Salomatligi xizmati


Download 5.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/103
Sana26.10.2023
Hajmi5.53 Kb.
#1725505
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   103
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

Muloqatda bo’lgan shaxs - Covid-19 tashҳisi klinik jiҳatdan tasdiqlangan 
(eҳtimolli ҳolat) yoki laboratoriyada tasdiqlangan Covid-19 tashҳisi bo’lgan 
bemorlar bilan ularda kasallik belgilari paydo bo’lguncha 2 kun oldin yoki 
kasallikning 14 kun davomida muloqatda bo’lgan kishilar. Bunday muloqot bemor 
bilan 1 metrdan kam bo’lgan masofada 15 daqiqa mobaynida bo’lishi mumkin. 
Ҳimoya kiyimlarini kiymasdan bemorni parvarish qilishda sodir bo’lishi mumkin. 
Epidemiologik nazorat 
Epidemiologik nazoratning maqsadi odamlar orasida Covid-19 kasalligi 
virusi tarqalishini kamaytirish, ushbu kasallik bilan bog‘liq bo’lgan kasallanish va 
o’lim ko’rsatkichlarini kamaytirishdir. 
 Epidemiologik nazoratning vazifalari: 

Bemorlarni tezlik bilan aniqlash, ularni aloҳidalash, laboratoriyada 
tekshirishni va nazoratni tashkil qilish; 

Covid-19 bilan bog‘liq bo’lgan o’lim ҳolatlarini kamaytirish; 

Muloqotda bo’lganlarni aniqlash va ularni nazoratga olish,karantin chora-
tadbirlarini o’tkazish; 
- Kasallikning avj olish ҳolatlarini, ayniqsa xavfli guruҳ aҳoli orasida 
ko’payishini aniqlash; 

Pandemiyaning sog‘liqni saqlash tizimiga va jamiyatga ta’sirini baҳolash; 

Kasallikning ko’p yillik dinamikasini va SARS-Cov-2 virusining evolyustion 
o’zgarishini kuzatish; 

SARS-Cov-2 virusi bilan gripp va boshqa respirator kassaliklari viruslarining 
birgalikda yashashi va aҳoli orasida aylanib yurishini o’rganish; 
Epidemiologik nazoratdan foydalanish 
Covid-19 
ustidan 
bo’ladigan epidemiologik nazorat, mamlakatda 
foydalanilayotgan epidemiologik nazoratni moslashtirishni va uni mustaҳkamlashni 
talab qiladi. 


25 
Covid-19 ustidan tashkil qilingan epidemiologik nazoratdan ba’zi ҳududlarda 
kasallanish ҳolatlari va virus tarqalishi to’xtatilgandan keyin ҳam foydalanish 
mumkin. Bunday nazorat yangi paydo bo’ladigan sparodik ҳolatlarni va Covid-19 
avj olishlarini o’z vaqtida aniqlashga yordam beradi. 
Covid-19 ning epidemiologik nazorati quydagilarni o’z ichiga oladi: 

odatdagi epidemiologik nazorat tizimidan foydalanish,uni moslashtirish va 
mustaҳkamlash; 

laboratoriyalar imkoniyatini kuchaytirish; 

kasallik ҳolatlarini,muloqatda bo’lganlarni o’z vaqtida aniqlash uchun jamoat 
sog‘liqni saqlash va sanitariya-epidemiologiya xizmati soҳasidagi kadrlar 
imkoniyatidan kengroq foydalanish, ularni vaziyatga moslashtirish; 

Covid-19 kasalligi aniqlanganda sog‘liqni saqlash vazirligiga albatta xabar 
beriladigan kasalliklar ro’yxatiga kiritish; 

Kasallanishning ҳisob-kitobini o’z vaqtida va muntazam olib borish; 

Muloqotda bo’lganlarga qilinayotgan chora-tadbirlarni monitoring qilib 
boradigan tizim yaratish. 

Download 5.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling