bo‘lmaydi, chunki bular tug‘ma, lekin ular faoliyatini o‘zgartirish

mumkin;

  • gavdaning oyoqlarga nisbatan uzunligi, umurtqaning ortiqcha qayishqoqligi (bel qismida), yelka mushaklari, orqa son mushaklari, son yon mushaklari, qorin mushaklari bo‘shroq rivojlangan. Yelka va bel mushak-larining bo‘shroq rivojlangani umurtqa pog‘onasi disklarining yallig‘la-nishiga olib keladi. Oyoqning pastki qismining sust rivojlangani axill paylarining lat yeyishiga, tizza bo‘g‘imining og‘rishiga va osteoxondrozga olib kelishi mumkin.



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling