Salomatligi xizmati


Download 5.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/103
Sana26.10.2023
Hajmi5.53 Kb.
#1725505
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
COVID-19 



Covid-19 – yuqori kontagiozli o’tkir respirator virusli infekstiya bo’lib, 
umumiy intoksikastiya, yuqori va quyi nafas yo’llarining yallig‘lanishi, respirator 
sindromi, isitma, traxeya, bronx va o’pkaning virusli total yallig‘lanishi 
(pnevmoniya) bilan kechadigan og‘ir kasallik ҳisoblanadi. 
Ushbu yuqumli kasallik o’ta xavfli bo’lib, muҳim ijtimoiy-iqtisodiy 
aҳamiyatga ega. 2020 yildan boshlab pandemiya shaklida butun dunyoga tarqaldi. 
2020 yildan ushbu kasallik 200 dan ortiq davlatlarda epidemiya shaklida qayd etildi. 
Covid-19 O’zbekistonda ҳam tarqaldi.
Qisqacha tarixiy ma’lumot 
Covid-19 infekstiyasi 2019 yil noyabr oyida Xitoy xalq respublikasining 
(XXR) Uxan shaҳrida qayd etildi. Dastlabki bemor ushbu shaҳar fuqarosi bo’lib, 
yuqori ҳarorat, intoksikastiya, nafas etishmasligi belgilari bilan og‘ir aҳvolda 
shifoxonaga etkazilgan. Bemor og‘ir pnevmoniya xastaligidan vafot etgan. 
Bemor kasallikni yuqtirgan infekstiya manbai aniqlanmagan. Ushbu bemor 
kasallangandan oldin Uxan shaҳridagi dengiz maҳsulotlari sotiladigan bozorda – 
qushlarning ҳom go’shtini va ilonlarni sotish bilan shug‘ullanganligini inobatga 
olib, kasallikni bozorda go’sht maҳsulotlaridan yuqtirgan deb taxmin qilingan. 
Qisqa muddat ichida ushbu kasallik Xitoy davlatining boshqa ҳududlarida ҳam 
qayd etila boshlangan. 2020 yildan boshlab esa Rossiya, Turkiya, Eron, Saudiya 
Arabistoni, Italiya, Ispaniya, Germaniya, Buyuk Britaniya, AQSh davlatlarida 
epidemiya shaklida tarqalgan. 
Mikroorganizmlarga nom qo’yuvchi Xalqaro qo’mita 2019 yil 11 dekabrda, 
yangi koronavirus kasalligini qo’zg‘atuvchi virusga SARS-Cov-2 deb rasmiy nom 
berdi. Butun jaҳon sog‘liqni saqlash tashkiloti (BJSST) ushbu kasallikni Covid-19 
(“coronovirus disease -2019”) deb atashni tavsiya qildi.
2020 yilning aprel oyiga kelib kasallik er yuzining 200 dan ortiq 
mamlakatlarida epidemiya shaklida qayd etildi, Butun jaҳon sog‘liqni saqlash 
tashkilotining qo’shma majlisida 11 fevral 2020 yilda Covid-19 infekstiyasining 
butun dunyoda tarqalishini pandemiya deb e’lon qilingan. 



Ushbu epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar ko’rilishi natijasida Uxan shaҳrida 
Covid-19 tarqalib ketishining oldi olindi. Ammo xastalik qisqa muddat ichida 
ko’pgina davlatlarga tarqaldi. Xitoyda Covid-19 epidemiyasini jilovlash, ya’ni 
epidemiyaga qarshi va profilaktik chora-tadbirlarning o’z vaqtida o’tkazilishi 
samara berdi, kasallanish keskin kamaydi epidemiyaga qarshi ko’rilgan tadbirlar 
“Xitoy modeli” deb ataldi. 
Xitoy davlatida Covid-19 ning oldini olish maqsadida quyidagi chora-tadbirlar 
o’tkazildi. 
1. Uxan shaҳri va Xitoyning ushbu infekstiya qayd etilgan provinstiyalarida 
shaҳardan chiqish va chetdan kirish to’xtatildi.
2. Aҳoliga uyda qolish, ko’cha va maydonlarga sababsiz chiqish man etildi. 
Tibbiy niqobsiz (maska taqmasdan) yurish qat’iy man qilindi. Oziq-ovqat 
sotiladigan marketlardan tashqari barcha magazinlar, bozorlar epidemiologik 
vaziyat tugaguncha yopib qo’yildi. 
3. Qisqa muddat ichida koronavirusga chalingan bemorlar uchun infekstion 
shifoxonalar qurildi. 
4. Koronavirus infekstiyasiga chalingan bemorlarni davolash uchun, yuqori 
malakali shifokorlar, ҳamshiralar boshqa ҳududlardan jalb qilindi. 
5. Barcha shaҳar ko’chalari, aҳoli istiqomat qiladigan uylarni dezinfekstiya 
qilinishi tashkillashtirildi. 
6. Epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni buzgan aҳoliga jinoiy va ma’muriy 
javobgarlik chora-tadbirlari o’tkazildi. 
7. Kasallik chiqqan ҳududlarga avia, temir yo’l transporti va avtomobillarning 
kirib chiqishi to’xtatildi. 
8. Aҳoliga kerakli tibbiy niqoblar, dezinfekstiya moddalarini o’z vaqtida etkazib 
berish tashkillashtirildi. 
9. Og‘ir bemorlarga sun’iy nafas olish apparatlari bilan ta’minlashga erishildi.
10. Koronavirus infekstiyasini aniqlash maqsadida PSR, IFA diagnostikumlari 
keltirildi va qo’llanildi. 


10 
Aҳolini aloҳidalash, uydan chiqmaslik, kasallik chiqqan joyni karantinga olish, 
uning epidemik tarqalishining oldini olish maqsadida so’rab surishtirib, muloqotda 
bo’lganlarni aniqlash, ushbu tadbirlarni qo’llash Covid-19 ning Xitoy davlatida keng 
tarqalib ketishining oldini oldi. 
2020 yilning mart oyidan boshlab Covid-19 infekstiyasi kamayganligini 
e’tiborga olib, Uxan shaҳrida va Xitoyning boshqa ҳududlarida karantindan asta-
sekin bosqichma-bosqich chiqishga ruxsat berildi. 
Yangi paydo bo’lgan Covid-19 kasalligi, sog‘liqni saqlash soҳasidagi 
mutaxassislar oldiga kasallikning profilaktikasi tashxisoti, bemorlarni davolash 
bilan bog‘liq bo’lgan bir qator vazifalarni qo’ydi. 
Ҳozirgi paytda Covid-19 ning etiologiyasi, epidemiologiyasi, patogenizi, 
klinik ҳususiyatlari va davolash usullari ҳaqidagi ma’lumotlar ko’pgina 
mamlakatlarda o’rganilmoqda, yangi-yangi axborotlar bilan to’ldirilmoqda. 
Mazkur uslubiy qo’llanma dunyoda, jumladan BJSST mutaxassislari, Xitoy, 
Amerika, Evropa va Rossiya mamlakatlarida Covid-19 bilan kasallanishni, davolash 
va profilaktikasini nazorat qiluvchi markazlar ma’lumotlari, shuningdek, BJSST, 
Rossiya Federastiyasi sog‘liqni saqlash vazirligi, O’zbekiston Respublikasi 
sog‘liqni saqlash vazirligining Covid-19 bo’yicha chop qilgan “Vaqtinchalik uslubiy 
tavsiyanomalar”, shuningdek, ushbu mavzu bo’yicha adabiyot manbalarida chop 
etilgan axborotlar taҳlili, O’zbekistonlik olimlar – virusologlar, epidemiologlar, 
infekstionistlar, 
reanimatologlar, 
pulmonologlar, 
gematologlarvaboshqa 
mutaxassislarning Covid-19 ning tashxisi, uni davolash va profilaktikasi borasidagi 
amaliy tajribalari ma’lumotlari asosida tayyorlandi. (Foydalanilgan adabiyotlar 
ro’yxatiga qarang). 
O’zbekiston Respublikasida Covid-19 qayd etish 2020 yil mart oyidan 
boshlandi. 
Dastlabki 
bemor 
Franstiyadan 
turistik 
sayoҳatdan 
qaytgan 
O’zbekistonlik fuqaro bo’lib, ular qisqa vaqt oralig‘ida oila a’zolariga va 
qarindoshlariga kasallikni yuqtirgan. Shundan keyin Covid-19 bilan kasallangan 
bemorlar chet elda bo’lgan O’zbekistonlik turistlar orasida qayd etila boshladi.


11 
Vazirlar Maҳkamasi ҳuzuridagi sanitariya epidemiologik nazorat inspekstiyasi 
mamlakatimizda qayd etilgan Covid-19 infekstiyasini favqulotda ҳolat deb baҳoladi. 
Mamlakatda karantin e’lon qilindi. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maҳkamasi qoshida Covid-19 
infekstiyasiga qarshi kurash komissiyasi tuzildi. Komissiya qarorlari va 
topshiriqlarini bajarishga barcha vazirliklar, ҳokimiyatlar, ichki ishlar xodimlari, 
prokuratura, shaҳar va ҳududiy sanitariya-epidemiologiya xizmati, keng tarmoqli 
shifoxonalar, Virusologiya, Epidemiologiya mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar 
ilmiy tekshirish institutlari, Toshkent Tibbiyot Akademiyasi xodimlari, nodavlat 
tashkilotlar, Oliy Majlis, yuqori malakali shifokor epidemiologlar, infekstionistlar, 
reanimatologlar, kardiologlar va boshqa tor mutaxassislar jalb qilindi. Respublika 
Prezidenti bir necha marta mamlakat aҳolisiga Covid-19 infekstiyasi tarqalishining 
oldini olish bo’yicha murojaat qildi.
Mamlakatimizda tez fursatlarda quyidagi tadbirlar o’tkazildi. Ushbu tadbirlar 
fevral oyining oxiri va mart oyining boshida boshlandi va ҳozirgi kungacha davom 
ettirilmoqda. 
1. Chet elda bo’lgan va respublikaga qaytib kelgan barcha O’zbekiston 
fuqarolari 14 kunga aloҳidalandi. Kelgan fuqarolarni kundalik tibbiyot nazorati, 
termometriya, Covid-19 ga infekstiyasiga tekshirish yo’lga qo’yildi. 
2. O’zbekiston Respublikasi fuqarolari vaqtincha chet elga chiqishi taqiqlandi. 
3. Maktab yoshgacha bo’lgan bolalar bog‘chalari, maktablar, kolledjlar, oliy 
ta’lim muassasalari, institutlar epidemiya tugaguncha faoliyati to’xtatildi. Darslar 
onlayn tarzda davom ettirildi. 
4. Teatrlar, kinoteatrlar, stadionlar, restoranlar, oshxonalar, kichik va katta 
buyum do’konlari, mexmonxonalar o’z faoliyatini epidemiologik ҳolat barqaror 
topguncha to’xtatdi.
5. Avia va temir yo’lning aҳoliga xizmat qilish turlari orqali Respublika 
ҳududlariga va chet elga chiqish vaqtincha to’xtatildi. 
6. O’zbekiston fuqarolari zaruriy vaziyat vujudga kelmaguncha o’z 
xonadonlarida qolishlari va oilalar uchun karantin tashkillashtirildi. 


12 
7. Shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilish qoidalari ҳar kuni televideniya va 
radio kanallari orqali aҳoliga tushuntirib turildi. 
8. Respublikaning barcha ҳududlarida jamoa joylar, ko’chalar, davlat 
tashkilotlari, aҳoli yashaydigan uylar, pod’ezdlarni doimiy ҳar kuni dezinfekstiya 
qilish ishlari tashkil qilindi.
9. Aҳolidan kasallik yuqmasligi uchun burun va og‘izni berkitib turish ҳimoya 
niqoblarni kiyish qat’iy talab qilindi. Shu bilan birga aҳolining uch kishidan ko’p 
bo’lib yig‘ilishi taqiqlandi. Shaxsiy mashinalarni maxsus ruxsatsiz boshqarish, 
skuterlar, velosipedlar bilan uydan tashqariga chiqish taqiqlandi. 
10. Uyda bemorlar kuzatilsa, ularning issig‘i chiqsa, kechiktirmasdan shifokorga 
murojaat qilish ta’kidlandi va maxsus tez yordam xizmati tashkil qilindi.
Aҳoli o’rtasida Covid-19 infekstiyasi aniqlanganda bemorlarni aloҳidalash, 
muloqotda bo’lganlarni aniqlash uchun sanitariya epidemiologiya osoyishtaligi 
ҳududiy markazlari xodimlari, ichki ishlar xodimlari, milliy gvardiya jalb qilindi. 
Natijada Respublikada Covid-19 ning keng tarqalib ketishining oldi olindi. 

Download 5.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling