Saljuqiylar davlatida ijtimoiy siyosiy madaniy hayot Kurs ishi himoyasiga ruxsat berildi
ul-hoqon degan nomda yuritilgan. Arab manbalarida mazkur unvon sulton ul-salotin
Download 145 Kb.
|
SALJUQIYLAR DAVLATIDA IJTIMOIY SIYOSIY MADANIY HAYOT
ul-hoqon degan nomda yuritilgan. Arab manbalarida mazkur unvon sulton ul-salotin, fors tarix asarlarida shahanshohga muvofiq keladi. Aynan yuqoridagi oliy unvon qoraxoniylar davri kitoblarida tamg‘ochxon deb ham yutirilgan.
Qoraxoniylarga qarashli yerlar tamg‘ochxon tomonidan uning o‘g‘illari, qarindoshlari o‘rtasida taqsimlangan edi. SHu bois yer-mulk masalasida ota-o‘g‘il, amaki, jiyanlar hamda aka-uka-yu amakivachchalar o‘rtasida doimiy nizolar yuz berib, u siyosiy ahvolga salbiy ta’sir ko‘rsatib turgan. Ettisuvdan turib Movaraunnahrni boshqarish qiyin bo‘lgan. Qoraxoniylar davrida Samarqand iloqxoni ancha kuchayib ketgan edi. Saroyda somoniylar davlatida bo‘lganidek vazir, sohibbarid, mustavfiy, hojib, rais-muhtasib kabi amaldorlar bo‘lgan. Qoraxoniylar davlatida imom, sayyid, shayx, sadrlar mavqei kuchli edi. Qoraxoniylar davlati boshlig‘i lavozimi, hoqonning taxti merosiy sanalgan. Ma’muriy idoralar ikkiga bo‘lingan: dargoh va devonga. Xoqonning ulug‘ hojibi xoqon bilan fuqaro o‘rtasida vositachilik qilgan. Hoqon saroyida quyidagi amaldorlar bo‘lgan: og‘ichi-shoyi kiyimlar xazinachisi; biruk-mehmonlarni qabul qilish bo‘yicha mutasaddi; oshchi-hoqon oshxonasi boshlig‘i (bog‘archi); bitikchi-munshiy; kotib-mirza; qushchi-hoqon ovining tashkilotchisi. Hoqon harbiy qo‘shinlari chyerik deyilgan, unga suboshi, yoki sipohsolor qo‘mondonlik qilgan. Kichik zobit chovush, sipohiylar to‘dasi qo‘mondoni xaylboshi deyilgan. Qo‘shin o‘nlik, yuzlik, mingliklarga bo‘lingan. Qoraxoniylar hoqoni qo‘shi (harbiy lager) xonto‘y deyilgan. Hoqon qo‘shida doim 9 ta sariq bayroq hilpirab turgan. Hoqonlikda elchini yalavoch yoki yalafar deb atalgan. Hoqonlik hududlari el, viloyatlarga bo‘lingan. Ijtimoiy tuzumda mavqei ancha baland hisoblangan yirik zamindorlar-dehqonlar qatlami qoraxoniylar davrida o‘z ahamiyatini yo‘qotdi. O‘rta Osiyo ko‘hna zodagon toifasining bunday ahvolga tushishiga asosiy sabab siyosat maydonida yuz bergan sulolalar o‘rtasidagi taxt almashuvi, eng ta’sirli jihati esa ko‘chmanchilik sharoitiga moslashgan el-uluslarining o‘troq aholi hududlarining ishg‘ol etishidir. Somoniylar zamonida mazkur sulola uchun xos markazlashgan davlat tuzumidan qoniqmagan aslzoda dehqonlar qoraxoniylarni qo‘llab-quvvatlagan edilar. Yirik xonadon sohiblari-qoraxoniylar hokimiyatda uzoq davr tura olmadilar va vaqti kelib biz hududimizning asosiy hukmdorlari bo‘lib qolamiz deb o‘ylashgan edi. Ularning bunday rejalarini tushungan yag‘mo va jikillarning boshliqlari zodagonlarni quvg‘in qila boshladilar. Buning oqibatida keksa boy qatlam vakillari o‘z ekinzorlari, uy-joylari, mulklari va boyliklaridan mahrum bo‘ldilar. Dehqon degan nom endilikda faqat oddiy jamoatchiga nisbatan aytiladigan bo‘lib qoldi. Aslzodalar o‘zlarining daromad manbayi-yer-mulkdan mahrum bo‘la boshlagan sari oddiy jamoatchi ziroatkorlar ijarachilarga aylana bordilar. Bu paytda yerlar egasiz va qadrsiz bo‘lib qoldi. Unumdor joylar yaylovlarga aylandi. Biroq keyingi voqealar jarayonida Movaraunnahr ijtimoiy hayotida jonlanish yuz berganligi haqida ma’lumotlar bor.4 Qoraxoniylarda oddiy xalq budun deyilgan. Soliq to‘lovchi fuqaro rayiyat deb atalgan. Qabila boshliqlari bek deyilgan, savdogarlar sart deb atalgan. Qoraxoniylar davlatida hunarmandchilik (kulolchilik, to‘quvchilik, shishasozlik, temirchilik, zargarlik), shuningdek ziroat va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlovchi sohalar taraqqiy etgan. SHuningdek, qimmatbaho toshlar, oltin, mis, temir qazib olingan. SHaharsozlik inshootlari pishiq g‘ishtdan bunyod etilgan. Xonlikda yer egaligining iqto shakli keng tarqalgan. Manbada shunday deyiladi: «Iqtoga sohib bo‘lganlar (muqtalar) shuni bilishlari lozimki, ular faqatgina rayiyyatdan haq molini yaxshilik bilan olishga haqlidirlar va odamlar o‘z tanuv mollari, bola-chaqalari, asbob-uskunalari bilan xavfsiz bo‘lishlari shart. Agar odamlar saroyga kelib, o‘z hollarini ma’lum qilmoqchi bo‘lsalar, ular qarshilik qilmasinlar va qaysi bir muqta shunday qilsa qo‘lini qisqartirib, iqtosini tortib olish, o‘ziga jazo berib, boshqalarga ibrat yetib ko‘rsatish kerak. Ularga shuni bildirib qo‘yish lozimki, mulk ham, rayiyat ham xonnikidir. Muqtalar va valiylar ularni boshlarida shahnadek turib, podshoni rayiyat bilan birga xavfsizlikdan saqlaydilar («Siyosatnoma»). Hoqon, vaqf, jamoa mulklari qoraxoniylar tasarrufidagi asosiy yer-mulklar hisoblanadi. Qoraxoniylar davlatida saljuqiylarda bo‘lgan kabi iqto egasi o‘z mulkida ishlayotgan ziroatkorlardan belgilangan miqdorda qonun bilan qayd etilgan soliqdan boshqa ortiqcha mahsulot yoki haq olishga huquqi bo‘lmagan. Majburiy ravishda biror-bir mahsulot tortib olinsa, bunday vaziyatda iqtoning ma’lum miqdori qirqib olingan yoki umuman tortib olingan. Download 145 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling