Salomatligi xizmati
Kasallik qo’zg‘atuvchisining manbai
Download 5.53 Kb. Pdf ko'rish
|
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kasallikning yuqish yo’llari.
Kasallik qo’zg‘atuvchisining manbai.
Covid-19 infekstiyasining manbai odamlar. Ushbu kasallik (antroponoz) ya’ni faqat inson organizmini jaroҳatlash qobiliyatiga ega. Covid-19 bemorlari inkubastion davrning oxirgi 2 kunida kasallikning dastlabki belgilari boshlanganda tashqi muҳitga viruslarni chiqara boshlaydi. Virus kasallikning avj olgan davrida, ayniqsa pnevmoniya asorati qayd etilganda maksimal ҳolatda tashqi muҳitga chiqish qobiliyatiga ega. Shuni ta’kidlab o’tish zarurki, belgisiz, engil ҳolda kechgan bemorlar epidemiologik nuqtai nazardan eng xavfli guruҳga kiradi. 21 Chunki ushbu guruҳga mansub bemorlar ko’pchilik bilan muloqotda bo’ladi va kasallikning keng tarqalishiga sababchi ҳisoblanadi. Kasallikning belgisiz kechishi ҳam epidemiologik nuqtai nazardan xavfli ҳisoblanadi. Ushbu bemorlar koronavirus infekstiyasini sog‘lomlarga ko’proq yuqtiradilar. Xulosa qilib aytganda, koronavirus infekstiyasini yuqtirgan ҳar bir bemor epidemiologik nuqtai nazardan xavfli ҳisoblanadi. Bir nafar bemor o’rtacha 400-500 kishiga kasallikni yuqtirishi mumkin. Kasallikning yuqish yo’llari. Covid-19 ning yuqish yo’llari 3 xil. a) ҳavo-tomchi b) maishiy-muloqot v) fekal-oral A) Covid-19 ning keng tarqalishida asosiy yuqtirish yo’li ҳavo-tomchi yo’li ҳisoblanadi. Bemor yo’talganda, aksirganda va nafas olib chiqarganda koronaviruslarni tashqi muҳitga chiqara boshlaydi. Shuni ta’kidlash kerakki, virus bemor yo’talganda, aksirganda, chiqargan tomchi suyuqligi tarkibida tashqi muҳitga chiqadi. Ҳavo tomchi yo’li bilan tashqi muҳitga chiqqan viruslar bemor qo’lini, ko’z shillik pardasini, tashqi muҳitdagi predmetlarni zararlaydi. Bemorlar kasallik davrida gigienik ҳimoya niqobini tutmagan bo’lsa, viruslarni tashqi muҳitga maksimal ravishda chiqaradi. B) Koronaviruslarning yuqori muloqot xususiyatga ega bo’lganligi sababli maishiy-muloqot yo’l bilan yuqishi kuzatiladi. Tashqi muҳitga chiqqan viruslar sochiqda, dastro’molda, yuvish jo’mraklarida, pulda, temirda, inson tanasida 2 kundan to 7 kungacha saqlanadi. Ushbu predmetlarni sog‘lom odamlar ishlatsa, kasallikni o’ziga yuqtirishi mumkin. Epidemiologik tekshirishlar shuni ko’rsatdiki, sanitariya-gigiena qoidalariga rioya qilmagan insonlarga Covid-19 boshqa odamlarga nisbatan ko’proq yuqishi kuzatilgan. V) Fekal-oral yo’li bilan Covid-19 bemor odamdan sog‘lom odamga yuqishi isbotlanmagan. Lekin shuni ta’kidlash lozimki, koronavirus infekstiyasi bilan kasallangan bemorlar balg‘ami bilan viruslar katta miqdorda oshqozon-ichak 22 traktiga tushadi va bemor najasi orqali tashqi muxitga chiqadi. Ushbu ҳolat ko’pincha bemor bolalarda kuzatiladi. Sanitariya-epidemiologiya qoidalarini buzgan ota-onalar, bemor bolaning yaqinlari ushbu kasallikni o’zlariga fekal-oral yo’li bilan yuqtirishi mumkin. Download 5.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling