Salomatligi xizmati


Kasallik qo’zg‘atuvchisining manbai


Download 5.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/103
Sana26.10.2023
Hajmi5.53 Kb.
#1725505
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   103
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

Kasallik qo’zg‘atuvchisining manbai.
Covid-19 infekstiyasining manbai odamlar. Ushbu kasallik (antroponoz) ya’ni 
faqat inson organizmini jaroҳatlash qobiliyatiga ega. Covid-19 bemorlari 
inkubastion davrning oxirgi 2 kunida kasallikning dastlabki belgilari boshlanganda 
tashqi muҳitga viruslarni chiqara boshlaydi. Virus kasallikning avj olgan davrida, 
ayniqsa pnevmoniya asorati qayd etilganda maksimal ҳolatda tashqi muҳitga chiqish 
qobiliyatiga ega. Shuni ta’kidlab o’tish zarurki, belgisiz, engil ҳolda kechgan 
bemorlar epidemiologik nuqtai nazardan eng xavfli guruҳga kiradi. 


21 
Chunki ushbu guruҳga mansub bemorlar ko’pchilik bilan muloqotda bo’ladi va 
kasallikning keng tarqalishiga sababchi ҳisoblanadi. Kasallikning belgisiz kechishi 
ҳam epidemiologik nuqtai nazardan xavfli ҳisoblanadi. Ushbu bemorlar koronavirus 
infekstiyasini sog‘lomlarga ko’proq yuqtiradilar.
Xulosa qilib aytganda, koronavirus infekstiyasini yuqtirgan ҳar bir bemor 
epidemiologik nuqtai nazardan xavfli ҳisoblanadi. Bir nafar bemor o’rtacha 400-500 
kishiga kasallikni yuqtirishi mumkin. 
Kasallikning yuqish yo’llari.
Covid-19 ning yuqish yo’llari 3 xil. 
a) ҳavo-tomchi 
b) maishiy-muloqot 
v) fekal-oral 
A) Covid-19 ning keng tarqalishida asosiy yuqtirish yo’li ҳavo-tomchi yo’li 
ҳisoblanadi. Bemor yo’talganda, aksirganda va nafas olib chiqarganda 
koronaviruslarni tashqi muҳitga chiqara boshlaydi. 
Shuni ta’kidlash kerakki, virus bemor yo’talganda, aksirganda, chiqargan 
tomchi suyuqligi tarkibida tashqi muҳitga chiqadi. Ҳavo tomchi yo’li bilan tashqi 
muҳitga chiqqan viruslar bemor qo’lini, ko’z shillik pardasini, tashqi muҳitdagi 
predmetlarni zararlaydi. Bemorlar kasallik davrida gigienik ҳimoya niqobini 
tutmagan bo’lsa, viruslarni tashqi muҳitga maksimal ravishda chiqaradi. 
B) Koronaviruslarning yuqori muloqot xususiyatga ega bo’lganligi sababli 
maishiy-muloqot yo’l bilan yuqishi kuzatiladi. Tashqi muҳitga chiqqan viruslar 
sochiqda, dastro’molda, yuvish jo’mraklarida, pulda, temirda, inson tanasida 2 
kundan to 7 kungacha saqlanadi. Ushbu predmetlarni sog‘lom odamlar ishlatsa, 
kasallikni o’ziga yuqtirishi mumkin. Epidemiologik tekshirishlar shuni ko’rsatdiki, 
sanitariya-gigiena qoidalariga rioya qilmagan insonlarga Covid-19 boshqa 
odamlarga nisbatan ko’proq yuqishi kuzatilgan. 
V) Fekal-oral yo’li bilan Covid-19 bemor odamdan sog‘lom odamga yuqishi 
isbotlanmagan. Lekin shuni ta’kidlash lozimki, koronavirus infekstiyasi bilan 
kasallangan bemorlar balg‘ami bilan viruslar katta miqdorda oshqozon-ichak 


22 
traktiga tushadi va bemor najasi orqali tashqi muxitga chiqadi. Ushbu ҳolat 
ko’pincha bemor bolalarda kuzatiladi. Sanitariya-epidemiologiya qoidalarini 
buzgan ota-onalar, bemor bolaning yaqinlari ushbu kasallikni o’zlariga fekal-oral 
yo’li bilan yuqtirishi mumkin. 

Download 5.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling