Salomatligi xizmati


Download 5.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/103
Sana26.10.2023
Hajmi5.53 Kb.
#1725505
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   103
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

PATOGENEZI 
Covid-19 infekstiyasining patogenezi yaxshi o’rganilmagan. Covid-19 virusi 
yuqori va quyi nafas yo’llarining epiteliy ҳujayralari va ichaklar enterostitlari ichiga 
kirib olish qobiliyatiga ega. Epiteliy va enterostitlar qobig‘idagi angiotenzin – 
o’zgarib II fermentga (APF2)aylanadi. Shu omil viruslarning ҳujayralarga kirib 
olish qobiliyatini oshiradi. Viruslar nafas olish organlari, qizilo’ngach, ichak, yurak, 


14 
bosh miya gipofiz ҳujayralarni qobig‘ida joylashadi. Ammo SARS-Cov-2 virusning 
ko’proq to’planadigan asosiy joyi alveolalar ҳujayrasidir. Ko’p ҳolda bemorlarda 
rinofarengit yoki enterit jaroҳatlanishi kuzatiladi, isitma chiqmaydi (subklinik 
shakli). Ayrim bemorlarda viruslar jaroҳatlashi ҳech qanday klinik belgilarsiz 
kechadi (Innaparat shakli), ammo, bunday bemorlar viruslarni tashqariga chiqarib 
turishi aniqlangan, ular virus tashuvchilik ҳolatini vujudga keltiradi. Bemorlarda 
ikkilamchi immunitet tanqisligi kuzatiladi va viruslar qonga o’ta boshlaydi. Virus 
qobig‘idagi lipidlar ya’ni koronavirus glikoproteini bemor endoteliostitlariga, ya’ni 
yurak, buyrak va boshqa organlar kapillyar qon tomir ҳujayralariga nisbatan tropik 
xususiyatga ega bo’lganligi uchun viruslar tez orada qonga o’tadi. Covid-19 
virusining angiotenzin – resteptori, ferment II ga aylanadi. Bemor organizmining 
barcha organlaridagi kapillyarlar jaroҳatlanishi kuzatiladi. Birin-ketin parenximatoz 
organlarda destrukstiya, degradastiya, ҳattoki nekroz kuzatiladi. Covid-19 da asosiy 
jaroҳatlanish parenximatoz organlarning funkstional etishmasligiga olib keladi. 
Destrukstiya jarayoni yuqori va quyi nafas yo’llarida kuzatiladi. Shu tufayli 
bemorlar yo’talganda, aksirganda, gapirganda juda ko’p miqdorda viruslarni tashqi 
muҳitga chiqaradi. Birlamchi virusemiya, endovaskulit, destukstiya, degradastiya, 
nekroz bemor isitmasini ko’taradi, intoksikastiya alomatlarini vujudga keltiradi. 
Koronavirus Covid-19 ning eng ayanchli klinik ko’rinishi o’pkaning diffuz 
yallig‘lanishi (pnevmoniya). Shu bilan boshqa organlar funkstional etishmasligi
kuzatiladi. Shuni qayd etish kerakki, Covid-19 virusi surunkali kasalliklari bor 
bemorlarda va yoshi katta bemorlarda shiddatli rivojlanadi. Ushbu bemorlar orasida 
o’lim ҳolatlari ko’payadi. Surunkali yurak xastaligi, surunkali o’pka xastaligi, 
surunkali jigar, buyrak kasalligi bo’lgan bemorlar, ҳamda qandli diabet kasalligi bor 
bo’lgan bemorlar Covid-19 ga moyilligi juda yuqori va xastalikning birinchi 
kunidan boshlab asoratlar rivojlanadi. 
Covid-19 kasalligini boshidan o’tkazgan bemorlarda immunitet shakllanadi va 
uzoq vaqt saqlanib turadi. Ikkilamchi immuniteti past bo’lgan bemorlarda, ҳamda 
kasallikni subklinik, innaparat shaklda boshidan kechirgan bemorlarda immunitet 
sust shakllanadi. Shu tufayli ushbu bemorlarda koronavirus infekstiyasi bilan qayta 


15 
kasallanishi ҳolati bo’lishi mumkin. Maxsus immunitet boshqa guruҳga mansub 
koronavirus chaqirgan kasallikdan ҳimoya qila olmaydi. 
Covid-19 infekstiyasining patogenezida quyidagi bosqichlar kuzatiladi: 
1 bosqich. Viruslarning organizmga kirish bosqichi.Covid-19 epiteliotrop va 
toksigen xususiyatga ega bo’lganligi uchun yuqori nafas yo’llaridagi epiteliy 
ҳujayralarini zararlaydi. Zararlangan epiteliy ҳujayralarda viruslarning tez 
ko’payishi kuzatiladi. 
2 bosqich. Yuqori nafas yo’lidagi zararlangan epiteliy ҳujayralarida kuchli 
degradastiya, deskvamastiya, kapillyar tomirlarning emirilishi, zararlangan 
epiteliylarning emirilishi va viruslarning tashqi muҳitga chiqishi kuzatiladi. 
Bemorlarda yuqori nafas yo’llarining kataral yallig‘lanishi qayd etiladi. 
3 bosqich. Infekstion-allergik o’zgarishlar davri. Ushbu bosqichda bemor 
organizmining yuqori nafas yo’llarida autoallergiya jarayoni, toksikoz (zaҳarlanish) 
kuzatiladi. Og‘izda maza bilmaslik, yuqori isitma, quruq yo’tal, nafas olishning 
qiyinlashishi, ҳid sezmaslik, laringit, trixeit, bronxit, soxta krup, bronxialit 
alomatlari kuzatiladi. Ҳid va ta’m bilmaslik virusning markaziy asab tizimiga o’tib,
ҳid bilish nervlarini jaroҳatlashi bilan bog‘liq. 
4 bosqich. Virusli-bakterial jaroҳatlanish davri. Bemor organizmida 
virusemiya, toksinemiya va bakterial jaroҳatlanish kuzatiladi. Bemorlarda ikki 
taraflama bronxit, ikki taraflama pnevmoniya, miokardit, enstefalit, seroz meningit, 
nefrit kabi klinik ko’rinishlar asorat sifatida kuzatiladi. Covid-19 bilan kasallangan 
bemorlarda og‘ir pnevmaniya, o’tkir nafas etishmasligi, og‘ir miokardit, o’tkir 
buyrak etishmasligi kuzatiladi. Qon quyuqlashuvi natijasida, giperkoagulyastiya, 
tromboz ҳollari ҳam kuzatilishi mumkin.
5 bosqich. Immunitetning jadallanish va antitelalar chiqish davri. Ushbu davrda 
bemorlar qonida virusga qarshi maxsus aglyutininlar, gemagglyutininlar, ҳujayra 
immuniteti, ayniqsa qon ҳujayra immunitetlari shakllanadi. Demak, Covid-19 
chaqirgan kasallik patogenezida birlamchi virusemiya, viruslar toksinlari, 
ikkilamchi endogen bakteriyalarning faollashishi, xastalikning kechishi, asoratlari 
va oqibatlari tuzalgandan so’ng virusga qarshi immunitetni shakllantiradi. Shuni 


16 
ta’kidlash kerakki, Covid-19 ning toksini ҳamda allergik jarayoni eng avval 
markaziy va periferik asab tizimiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Natijada bemor 
organizmi kapillyar va qon tomirlarining zararlanishiga olib keladi. O’z vaqtida 
ikkilamchi bakteriyalar faolligining oshishi og‘ir asoratlarga (pnevmoniya) olib 
kelishi va ushbu asoratlardan o’lim ҳolatlari qayd etilishi mumkin. O’lim
ҳolatining ko’payishi Covid-19 ni o’ta ҳavfli yuqumli kasalliklar guruҳiga 
mansubligini isbotlaydi.
Endogen bakterial flora (streptokokk, stafilokokk, pnevmokokk va ҳ.k.) Covid-
19 xastaligining og‘ir kechishi, kasallikning cho’zilishi, og‘ir bronxit, pnevmoniya, 
laringotraxeit, miokardit, nefrit, seroz meningit, meningoenstefalit kabi asoratlar 
sababi ҳisoblanadi. Chunki endogen bakteriyalar nafas olish tizimining ҳimoya 
funkstiyasini keskin kamaytiradi. Natijada allergiya (virusli) autoallergiya, 
ikkilamchi immunodefistit ҳolati rivojlanadi.

Download 5.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling