Saljuqiylar davlatida ijtimoiy siyosiy madaniy hayot Kurs ishi himoyasiga ruxsat berildi


I BOB IX-XII asrlarda o‘zbek davlatchiligi: siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayot


Download 145 Kb.
bet2/10
Sana16.06.2023
Hajmi145 Kb.
#1491928
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
SALJUQIYLAR DAVLATIDA IJTIMOIY SIYOSIY MADANIY HAYOT

I BOB IX-XII asrlarda o‘zbek davlatchiligi: siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayot.

1.1 Saljuqiylar davrining asosiy xususiyatlari


IX asrga kelib O‘rta Osiyo, xususan Movaraunnahrda arab xalifaligiga qarshi olib borilgan kurashlar natijasida mahalliy sulola vakillarining mustaqillikka bo‘lgan intilishlari kuchayib ketdi. CHunonchi, xalifalikning ichki hududlarida ham ziddiyatlar keskinlashib borayotgan edi. Xalifa Xorun ar-Rashid vafotidan keyin uning o‘g‘illari Ma’mun va Amin o‘rtasida o‘zaro kurash boshlanib ketdi. Mahalliy sulola vakillari bu kurashlarga aralasha boshladilar.
Hirot viloyatining Bushang shahridan bo‘lgan Tohir ibn Husayn o‘z nomidagi sulolaga asos soldi. Bu davrda Xorun ar-Rashidning kichik o‘g‘li Ma’mun (asli ismi Abdulla bo‘lgan) Xurosonning noibi edi. Amin va Ma’mun o‘rtasida hokimiyat uchun bo‘lgan kurashda Tohir ibn Husayn Ma’mun tomonidan turib Aminga qarshi kurashdi. Ayrim manbalarning guvohlik berishicha, 813 yilda Ma’mun xalifalik markazi Bog‘dodni egallaydi hamda bir necha yil mobaynida Tohir ibn Husayn xalifa saroyida yuqori lavozimlarda xizmat qiladi. 821 yilda esa Tohir ibn-Husayn Xurosonga noib yetib tayinlanadi (o‘sha davrda Movaraunnahr ham Xuroson tarkibiga kirar edi). Tohir ibn Husayn Nishopur shahrini o‘zining qarorgohi yetib tanladi. U o‘zi noiblik qilayotgan viloyatlarni xalifalikdan mustaqil boshqarishni orzu qilar edi. Natijada Tohir xalifalikdan mustaqil siyosat yurgizishga harakat qildi. Noiblikka o‘tirgandan so‘ng oradan ko‘p o‘tmay Tohir xutba nomozidan xalifaning nomini chiqarib tashlaydi. Bu esa uning xalifa Ma’munga qarshi ochiqdan ochiq isyoni belgisi edi.
Ba’zi manbalarda qayd etilishicha, 822 yilda Tohir ibn Husayn Ma’mun odamlari tomonidan o‘ldirildi. Uning o‘rniga Talxa ibn Tohir (822-830 y.) noib yetib tayinlandi. Buning sababi shunda ediki, xalifalik aynan mahalliy hukmdorlarning kuchidan arablarga qarshi qo‘zg‘olonlarni bostirishda foydalanar edi. Xuroson noibining muhim vazifalaridan biri esa o‘ziga qarashli hududlarda viloyat hokimlarini saylash bo‘lgan. Xususan, Tohir dastlabki somoniylar vakillarini Samarqand, Ustrishona, Farg‘ona va SHoshga hokim qilib tayinlagan.
Talxadan keyin taxtga o‘tirgan Abdulloh ibn Tohir o‘zigacha bo‘lgan noiblar siyosatini davom ettirdi. Bu davrda Xuroson noibligiga Movarounnahr, Xorazm, Seyiston, Ko‘histon, Tabariston va Jurjon hududlari kirgan. Har bir viloyat bir necha ma’muriy birliklarga bo‘lingan. Bu birliklar katta va kichik tumanlardan iborat bo‘lgan. Abdulloh o‘z hokimiyatini mustahkamlash maqsadida ayrim harbiy islohotlar o‘tkazgan edi. Bundan tashqari Tohiriylar yuritgan siyosatning xususiyatlaridan yana biri, ularning islomlashtirish siyosati edi. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, Tohiriylar davrida O‘rta Osiyoning barcha hududlarida islom dini tarqaladi.
Tohiriylar davlat boshqaruvida turli toifa va qatlamlar mavjud edi. SHunga alohida e’tibor berish kerakki, Tohiriylar qishloq xo‘jaligini rivojlantirish maqsadida yer-suv masalalariga alohida e’tibor qaratdilar. SHu soha bilan shug‘ullanuvchi qonunshunoslar «Kitob alkuniy» nomli qonunlar to‘plamini tuzdilar. Bu to‘plam yerdan unumli foydalanish va sug‘orish tizimi masalalariga qaratilgan edi.
IX asrning 60-70-yillaridan e’tiboran tohiriy hukmdorlarga qarshi xalq harakatlari kuchaydi. Bu harakatga G‘oziylar boshchilik qildilar. («G‘oziylar» asosan ko‘chmanchi qabilalar hujumini bartaraf qilish maqsadida kambag‘al hunarmandlar va yersiz ziroatchilardan tashkil topgan qurolli qo‘shin). G‘oziylar harakatini aka-uka Yoqub va Amir binni Lays boshqardilar. Ular dastlab Seyistonda hokimiyatni qo‘lga olgach, 873 yilda tohiriylarning qo‘shinlariga katta zarba berib, Xuroson poytaxti Nishopurni egalladilar. SHu davrdan e’tiboran tohiriylar sulolasi barham topdi va Xurosonda hokimiyat Safforiylar (misgarlar, YOqub va Amir asli hunarmand-misgar-»saffor» edilar.) qo‘liga o‘tib ketdi. Rasmiy jihatdan Xuroson va Movaraunnahr ustidan hukmronlik qilib turgan tohiriylar sulolasining inqirozga uchraganligi Movaraunnahrdagi mahalliy hokimlarning o‘lkani to‘la mustaqilligini ta’minlash sari harakatlari uchun qulay imkoniyatlar yaratib berdi. Endi bu davrda somoniylar siyosiy maydondagi kurashda erkin harakat qila boshladilar va ular Movaraunnahrda markazlashgan bir butun davlat barpo qilishga kirishdilar. Birlashtirish g‘oyasini shaharliklar ham, dehqonlar ham qo‘llab quvvatladilar. CHunki birlashgan va markazlashgan yagona va qudratli davlatgina ko‘chmanchi qabilalarning hujumini daf qila olishi mumkinligini ular yaxshi bilar edilar. Markazlashgan yagona hamda qudratli davlat kuchli harbiy kuch yaratish imkoniyatini berardi.

Download 145 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling