Salomatligi xizmati


Tibbiy-sanitariya yordamining birlamchi zvenosida epidemiologik nazorat


Download 5.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/103
Sana26.10.2023
Hajmi5.53 Kb.
#1725505
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   103
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

 
Tibbiy-sanitariya yordamining birlamchi zvenosida epidemiologik nazorat 
Bunday epidemiologik nazorat jamoada paydo bo’ladigan sporadik 
kasalliklarni aniqlashga yordam beradi. 
Covid-19 kasaligiga gumon qilingan yoki tasdiqlangan bemorlar 
aniqlanganda zudlik bilan 24 soat ichida tuman sog‘liqni saqlash bo’limiga, tuman 
sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat sog‘ligini saqlash xizmati 
markazlariga xabar berish kerak. O’z vaktida va tezlik bilan qilingan xisobot va 
taҳlil yangi paydo bo’lgan bemorlarni va muloqotda bo’lganlarni aniqlashga va ular 
orasida chora-tadbirlarni tashkil kilishga yordam beradi. 
Shuning uchun ҳar bir ҳolat uchun eng kamida quyidagi axborotlarni yig‘ish 
lozim:bemorning yoshi, jinsi, yashash manzili, kasallik boshlangan vaqti, tekshiruv 
(test) natijalari. 


26 
Shifoxonalar (bolnista) darajasida epidemiologik nazorat 
Covid-19 kasalligiga gumon qilingan yoki tashxisi tasdiqlangan bemorlar 
shifoxonaga yotkizilgandan keyin 24 soat ichida sog‘liqni saqlash organlariga xabar 
berish kerak. 
Bemor xaqida quyidagi ma’lumotlar beriladi: 

yoshi,jinsi va yashash manzili; 

kasallik boshlangan davri, tekshirishga namuna olingan payti, shifoxonaga 
yotqizilgan vaqti; 

laboratoriya tekshiruvining turi va natijasi; 

bemor tibbiyot xodimi bo’lsa uni ko’rsatish kerak; 

xabar berilayotgan paytida bemorning aҳvoli (bemor shifoxonaga 
yotqizilgan, sun’iy nafas oldirishda yotibdi, reanimastiya bo’limiga qabul qilindi 
va ҳ.k.); 

kasallikning natijasi (shifoxonadan chikib ketgan yoki o’lgan kuni). 
Dozorli epidemiologik nazorat 
Bunday epidemiologik nazoratda maxsus (dozor) uchastkalarda Covid-19 ga 
qo’shimcha tekshiruvga (dopolnitelnoe testirovanie) ajratilgan bemorlar bir xil aҳoli 
guruҳi vakillari, ҳar xil jinsli, ҳar xil yoshdagi kishilar bo’lishi maqsadga muvofiq. 
Dozorli epidemiologik nazorat yordamida aniqlangan Covid-19 bemorlari 
davlat xisobotiga kiritilishi lozim,ular xaqida tegishli kanallar orqali axborot 
berilishi kerak. 
Dozorli epidemiologik nazoratning afzalligi shundaki, bunday nazoratda 
laboratoriya tekshiruvi(testirovanie) tizimli standart asosida o’tkaziladi. Bunday 
laboratoriya tekshiruvi natijalariga, boshqa kasalliklarda, jumladan grippga 
o’xshash kasallliklar, o’tkir respirator infekstiyalar yoki zotiljamda o’tkaziladigan 
tekshiruv natijalari ta’sir ko’rsatmaydi. 
Yil mobaynida o’tkir respirator kasalliklarda o’tkaziladigan dozorli 
epidemiologik nazoratda olinadigan namunalarni, Covid-19ga ҳam tekshirish 
tavsiya etiladi. 

Download 5.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling