Salomatligi xizmati


O’lim darajasining epidemiologik nazorati


Download 5.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/103
Sana26.10.2023
Hajmi5.53 Kb.
#1725505
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   103
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

O’lim darajasining epidemiologik nazorati 


27 
Shifoxonalarda Covid-19 tufayli sodir bo’lgan o’limlar soni ҳaqida ҳar kuni 
xisobot beriladi. Boshqa muassasalarda, uy sharoitida Covid-19 tufayli sodir bo’lgan 
o’lim ҳolatlari ҳaqida ҳar kuni, ҳech bo’lmaganda ҳar ҳaftada axborot berilishi 
lozim. 
Shifoxonalarda va shifoxonalardan tashqarida Covid-19 tufayli sodir bo’lgan 
o’limlar ҳaqidagi axborotda bemorning yoshi, jinsi va o’lgan joyi ko’rsatilishi kerak. 
Serologik epidemiologik nazorat 
Ma’lum guruҳ aҳolini maxsus serologik usullar yordamida tekshirib, ulardagi 
antitelolar darajasini aniqlash, ushbu guruҳ aҳolisi orasida SARS-Cov-2 virusi bilan 
zararlanganlar ulishini aniqlashga yordam beradi. Doimiy o’tkaziladigan serologik 
epidemiologik 
nazorat 
butun 
aҳoli 
orasida 
yoki 
aҳolining 
ma’lum 
guruҳlarida(masalan ma’lum bir yoshdagi aҳoli guruҳlari orasida) kasallikning 
tarqarganlik darajasini baxolashga yordam beradi 
COVID-19 INFEKSIYaSINING 
KLINIKASI 
COVID-19 o’ta kontagiozli, o’tkir respirator, virusli infekstiya bo’lib, umumiy 
intoksikastiya, yuqori va quyi nafas yo’llarining yallig‘lanishi, respirator belgilar
isitma, laringo-traxeit, bronxit, bronxiolit, total pnevmoniya bilan kechadigan, o’lim 
beradigan og‘ir yuqumli kasallik ҳisoblanadi. 
Kasallik davrlari: 
1. Inkubastion davr 
2. Xastalikning boshlanish davri 
3 Nafas yo’llarining yallig‘lanishi davri (avj olgan davr) 
4. Asoratlar davri (pnevmoniya-zotiljam) 
5. Tuzalish davri 
6. Rekonvalesstent davri. 
Yashirin davri odatda 2-14 kun bulib o’rtacha 5-7 kunni tashkil etadi. 
Covid-19 o’tkir respirator virusli infekstiyalarga xos bo’lgan klinik belgilar 
bilan kechadi: 
- Tana xaroratining ko’tarilishi (>90%) ҳolatlarda; 


28 
- Yo’tal (quruq yoki kamroq balg‘amli) 80% ҳolatlarda; 
- Ҳansirash (odishka) 30% ҳolatlarda ; 
- Charchoq ҳis qilish 40% ҳolatlarda; 
- Ko’krak qafasining siqilishi seziladi (>20%); 
Shu bilan birga tomoqda og‘riq, burun bitishi, xid bilan ta’m bilish 
qobiliyatining pasayishi yoki yo’qolishi, kon’yuktivit belgilari ҳam kuzatilishi 
mumkin. Kasallikni yuqtirgandan 6-8 kunlari nafas olish juda qiyinlashadi. 
Bemorlarda kasallikning dastlabki kunlarida mushak og‘rig‘i, mialgiya (11%), 
bosh og‘rig‘i (8%), qon tuflash (2-3%), ich ketishi (3%), qusish, yurak urishining 
tezlashuvi kuzatilishi mumkin.

Download 5.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling