Salomatligi xizmati
Download 5.53 Kb. Pdf ko'rish
|
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021
ETIOLOGIYaSI Koronaviruslar (Coronoviridae) – RNK tutuvchi viruslar. Elektron mikroskop ostida ko’rilganda tojsimon (korona) ko’rinishiga ega. Ushbu viruslar tabiatda keng tarqalgan, odamlar va ҳayvonlar organizmida ko’payib kasallik tug‘diradi. Koronaviruslar RNK musbat zanjirga ega va o’ziga yarasha replikastiya (qon ҳujayralar ichiga kirish) xususiyatga egaligi aniqlangan. Ҳozirgi kunda antigenlik ҳususiyati bo’yicha koronaviruslar 4 guruҳga bo’linadi: Alphacoronavirus, Betacoronavirus, Gammacoronavirus, Deltacoronavirus. Koronaviruslar odamlarda bir qancha respirator kasallarni keltirib chiqaradi – engil shakldagi o’tkir respirator virusli infekstiyalar (O’RVI) to og‘ir shakldagi o’tkir respirator kasalliklargacha (TORS yoki SARS). 13 Ҳozirgi davrda odamlar orasida engil shakldagi mavsumiy o’tkir respirator kasalliklarni chaqiruvchi 4 xildagi (Hcov-229E, -OC43, -NL63 va HKU1) koronaviruslar va og‘ir shakldagi respirator kasalliklarni chaqiradi, o’ta patogenligikoronaviruslar – yangi sharq respirator belgili (sindrom) kasallik virusi (MERS) va yangi paydo bo’lgan koronavirus infekstiyasi (Covid-19) virusi (SARS- Cov-2). SARS-Cov-2 – RNK saqlovchi virus bo’lib, Coronoviridae oilasiga, Betacoronavirus turiga kiradi. Ushbu virus o’ta patogenligi tufayli, mikroorganizmlarning II guruҳ patogenligiga kiradi. Covid-19 qo’zg‘atuvchi virus ko’rshapalaklarda uchrashi ҳam isbotlangan. Ҳozirgi kunda koronaviruslarning xususiyatlari, antigen tuzilishlari o’zgaruvchanligi, immunologik mutanosibligi monoklonal antitelalar ҳosil bo’lishi, interleykinlar o’zgarishi, test-sistemalar, davolash uslublarini yaratish borasida dunyoning ko’zga ko’ringan virusologlari, immunologlari, laboratoriya ilmiy xodimlari tomonidan ilmiy ishlar jadal olib borilmoqda. Koronaviruslar tashqi muҳitga chidamli. Kasallangan bemorlardan ajralgan viruslar +4 0 S - 30 0 S ҳaroratda bir necha soatdan to 14 kungacha tashqi muҳitda saqlanib qoladi. Tashqi ҳarorat +40 0 S – 50 0 S bo’lgan taqdirda ҳam viruslar tashqi muҳitda bir necha kun saqlanib qolishi mumkin. Bemor organizmidan yo’talganda, aksa urganda ajralgan virus buyumlarda, qo’lda, uy predmetlarida 3 kundan to 7 kungacha saqlanib turadi. Virus 1.0% xlor va xlor tutuvchi moddalarga chidamsiz, 70% spirtga ta’sirchan. Koronavirus tarkibida lipidlar qobig‘i bo’lganligi sababli ishqor tutuvchi sovun va ishqoriy moddalar ta’sirida tez nobud bo’ladi. Download 5.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling