Sales and marketing A. Zafarbek and Y. Shaxzodbek
Download 114.02 Kb.
|
Sales and Marketing
- Bu sahifa navigatsiya:
- "Ijtimoiy tarmoqlarda sahifa+reklama=(1 oyda) juda kop SOTUV"
- Banner
Reklama (Advertising)
"Sotishni to'xtating. Yordam berishni boshlang!" Oxirgi paytlarda ko'plab insonlar bilan marketing va sotuvlar haqida gaplashdik. Asosiy kasbiy faoliyat bo'lganligi uchun bu soha bo'yicha tushincha va ko'nikmalar berib borishga harakat qilayapmiz. Afsuski, juda ko'p odamlar marketingning ramziy ma'nodagi bitta formulasini bilib olganlar. Bu formula: "Ijtimoiy tarmoqlarda sahifa+reklama=(1 oyda) juda ko'p SOTUV" Ya'ni barchasi to'g'ridan to'g'ri o'z maxsulot yoki xizmatlariga sotuv qilib yuborishni reja qiladilar va marketingdan ham shuni talab qiladilar. Lekin aslida ham shundaymi? Yuqordagi klassik formula hozir ham ishlaydimi? Aslo unday emas! Bu eskirib ketgan klassik formula umuman ishlamaydi! Bilasizmi nega? Sababi oddiy va javobi yuqoridagi sarlavhada (sarlavhani yaxshilab o'qing). Insonlar Maxsulotni sotgan emas, balki, uning muammosini yechishda yordam bergan insonlarni qadrlaydilar. Hozir marketingda ham SMMda ham eng effektiv reklama bu - sodda, samimiy ma'lumotlar yoki insonlarning ushbu Maxsulot yoki xizmatga ega bo'lgandagi emotsiyalari. Boshqasi befoyda! Dunyodagi eng qimmat dizaynerni olib kelib, "g'ayriodatiy" dizaynli reklama yasatasizmi, yoki oddiy odamlar ko'rib nega bunchalik "aji-buji" bu deydigan rasmlar chizdirasizmi, faoydasi kam (yo'q demayapmiz, lekin effekti juda past). Muammo yo'q joyda sotuv bo'lmaydi. Kimdir sizga murojaat qilib keldimi, demak unda qanaqadir ehtiyoj, muammo bor. Sizning Maxsulotingiz ham albatta insonlarning qaysidir muammolariga yechim bo'ladi. Bu aniq. O'sha muammoni va Maxsulotingiz beradigan yechimni toping va ular o'rtasida "ko'prikni" to'g'ridan to'g'ri sotuv yo'li bilan emas, balki, insonlarga yordam berish yo'li bilan quring! Deylik sizda o'quv markazi mavjud. Siz ingiliz tilidan bolalarni o'qitasiz. Sizning "ingiliz tili tezlashtirilgan kurslariga qabul boshlandi! Shoshiling joylar soni cheklangan" - mazmunidagi reklamangiz xech kimga qiziq emas! Ha ishonavering qiziq emas! Nega bilasizmi? Birinchidan - biz hozir reklamalar olamida yashayapmiz. Atrofingizga bir qarang: -Televizorni yoqasiz reklama, gazetani ochdingiz reklama, internetni yoqdingiz reklama keldi, ko'chaga chiqdingiz Banner, Flayer, Door-hanger (eshikka ilinadigan reklama qog’ozi turi) Bilboardlarda reklamalar, hattoki, magazinlarga kirsangiz ham ko'rgazmali reklamalar, avtobus, metro, zapravkalar umuman hamma-hamma joyda reklama. Biz rekalamalar olamiga "cho'kib" ketdik. Xulosa, sizning yuqoridagi tartibdagi reklamangiz ham boshqalar uchun "kapeyka". Ikkinchidan - mijozlaringiz biladi, ular shoshilmaydilar, sizning reklamadagi "Shoshiling, joylar soni chegaralangan" mazmunidagi gaplaringizning shunchaki, "yolg'on" ekanligini ular juda yaxshi biladilar. Shu sababli ularga bu ma'lumotlar qiziq emas! Yana bir qancha sabablari bor ularni topishni sizga qoldiramiz. Mana yuqorida ularga qiziq emas dedik, siz bir o'ylab ko'ringchi aynan sizning Maxsulot yoki xizmatingiz borasida mijozlaringizga qanday ma'lumotlar qiziq? Download 114.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling