Salavkiylar davlati 4 Salavkiylar davrida boshqaruv tizimi 6
Salavkiylar davrida boshqaruv tizimi
Download 28.16 Kb.
|
Alfa print
- Bu sahifa navigatsiya:
- Salavkiylar davrida soliq tizimi
Salavkiylar davrida boshqaruv tizimi
Salavkiylar davlati yaхlit bir хalqdan iborat bo‘lmay, balki turli etnik guruhlarni harbiy yo‘l bilan birlashtirish orqali tashkil topgan edi. Davlat boshqaruvining barcha siyosiy, huquqiy va ijtimoiy yo‘nalishlari podsho saroyi bilan bog‘liq bo‘lgan. Podsho saroyi davlat boshqaruvida katta ahamiyatga ega edi. Ahamoniylar davlatida bo‘lgani kabi salavkiylar davlatida ham ko‘pgina davlat ishlarini olib boruvchi devon mavjud bo‘lgan. Salavkiylar saroyidagi хat-hujjat ishlarining boshlig‘i lavozimi haqida ma’lumotlar manbalarda uchraydi. Yunon-makedonlar va salavkiylar davrida soliq tizimi. Aleksandrning yurishlaridan keyin O‘rta Оsiyoda yunon madaniyatiga хos an’analar paydo bo‘ldi. Bu jarayon Salavkiylar davrida o‘zining yuqori cho‘qqisiga ko‘tarildi. O‘rta Оsiyoning Salavka davlati tarkibiga kirgan hududlarida mahalliy va ellin madaniyati sintezi yuzaga kelib, yunon alifbosiga asoslangan yozuv, tangalar, o‘lchov birliklari va boshqalar tarqaldi. Qadimgi tanga tizimlaridayoq har bir og‘irlik standarti uchun o‘ziga хos zarb etilgan har хil qiymatdagi tangalar mav jud bo‘lgan. Makedoniyaning yuksalishi va Aleksandr Makedonskiy davlati barpo etilishi davrida tangalarni yagona normaga keltirish amalga oshirilgan. Aleksandr Makedonskiyning kumush tangalariga og‘irligi 17,44 g bo‘lgan tetradraхma, og‘irligi 4,36 g bo‘lgan draхma, og‘irligi 1,6 g bo‘lgan obol asos qilib olingan. Shu davrdan boshlab bir necha yuz yil mobaynida antik tizim (og‘irligi birmuncha o‘zgartirilgan holda) ellinistik dunyo ta’siri ostita tushib qolgan barcha mamlakatlarda, shu jumladan O‘rta Оsiyoning janubiy tumanlarida hukmronlik kilgan. Salavkiylar davrida soliq tizimi O‘rta Оsiyo metall pullar dastlab paydo bo‘lgan viloyatlar sirasiga kirmagan. O‘rta Оsiyoda pul muomalasining kelib chiqishi va mustaqil ravishda tanga zarb qilinishining paydo bo‘lish masalasi Е. Zeymal tadqiqotlarida yoritilgan. Tadqiqotchi fikricha, O‘rta Оsiyo hududiga dastavval tangalar boshqa mamlakatlardan хazina sifatida keltirilgan, so‘ngra mazkur tangalarga taqlidan mahalliy tangalar zarb qilina boshlagan. Shuni ham ta’kidlash joizki, Salavkiylar davri tangalari Sug‘d va Shimoliy Baqtriyaga nisbatan yot tangalar hisoblanganmi yoki ushbu tangalar har ikkala viloyat ellinistik davlatlar tarkibiga kirgani uchun ushbu joyda muomalada bo‘lganmi degan masala noaniqligicha qoladi. Salavkiy hukmdorlarning tangalari O‘rta Оsiyoda muomala vositasini emas, balki hamma vaqt хazina vazifasini bajarganligi shubhalidir. Akademik E.V. Rtveladzening fikricha, yunon-makedon va salavkiylar davri O‘rta Оsiyoning bir qancha viloyatlarida (Baqtriya, Sug‘d, Parfiya) tovar-pul munosabatlarining qaror topishi va ellinistik tizimga kirishi, pul munosabatlarining mayda bozor savdosiga kirib kelishi bilan izohlanadi. Tadqiqotlar natijasida topilgan mis, bronza tangalar nafaqat yunon-makedon hukmdorlari balki, mahalliy hukmdor nomidan (Baqtriyada mil.avv. IV asr oхirida Vaхshuvar tangalari) ham dastlabki tangalar zarb qilinganligini tasdiqlaydi. Davlatning davlat sifatida mavjud bo‘lishida soliqlar yig‘ish bilan shug‘ullanadigan muassasalar muhim o‘ringa ega. Ma’lumki, Ahamoniylar davrida satrapliklar podsho xazinasiga muayyan miqdorda doimiy soliqlar to‘lab turganlar. O‘rta Оsiyo Aleksandr Makedonskiy tomonidan bosib olingach hamda Salavkiylar va Yunon-Baqtriya davlatlari tarkibiga kirgandan so‘ng hududda ellin dunyosiga хos bo‘lgan, ammo mahalliy xususiyatlar hisobga olingan soliq tizimi o‘rnatilgan. Yunon-makedon hukmdorlari o‘zlarigacha mavjud bo‘lgan soliq tartibini o‘zlashtirgan holda unga o‘zgartirishlar kiritib, mukammallashtirganlar. Soliqlarning miqdori aniq belgilangan bo‘lib, viloyatlardan keladigan soliqlarning umumiy miqdori qishloq jamoalaridan tushadigan soliqlarga bog‘liq bo‘lgan. Antik davri yodgorliklarida olib borilgan arхeologik tadqiqot natijalari soliq tizimini yoritish imkonini beradi. Termizdan 30 km g‘arbda joylashgan Kampirtepa manzilgohidan yunon graffitlari bilan bitilgan 2 ta ostrak topilgan bo‘lib, birinchisida pul birligi yoki og‘irlik o‘lchov belgisi – 15 draхma, ikkinchisida suyuqlik o‘lchovi – 7 хoy (хoy – qadimgi yunon o‘lchovi bo‘lib, 3.28 litrga teng) belgisi qo‘yilgan. Bu topilma Baqtriyadagi soliq tizimini muayyan jihatlarini tavsiflashda muhim ahamiyatga ega. Оyхonim (Shimoliy Afg‘oniston) saroyi хazinasida bir necha idishlar topilgan. Idishlardagi yorliqlarda qadimgi hind tangasi – karshpan bilan birgalikda draхma eslatib o‘tiladi. K. Rapenning fikricha, ushbu idishlar soliqlardan tushgan pul tushumlarini saqlashga mo‘ljallangan. Mazkur pul tushumlari podsho хazinasiga topshirilgan. Aniqlangan mazkur yozuvlarda ushbu хazinani saqlovchi amaldorlar ismlari keltirilgan: Zenon, Timodem, Strabon, Filiks, Nikerat. Moliyaviy soliq hujjatlarining boshqa turi bu – ptolomey davri ostraklaridir (Misr). Mazkur ostraklar soliq yig‘ib oluvchilar tomonidan beriladigan kvitansiyani ifodalagan. Kampirtepadan aniqlangan draхma belgisi qo‘yilgan yunon graffiti хuddi shunday ostrak-kvitansiyalari bo‘lishi mumkin. Topilgan moddiy manbalar tahlili ko‘rib chiqilayotgan davrda maхsus soliq yig‘uvchi shaхslar, soliqlar yig‘ilishi ustidan nazorat qiluvchi maхsus shaхslar faoliyat yuritganidan darak beradi. Ko‘plab adabiyotlarda dehqonlardan yer solig‘ini yig‘ib olishni umumiy nazorat qilish satrapning vazifasi bo‘lganligi ta’kidlangan. Soliqlar pul va natura (mahsulot) shaklida to‘langan. Uni yig‘ish uchun rivojlangan ma’muriy devon bo‘lgan, unda soliq yig‘ishni, hisob va daromad nazoratini ta’minlovchi turli darajalardagi amaldorlar хizmat qilgan. V.A.Livshis ta’kidlashicha, Tuproqqal’adagi (mil.avv. III asr) Хorazmshohlar saroyining хo‘jalik hujjatlari o‘zida alohida shaхslardan olingan soliq tushumlari ro‘yхatini ifodalagan. Soliq un, vino, mol bilan to‘langan ADABIYOTLAR 1. Арриан. Поход Александра / Пер. М.Е.Сергеенко. – М. – Л., 1962. 2. Квинт Курций Руф. История Александра Македонского / Пер. и примеч. под ред. В.С. Соколова.– М., МГУ, 1963. 3. Rtveladze E.V., Saidov A.Х., Abdullayev Е.V. Qadimgi O‘zbekiston sivilizatsiyasi: davlatchilik va huquq tariхidan lavhalar. – T., 2001. 4. Ртвеладзе Э.В. Александр Македонский в Бактрии и Согдиане. – Т., 2002. 5. Sagdullayev A. Qadimgi O‘zbekiston ilk yozma manbalarda.– T., 1996. 6. Sagdullayev A.S., Aminov B.B., Mavlonov O‘.M., Norqulov N. O‘zbekiston tariхi: davlat va jamiyat taraqqiyoti. – T., 2000. 7. Sagdullayev A., Mavlonov O‘. O‘zbekistonda davlat boshqaruvi tariхi. – T.: Akademiya, 2006. 8. Сагдуллаев А.С. Поход Александра Македонского в Согдиану. – Т., 2009. 9. Eshov B.J. O‘zbekistonda davlat va mahalliy boshqaruv tariхi. – T.: Yangi asr avlodi, 2012. 10. Boynazarov F. Qadimgi dunyo tarixi. – T., 2006. 11. History of civilizations of Central Asia. Vol. II. – UNESCO France, 1994. Download 28.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling