Saljuqiylar davlatida ijtimoiy siyosiy madaniy hayot Kurs ishi himoyasiga ruxsat berildi


II BOB Somoniylar va Qoraxoniylar o‘rtasidagi kurash


Download 145 Kb.
bet6/10
Sana16.06.2023
Hajmi145 Kb.
#1491928
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
SALJUQIYLAR DAVLATIDA IJTIMOIY SIYOSIY MADANIY HAYOT

II BOB Somoniylar va Qoraxoniylar o‘rtasidagi kurash.

2.1 Somoniylar va Qoraxoniylar


Qoraxoniylar davlati Ettisuv hududidagi Qarluq (756-940) davlati o‘rnida tashkil topdi. Uning asoschisi Sotuq Bug‘roxon (915-955) hisoblanadi. U 942 yili Bolasog‘un hokimini mag‘lub yetib, o‘rniga o‘zini hoqon deb atadi. Qoraxoniylar davlatiga ikki qabila-yag‘mo va jikil qabilalari birlashdilar. Sotuq zamonida Qoraxoniylar davlati ikkiga bo‘linib ketadi. Birining poytaxti Bolasog‘un bo‘lib, oliy hokimiyat yoshi katta bo‘lgan hoqon tomonidan boshqarilgan; ikkinchi davlatning poytaxti Taroz, keyinchalik Qoshg‘ar bo‘lib, kichik hoqon tomonidan boshqarilgan. Qoraxoniylar Somoniylar davlatidagi milliy nizolardan ustalik bilan foydalandilar. Hasan Bug‘roxonning 992 yili Somoniylarga qarshi yurishi oldidan somoniylar lashkarboshchisi Xuroson hokimi Abu ali Simjuriy u bilan muzokara olib borgan. Somoniylarning boshqa lashkarboshchisi, Balx hokimi Foyiq Raboti Malik yaqinidagi Bug‘roxonga qarshi jangda, har tomonlama ustunlikka ega bo‘lishiga qaramay taslim bo‘ladi. Iloq hokimi Mansur ibn Ahmad esa, hoqonga tobelik bildirib, uning nomiga pul zarb etadi. Buxorodan Qoshg‘arga ketayotganda Bug‘roxon kasallanib vafot etadi. Bundan foydalangan Nuh ibn Mansur taxtni qayta egallaydi.3
996 yili Qoraxoniylar xoni Nasr Buxoroni yana bosib oladi. Somoniylar lashkarboshisi Abul Ibrohim Ismoilning (Muntasir) Buxoroni ozod etish yo‘lidagi urinishlari 1005 yilda muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Somoniylarning G‘aznadagi noibi Sabuqtegin 997 yilda vafot etdi. O‘rniga uning o‘g‘li Mahmud G‘azna hokimi bo‘ldi. Somoniylar amiri Mansur ibn Nuh (997-999) uning ta’sirida edi.
1001 yilda, Sulton Mahmud Qoraxoniylar xoni Nasr bilan shartnoma tuzib, Amudaryoni ikki o‘rtadagi chegara qilib belgiladi. Somoniylar davlati o‘rnida ikki ulkan davlat tashkil topdi:
Birinchisi, Qoshg‘ardan Amudaryogacha cho‘zilgan SHarqiy Turkistonning bir qismida, Ettisuv, SHosh, Farg‘onaning qadimgi hududlarini o‘z ichiga olgan Qoraxoniylar davlati.
Ikkinchisi, Shimoliy Hindiston sarhadlaridan Kaspiy dengizining janubiy qirg‘oqlarigacha cho‘zilgan hamda hozirgi Afg‘oniston va shimoliy- sharqiy Eronni o‘z ichiga olgan G‘aznaviylar davlati edi.
Iloq hokimlari nomigagina qoraxoniylarga qaram bo‘lib, o‘z yurtlarini mustaqil ravishda boshqarganlar. Iloqdagi dehqonlar sulolasining asoschisi Mansur ibn Ahmadning o‘g‘li Muhammad ibn Mansur (1004-1008) bo‘lgan. Uning o‘g‘li Abushujo Solor ibn Muhammad (1008-1009) qoraxoniylar xoni Ahmad ibn Aliga qaram bo‘ldi. Iloqda Nasr ibn Alining uchinchi ukasi Muhammad ibn Ali (1010-1015) Inoltegin laqabi bilan pul zarb qilgan. Unga Iloq, Xo‘jand, Taroz mulklari tobe bo‘lgan. CHug‘rotegin Husayn ibn Mansur (1016-1030), Muhammad YUsuf Bug‘roxon (1032-1057)ning poytaxti SHosh edi. To‘g‘rultegin Qoraxon YUsuf (1068-1075) zamonida Iloq SHarqiy Qoraxoniylar davlatiga qaram bo‘lgan.
XI asr o‘rtalarida tamg‘ochxon unvonini olgan qoraxoniy Ibrohim ibn Nasr g‘arbiy Qoraxoniylar davlatining poytaxtini O‘zgandan Samarqandga ko‘chirdi.
1068 yilda Movarounnahrda qoraxoniy Ibrohim ibn Nasr o‘g‘illari o‘rtasida taxt uchun kurash boshlandi. Kurashda SHamsulmulk g‘alaba qozondi. SHamsulmulk Abulhasan Nasr ibn Ibrohim (1068-1080) davrida Buxoroda katta qurilish ishlar olib borilgan.
1080 yilda SHamsulmulk vafotidan keyin Movaraunnahrda hokimiyat uchun kurash avj oladi. Bundan foydalangan saljuqiy sulton Malikshoh 1089 yili Movaraunnarga bostirib kirdi. Buxoro va Samarqandni zabt yetib, xon Ahmadni asir oldi. Ammo Ahmad bilan sulh tuzib uni o‘z taxtida qoldiradi. Qoraxoniy Ahmadning saljuqlarga itoatkorligi amirlar va ruhoniylar noroziligiga sabab bo‘ldi. Natijada u 1095 yilda o‘ldirildi.
Ahmaddan so‘ng taxtga o‘tirgan Arslonxon (1102-1130) zamonida qoraxoniylar garchi yarim mustaqillik sharoitida siyosat yurgizgan bo‘lsalar ham, Samarqand shahrining obodonligi bo‘yicha katta ishlar qildilar. Harbiy qo‘mondonlar va ruhoniylar Arslonxon hokimiyatidan norozi edilar. Arslonxon betobligi tufayli hokimiyatni o‘g‘li Nasrga topshiradi. Lekin fitnachilar Nasrni o‘ldiradilar. Arslonxon Marvdan Sulton Sanjarni yordamga chaqiradi. Bundan foydalanib, Sanjar 1130 yili Samarqandni egallaydi.
XII asr boshlarida qoraxitoylar Bolasog‘unni egallaydilar. 1138 yilda qoraxitoylar go‘rxoni Sulton Sanjarning qarindoshi, Samarqand hukmdori Mahmudni Xo‘jand yaqinida mag‘lub etadi. SHahar talanib katta tovon undirilgan bo‘lsa-da, bosib olinmadi.
1141 yilda qoraxitoylar yana Movarounnahrga bostirib kirdilar. Bu gal jang Samarqand yaqinidagi Qatvon cho‘lida bo‘ldi. Jangda sulton Sanjar bilan Mahmudning birlashgan kuchlari tor-mor keltirildi. Har ikki tomondan 30 mingga yaqin kishi o‘dirildi. Sulton Sanjar va Mahmud Termiz tomon chekindilar. Sulton Sanjar xazinasi, uning xotini Turkonxotun go‘rxon qo‘liga o‘lja tushdi. Qoraxoniylar Samarqand va Buxoroni egalladilar.
So‘nggi qoraxoniylar qoraxitoylarga tobelikdan qutulgan edilar. Biroq 1212 yilida Alovuddin Muhammad Xorazmshoh g‘arbiy qoraxoniylar davlatining hoqoni Usmonni o‘ldirib, Samarqandni o‘z mulklariga qo‘shib oldi.
Qoraxoniylarda Qoshg‘ar va Bolasog‘un poytaxt sanalib, ulug‘ xon shu shaharlardan birida qarorgohda o‘tirgan. Ulug‘ hoqon yoki ulug‘ xon
Download 145 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling