27
Shifoxonalarda Covid-19 tufayli sodir bo’lgan o’limlar soni ҳaqida ҳar kuni
xisobot beriladi. Boshqa muassasalarda, uy sharoitida Covid-19 tufayli sodir bo’lgan
o’lim ҳolatlari ҳaqida ҳar kuni, ҳech bo’lmaganda ҳar ҳaftada
axborot berilishi
lozim.
Shifoxonalarda va shifoxonalardan tashqarida Covid-19 tufayli sodir bo’lgan
o’limlar ҳaqidagi axborotda bemorning yoshi, jinsi va o’lgan joyi ko’rsatilishi kerak.
Serologik epidemiologik nazorat
Ma’lum guruҳ aҳolini maxsus serologik usullar yordamida tekshirib, ulardagi
antitelolar darajasini aniqlash, ushbu guruҳ aҳolisi orasida SARS-Cov-2 virusi bilan
zararlanganlar ulishini aniqlashga yordam beradi. Doimiy o’tkaziladigan serologik
epidemiologik
nazorat
butun
aҳoli
orasida
yoki
aҳolining
ma’lum
guruҳlarida(masalan ma’lum bir yoshdagi aҳoli guruҳlari orasida)
kasallikning
tarqarganlik darajasini baxolashga yordam beradi
COVID-19 INFEKSIYaSINING
KLINIKASI
COVID-19 o’ta kontagiozli, o’tkir respirator, virusli infekstiya bo’lib, umumiy
intoksikastiya, yuqori va quyi nafas yo’llarining yallig‘lanishi,
respirator belgilar,
isitma, laringo-traxeit, bronxit, bronxiolit, total pnevmoniya bilan kechadigan, o’lim
beradigan og‘ir yuqumli kasallik ҳisoblanadi.
Kasallik davrlari:
1. Inkubastion davr
2. Xastalikning boshlanish davri
3 Nafas yo’llarining yallig‘lanishi davri (avj olgan davr)
4. Asoratlar davri (pnevmoniya-zotiljam)
5. Tuzalish davri
6. Rekonvalesstent davri.
Yashirin davri odatda 2-14 kun bulib o’rtacha 5-7 kunni tashkil etadi.
Covid-19 o’tkir respirator virusli infekstiyalarga xos bo’lgan
klinik belgilar
bilan kechadi:
- Tana xaroratining ko’tarilishi (>90%) ҳolatlarda;
28
- Yo’tal (quruq yoki kamroq balg‘amli) 80% ҳolatlarda;
- Ҳansirash (odishka) 30% ҳolatlarda ;
- Charchoq ҳis qilish 40% ҳolatlarda;
- Ko’krak qafasining siqilishi seziladi (>20%);
Shu bilan birga tomoqda og‘riq,
burun bitishi, xid bilan ta’m
bilish
qobiliyatining pasayishi yoki yo’qolishi, kon’yuktivit belgilari ҳam
kuzatilishi
mumkin. Kasallikni yuqtirgandan 6-8 kunlari nafas olish juda qiyinlashadi.
Bemorlarda kasallikning dastlabki kunlarida mushak og‘rig‘i, mialgiya (11%),
bosh og‘rig‘i (8%), qon tuflash (2-3%), ich ketishi (3%), qusish, yurak urishining
tezlashuvi kuzatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: