Salomatligi xizmati


Download 5.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/103
Sana26.10.2023
Hajmi5.53 Kb.
#1725505
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

 
 
 
 



ANNOTASIYa 
2020 yili Butun dunyoda Covid-19 infekstiyasining shiddatli tarqalishi yuz 
berdi. Qisqa muddat ichida Osiyo, Amerika, Evropa, Afrika, Avstraliya qit’alarida 
ushbu infekstiyaning pandemiyasi kuzatildi. Covid-19 infekstiyasi O’zbekistonni 
ҳam chetlab o’tmadi. Ushbu infekstiya O’zbekistonda 2020 yil mart oyidan boshlab 
ro’yxatga olina boshladi. 
Covid-19ning birinchi aniqlanishi va tarqalishi Xitoy Xalq Respublikasida 
2019 yil dekabr oyida sodir bo’ldi. Ushbu infekstiyaning epidemik o’chog‘i XXR 
Uxan shaҳrida (Xubey provinstiyasi) qayd qilindi. 
2020 yil 11 fevralida Butun dunyo viruslarni taksonomik nomlash markazi 
Covid-19 infekstiyasining qo’zg‘atuvchisiga SARS-COV-2 deb nom berdi. 
11 fevral 2020 yili Butun jaҳon sog‘liqni saqlash tashkiloti (BJSST) ushbu 
yuqumli kasallikka Covid-19 (coronavirus disease 2019) nomini berdi. 
Yangi Covid-19 sog‘liqni saqlash vazirligi, sanitariya epidemiologiya xizmati, 
barcha toifadagi shifokorlar, ҳamshiralar oldiga ushbu kasallikka tashxis qo’yish uni
davolash va profilaktikasi borasida muҳim vazifalarni echish muammosini qo’ydi. 
Ҳozirgi kunda Covid-19ning epidemiologiyasi, patogenezi, klinikasi
laboratoriya tashxisi borasida dunyo olimlari, etakchi mutaxassislar va tajribali 
shifokorlar tomonidan izchil o’rganishlar qilinayapti ammo bu borada ҳozirgacha 
aniq ma’lumotlar yo’q. Dunyo miqyosida olimlar, mutaxassislar, shifokorlar ҳozirgi 
kunda Covid-19 borasida yangi-yangi ma’lumotlar taqdim qilib turibdi. 
O’quv-uslubiy qo’llanma Butun dunyoda ushbu mavzu bo’yicha adabiyot 
manbalarida chop etilgan ma’lumotlar taҳliliga va o’zbekistonlik olimlar - 
virusologlar, epidemiologlar, infekstionistlar, reanimatologlar, pulmonologlar, 
gematologlar va boshqa mutaxassislarning Covid-19 tashxisi, uni davolash va 
profilaktikasi borasidagi amaliy tajribalari ma’lumotlariga asoslanib tayyorlandi. 
Covid-19 bilan Butun dunyoda va O’zbekistonda kasallanish dinamikasi, 
O’zbekistondagi koronavirusga qarshi kurash markaziy shtabi epidemiologik 
monitoring bo’limi epidemiolog vrachi Aziz Nishonov taqdim etgan rasmiy 
ma’lumotlar asosida taҳlil qilindi.
Ushbu 
o’quv-uslubiy 
qo’llanma 
infekstionistlar, 
epidemiologlar, 
pulmonologlar, reanimatologlar, gematologlar, oilaviy shifokorlar, tibbiyot 
oliygoҳlari talabalari, magistrlari, klinik-ordinatorlari va ҳamshiralar uchun
mo’ljallangan. 

Download 5.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling