Sales and marketing A. Zafarbek and Y. Shaxzodbek


Reklama masalasida ba'zi mulohazalar!


Download 114.02 Kb.
bet3/10
Sana13.05.2023
Hajmi114.02 Kb.
#1455994
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Sales and Marketing

Reklama masalasida ba'zi mulohazalar!
Hozirgi vaqtda O'zbek brendlari orasida ko'plab reklama posterlari va videolariga asosiy e'tiborni tortayapti. Ba'zilari yaxshi, ammo, ba'zilari juda sayozlashib ketayotgandek go'yo.
Kuzatishlarimiz natijasi shuni bermoqdaki 2 xil reklama mavjud:
Birinchisi - shunday reklamaki u ko'p yillar yashaydi va har doim o'z maxsuloti yoki o'sha reklamada ko'rsatilgan brendning qadiriyatlari bilan hamohang yashayveradi. U reklamani qayta-qayta ko'rsangiz ham unda ko'rsatilgan brenddan "bezib" qolmaysiz aksincha, unga mehringiz ortib boraveradi.
Ikkinchisi - shunday reklamaki (hozirgi vaqtda juda ko'payib ketdi). Bu reklamani bir marta ko'rasiz, kulasiz, qaraysiz va bo'ldi tamom... Boshqa bu reklamani ko'rgingiz kelmaydi, keyinchalik ko'rib qolsangiz ham shunchaki kulib qo'yasiz... Undagi brend va Maxsulot haqida sizda xech qanday qadiriyat ham tushincha ham qolmaydi!
Eng qizig'i ikkinchi turdagi reklamalar birinchisiga qaraganda anchagina qimmat! Qizig'a?!

Bir martalik va ko'p martalik reklamalar haqida!
Aslida reklamaning 3 ta asosiy vazifasi bor deb o'yladik:

  1. Maxsulot yoki xizmatning mavjudliligini ko'rsatish!

  2. Ushbu Maxsulot va xizmat insonlar turmush darajasini yaxshilashda yoki qaysidir muammolarini yechishda naqadar muhumliligini ko'rsatish!

  3. Ushbu Maxsulot va xizmatni sotishga yordam berish!

Hozirgi vaqtda ko'pchilik tadbirkorlarimiz birinchi va ikkinchi vazifalardan sakrab o'tib to'g'ridan-to'g'ri uchinchi bosqichdan rekalama qilish kerak, tezdav Maxsulotni sotish kerak deb o'ylashadi. Shu sababli ham hozirgi vaqtdagi yengil-yelpi reklamalarga ko'p pul sarflab "Tik Toker", "Viner"larga reklamalar qilidirib yuborishadi. Bu esa oldin aytib o’tganimizdek shunchaki insonlarni kuldiradi xolos. Brend va Maxsulot uchun undan boshqa narsa bermaydi.
Keyin esa "Reklama ish bermas ekan, bo'lmas ekan" - degan hulosaga kelib qolishadi! Qizig'a?


"Coca Cola"ni butun dunyoga nima sotayapti reklama emasmi?!
Yo'nalish tanlay bilish kerak.
Dunyodagi eng kuchli kompaniyalarni o'rganib chiqsangiz ulardagi bir nechta umumiylikni topishingiz mumkin. Biz ulardan 2 tasini aytamiz:

  1. Ular o'z qadiriyatlarini ko'proq rekalama qiladilar. PR reklamalardan juda o'rinli foydalanadilar. Bu esa ushbu kompaniyalarga va ularning maxsulotlariga insonlarda mehr uyg'otadi.

  2. Ular o'z korparativ madaniyatlariga juda katta e'tibor beradilar. Ularda ishlaydigan hodimlarning qadr-qimmatini hamma narsadan ustun qo'yadilar. Natijada o'sha hodimlarning o'zlari o'z kompaniyalarini, Maxsulotlarini sevadilar va boshqalarga ham sevdiradilar!

Bizda ham ko'plab muvaffaqiyatli kompaniyalarning ayrimlarida shu narsalar bor. Lekin aksariyat kompaniyalar bu narsalarni PR rekalamalar orqali ko'rsatib bera olmaydilar. Afsuski ular bir martalik bachkana reklamalarga katta pul sarflab tashlaydilar! Natijasi esa... Uzoqqa bormaydi!
Marketingga pul tikmagan xizmat yoki Maxsulot uzoqqa bora olmaydi. Bu jahon tan olgan va tajribasidan o'tqazgan aksioma!

Download 114.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling