Saljuqiylar davlatining boshqaruv tizimi va harbiy, siyosiy tarixi
Download 159.49 Kb.
|
Saljuqiylar davlatining boshqaruv tizimi va harbiy, siyosiy tari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Saljuqiylar davlatida boshqaruv tizimi
1194-yilda Xorazmshohlar hukmdori bo’lgan Takash sharqiy va g’arbiy Saljuqiylar davlatini tugatdi. Faqatgina Ko’niyoda (Kichik Osiyoda) Saljuqiylar davlatining bir qismi saqlab qolindi. 1308-yilda Saljuqiylar davlati butunlay tugatildi. Ushbu davlat o’rnida butun g’arb olamida mashur bo’lgan Usmoniylar imperiyasi tashkil topdi.Saljuqiylar davlatida boshqaruv tizimi· Sulton ul-a’zam-davlat boshlig’i, oliy hukmdor. Sultonlikda yermulk taqsimlash faqatgina sulton ixtiyorida bo’lgan. · Bosh vazir-rais ur-ruaso yoki said ur-ruaso (boshliqlarning kattasi)-u barcha devonlar faoliyatiga rahbarlik qilgan holda xazina, moliya, soliq, davlatga tegishli bo’lgan ishlab chiqarish muassasalari ishlarini nazorat qilgan. · Ulug’ hojib-oliy hukmdorning eng yaqin kishisi, dargoh bilan devonlar o’rtasidagi aloqalarni muvofiqlashtirib turuvchi, rasmiy qabullarni uyushtiruvchi amaldor. Saljuqiylar davlatida boshqaruv tizimi· Amiri xoris-oliy hukmdor chiqargan jazolar hukmlarini ijro etish bilan shug’ullanuvchi amaldor. · Mustafiy-Devoni Istifo xizmatchisi hisoblangan. Davlatdagi moliyaviy masalalar bilan shug’ullangan. · Mushrif- davlat kotiblari shunday atalgan. · Saloxdor-saroydagi qurol-aslaha, ayniqsa oliy hukmdorga tegishli narsalarni saqlash bilan shug’ullanuvchi amaldor. · Xos vakil-dargoh ishlarini boshqaruvchi amaldor. · Janddor-sulton va dargoh xavfsizligining ta’minlovchi amaldor. · A’lamdor-sulton bayrog’ini tutuvchi. Saljuqiylar davlatida boshqaruv tizimi· Sharobdor- sulton sharobxonasining boshlig’i. · Amir-qo’shin rahbari va bosqinchilik paytida hukmdorning ma’lum hududidagi rahbari. · Chashnegir-sultonning ovqatlanishiga ma’sul shaxs hisoblanadi. U dasturxon yozilganda sulton taomlaridan zaharlanmasligi uchun o’zi birinchi bo’lib tatib ko’rar edi. · Miroxur-sulton otxonalari boshlig’ining lavozimi. · Tashtdor-sulton hammomlari va hovuzlarining boshlig’i. Uning qo’l ostida bir necha g’ulom bo’lgan. · Otabek-bu unvon bosib olingan davlatlarda vazirlik mansabiga teng bo’lgan. Otabek mansabi dastlab Alp Arslon davridan boshlab joriy qilingan. Download 159.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling