o Voliy-viloyat boshqaruvchisi.
o Shihna- “Harbiy hokim” deb yuritilgan. Shahardagi tartib va nazoratga olish bilan shug’ullangan.
o Noib-shihna yordamchisi bo’lgan. Ularning vazifalari: tartibni buzganlarni imomlardan maslahat olib jazolash. Yana bir vazifasi joylardagi tartibni nazorat qilganlar.
o Omil-joylarda soliq yig’ish bilan shug’ullanganlar.
o So’boshi-qo’shin sarkardalaridan biri hisoblangan.
Davlatda faoliyat yuritgan devonning nomlari va vazifalari
o Devoni tug’ro-eng muhim devon, uning boshlig’i bosh vazir o’rinbosari mavqeyiga ega bo’lgan. Devoni tug’ro sulton farmoni, qarorlari, rasmiy hujjatlarini tayyorlash, ularni tasdiqlash uchun taqdim etish, markazdan joylarga rasmiy hujjatlarni yuborish, joylardan markazda qabul qilish, chet ellarga maktublar yuborish, davlat hujjatlarida maxfiylikni ta’minlash ishlariga rahbarlik qilgan.
o Devoni istifo-moliya devoni. Davlat kirim-chiqimlari, soliqlar bilan shug’ullangan, ularni ro’yxatga olishga ma’sul devon.
o Devoni ishrof-davlat nazorati devoni. Ushbu devon moliya-soliq ishlarni, hisoblarni tekshirish, vaqt mulklar ustidan nazorat qilish, sulolaga tegishli yer-suv, qimmatbaho moliya qog’ozlari, zarbxonalar, bozorlar mutasaddilari, soliqchilar, amaldorlar ustidan nazorat olib borgan.
Saljuqiy hukmdorlar (1038-1194)
o Ruknuddunyo vaddin To’g’rul I
o Azudu-davla Alp Arslon
o Jalolu-davla Malikshoh I
o Nosiruddin Mahmud I
o Ruknuddin Berk Barkyoruk
o Muizzuddin Malikshoh II
o G’iyosiddin Muhammad I
o Muizzuddin Sanjar
Do'stlaringiz bilan baham: |