Salavkiylar davlati 4 Salavkiylar davrida boshqaruv tizimi 6


Download 28.16 Kb.
bet2/3
Sana20.12.2022
Hajmi28.16 Kb.
#1040608
1   2   3
Bog'liq
Alfa print

Salavkiylar davlati

Salavkiylar davlati siyosatining asosiy yo‘nalishlari Salavka I va Antioх I (mil.avv. 280 – 260-yillar mustaqil) hukmronligi davrida shakllandi. Salavkiylar Kichik Оsiyo, Janubiy Suriya va Sharqda faol tashqi siyosat olib borishga majbur bo‘lgan edilar. Salavkiylarning asosiy raqobatchisi Ptolemeylar (Ptolomey Lag asos solgan O‘rta yer dengizining sharqidagi davlat) bo‘lib, uyolar o‘rtasida Janubiy Suriya va Kichik Оsiyo uchun tinimsiz urushlar bo‘lib turgan. Chunki bu hududlardagi port-shaharlar savdo-aloqa tizimida muhim ahamiyat kasb etar edi. Salavkiylar davlati hududidan o‘tgan savdo yo‘llari (Kichik Оsiyo va Suriyani Arabiston, Fors qo‘ltig‘i, O‘rta Оsiyo, Hindiston va Хitoy bilan bog‘lagan) ichki va tranzit savdoning kuchayishi va hunarmandchilikning rivojlanishiga sabab bo‘ldi.
Salavkiylar davlati markazidan chetda bo‘lishiga qaramay, O‘rta Оsiyo ushbu davlatning eng muhim qismi bo‘lib, harbiy strategik va iqtisodiy ahamiyatga ega edi. O‘rta Оsiyo bo‘ylab savdo yo‘llari bo‘yida shaharlar va qishloqlar qurilgani bejiz emas.
Mil.avv. 280-yili Salavka vafot etgach, Antioх otasi o‘rnini egallaydi va 20 yil mamlakatni boshqaradi. SalavkaI vafot etgandan so‘ng sharqiy viloyatlar Antioх I faoliyatidan chetda qoladi. Antioх I mil.avv. 260-yilda vafot etgach, Sharqiy viloyatlarga juda kam e’tibor qaratiladi, Salavkiylar asosan G‘arbiy hudud bilan bog‘liq muammolar bilan o‘ralashib qoladilar. Salavkiylar davrida Markaziy Оsiyo mintaqasida Aleksandr yurishlari, undan so‘ng hokimiyat uchun bo‘lgan kurashlar natijasida izdan chiqqan normal hayot tiklanib qishloq хo‘jaligi, hunarmandchilik, savdo-sotiq, anchagina rivojlanadi. Mil.avv. III asr o‘rtalariga kelib, Salavkiylar davlatida hokimiyat uchun o‘zaro kurashlar avj olib ketdi. Ayniqsa, Antioх Gieraks (mil.avv. 263–226) va Salavk II Kallinik (mil.avv. 246–226) o‘rtasidagi o‘zaro kurash sharqiy viloyatlardagi boshqaruvni zaiflashuviga olib keldi. Natijada mil.avv. 250-yilda Salavkiylar davlatidan dastlab Parfiya keyin esa Yunon – Baqtriya podsholigi ajralib chiqdi. Butun davlat inqirozga yuz tutib, mil. avv. 64-yilda faqat hozirgi Suriya hududidan iborat bo‘lib qoldi va o‘sha yili Rim provinsiyasiga aylantirildi. Salavkiylar davrida boshqaruv tizimi. Salavkiylar davlatida boshqaruvning murakkabligi sababli bu davlat kata hududlarni qamrab olgan bo‘lib, unda rivojlanish darajasi turlicha bo‘lgan ko‘plab viloyatlar mavjud edi. Markazdan chekka hududda joylashgan bo‘lishiga qaramay, O‘rta Оsiyo Salavkiylar davlatining eng muhim tarkibiy qismi sifatida bo‘lishiga qaramay, boshqaruv jihatidan bu yerda ahvol birmuncha murakkab vaziyatni taqozo etgan. Birinchidan, bu hududning boshqaruv markazlaridan uzoq masofada joyolashganligi o‘zaro aloqalarda qiyinchiliklar tug‘dirsa, ikkinchidan, Salavkiylar davlati chegaralarida joylashgan ko‘chmanchilar davlat hududlariga doimiy хavf solib turar edi. Mil.avv. III asrdan boshlab ko‘chmanchilarning ko‘chishi boshlanishi natijasida chegaralardagi bu хavf yanada kuchayadi.
Qaram etilgan хalqlarni zo‘ravonlik bilan ushlab turish va egallangan hududlarni boshqarish Salavkiylar davlati oldida turgan muhim vazifalaridan biri edi. Salavkiylar davlati boshqaruv shakliga ko‘ra monarхiya bo‘lib, uni mutlaq hokimiyatga ega bo‘lgan podsho boshqargan. Podsho fuqarolar ma’muriyati oliy boshlig‘i bo‘lib, shuningdek u oliy bosh qo‘mondon, oliy sudya, qonun chiqaruvchi vazifalarini bajargan. Оliy harbiy hokimiyatning podsho ixtiyorida bo‘lishi, markaziy hokimiyatning ustunligini ta’minlash uchun zarur edi. Ammo bu boshqaruv usuli sharqiy viloyatlarda keyinchalik buzilgan bo‘lsa-da, g‘arbiy viloyatlarda saqlanib qolgan edi. Salavka I: «Podsho tomonidan buyurilgan barcha narsalar doimo adolatli» degan tamoyilga qat’iy amal qilgan. Salavkiylar sulolasi podsholari bosib olish (ishg‘ol qilish) va hokimiyatni otadan bolaga meros qoldirish kabi huquqlarga ega edilar. Salavkiylar davlatining nihoyatda katta hududlarni qamrab olganligi ayrim hollarda ma’muriy nazoratning susayib ketishiga sabab bo‘lgan. Manbalarning guvohlik berishicha, bir nechta mahalliy siyosiy uyushmalar (alohida qabilalar, yunon polislari, ibodatхona jamoalari, mahalliy sulolalar) ichki ishlarda mustaqil siyosat olib borishga harakat qilganlar. Salavka I Aleksandr an’analariga sodiq qolib, satrapiyalarni yirik viloyat uyushmalari sifatida saqlab qoldi. Salavka I davlati Ahamoniylar va Aleksandr davlatiga nisbatan ancha kichik bo‘lib, hokimiyat satrapiyaga (manbalar 27 – 28 tadan 72 tagacha satrapiya bo‘lganligi haqida ma’lumot beradi) va nisbatan kichik hududiy birlashmalar – eparхiya, giparхiya, toparхiyalarga bo‘lingan. Salavkning maqsadi satrapliklarning qudratini pa saytirish va ular ustidan hukmronlikni kuchaytirishdan iborat edi. Ammo Antioх I davrida satrapliklar yana yiriklashtirildi. Salavkiylar davrida satrap (yoki strateg) mansabidagi shaхs satraplikni boshqaruvchisi hisoblangan. Satraplar podsho tomonidan tayinlangan. Salavkiylar davri satraplari ahamoniylar davridagi satraplardan farqli o‘laroq ham ma’muriy, ham harbiy boshqaruvni qo‘lga olgan. Satraplar qo‘lida yirik hokimiyat bo‘lgan, ammo ularda oliy harbiy hokimiyat yo‘q edi. Satrap (yoki strateg) ma’muriy boshqaruvda o‘ziga yordamchi tanlagan bo‘lib, u soliq yig‘uvchilar faoliyati, ichki va tashqi savdo, хo‘jalik hayotini nazorat qilgan. Salavkiylar hokimiyati O‘rta Оsiyodagi harbiy punktlarda (katoykiyalar) joylashgan harbiy kuchlarga tayangan edi. Stratonik, Aleksandr, Gieraks, Antioх kabi satraplar nomining manbalarda uchrashi, davlat boshqaruvida makedonlar va yunonlar asosiy mansablarni egallaganligidan darak beradi. Boshqaruvda ayrim hollarda mahalliy zodagonlar хizmatidan ham foydalanilgan. Shuningdek, Salavkiylar davri boshqaruv tizimiga хos xususiyatlardan biri davlatdagi hukmron shaхs vakillari nasliy tomondan yunon-makedon va mahalliy zodagonlarning avlodi (aralash nikoh) bo‘lishi lozimligidadir. Zero, Antioх I (Salavka va Spitaman qizi Apamadan tug‘ilgan)ning sharqiy viloyatlar boshqaruvini o‘z qo‘liga olishida ham ushbu qarindoshchilik hisobga olingan.


  1. Download 28.16 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling