26
Shifoxonalar (bolnista) darajasida epidemiologik nazorat
Covid-19 kasalligiga gumon qilingan yoki tashxisi tasdiqlangan bemorlar
shifoxonaga yotkizilgandan keyin 24 soat ichida sog‘liqni saqlash organlariga xabar
berish kerak.
Bemor xaqida quyidagi ma’lumotlar beriladi:
-
yoshi,jinsi va yashash manzili;
-
kasallik boshlangan davri, tekshirishga namuna olingan payti, shifoxonaga
yotqizilgan vaqti;
-
laboratoriya tekshiruvining turi va natijasi;
-
bemor tibbiyot xodimi bo’lsa uni ko’rsatish kerak;
-
xabar berilayotgan paytida bemorning aҳvoli (bemor shifoxonaga
yotqizilgan, sun’iy nafas oldirishda yotibdi, reanimastiya bo’limiga qabul qilindi
va ҳ.k.);
-
kasallikning natijasi (shifoxonadan chikib ketgan yoki o’lgan kuni).
Dozorli epidemiologik nazorat
Bunday epidemiologik nazoratda maxsus (dozor) uchastkalarda Covid-19 ga
qo’shimcha tekshiruvga (dopolnitelnoe testirovanie) ajratilgan bemorlar bir xil aҳoli
guruҳi vakillari, ҳar xil jinsli, ҳar xil yoshdagi kishilar bo’lishi maqsadga muvofiq.
Dozorli epidemiologik nazorat yordamida aniqlangan Covid-19 bemorlari
davlat
xisobotiga kiritilishi lozim,ular xaqida tegishli kanallar orqali axborot
berilishi kerak.
Dozorli epidemiologik
nazoratning afzalligi shundaki, bunday nazoratda
laboratoriya tekshiruvi(testirovanie) tizimli standart asosida o’tkaziladi.
Bunday
laboratoriya tekshiruvi natijalariga,
boshqa kasalliklarda, jumladan grippga
o’xshash kasallliklar, o’tkir respirator infekstiyalar yoki zotiljamda o’tkaziladigan
tekshiruv natijalari ta’sir ko’rsatmaydi.
Yil mobaynida o’tkir respirator kasalliklarda o’tkaziladigan dozorli
epidemiologik nazoratda
olinadigan namunalarni, Covid-19ga ҳam tekshirish
tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: