Salomatligi xizmati


“stitokin bo’roni ” ni davolash


Download 5.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet32/103
Sana26.10.2023
Hajmi5.53 Kb.
#1725505
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   103
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

“stitokin bo’roni ” ni davolash: 
Sitokin bo’roni - bu qonga stitokinlarning nazoratsiz chiqarilishi (IL-6, TNF, CPB, 
FNO va boshqalar) va T-limfostitlar-killer, makrofaglar, semiz ҳujayralari va 
boshqalar faollashadi. Bemorda doimiy va uzoq muddatli isitma kuzatiladi, tana 
ҳarorati 38-39 ° C va undan yuqori ko’tarilgan bo’lsa, terida gemorragik toshma, 
gepatosplenomegaliya va ko’plab organlar etishmovchiligi kuzatiladi. Bemorlarning 
ongi chalkash, nafas tez-tez (1 daqiqada 40-45 martadan ko’p) va tartibsiz bo’lib, 
bo’yin mushaklari nafas olishda qatnashadi. 
Qonda: leykopeniya, mutloq limfopeniya, trombostitopeniya va AlAt, AsAt qon 
fermentlari me’yorga nisbatan 4-5 marta ko’payadi. Qon tomirlari shikastlanishi 
xarakterli (kichik, o’rta arteriya va vena tomirlar) ko’p sonli tromblar paydo bo’ladi. 
Qonda giperkoagulyastiya ҳolati kuzatiladi. 
Sitokinli bo’ronni davolashda kislorodli terapiyadan (invaziv mexanik nafas oldirish 
va EKMO), antitromb terapiyasidan va natriy geparinni kuniga 30-40 ming birlikda 
tayinlash bilan antikoagulyant davosi olib boriladi. So’ngra past frakstiyali geparin 
qo’laniladi. Bunday xolatda, reopoliglyukin, yangi muzlatilgan qon plazmasi 
(antitrombin-III darajasini oshirish uchun) quyiladi. 
Glyukokortikosteroidlarni stitokin bo’ronlarida qo’llash biroz munozarali. 
Deksametazonning minimal dozasi, ba’zi tadqiqotchilarning fikriga ko’ra, tanadagi 
virusning tarqalishiga yordam beradi.
Bemorlar odatda dastlab mexanik sun’iy nafas oldirish apparatiga ulanadi, agar u 
samarasiz bo’lsa, traxeya intubastiya qilinadi va invaziv mexanik nafas oldirishga 
o’tiladi. 
Ammo bu erda o’pkaning shikastlanish darajasini KT (kompyuter tomografiyasi) 
yordamida ҳisobga olish kerak, agar o’pkaning shikastlanishi III-IV darajali bo’lsa, 
u ҳolda invaziv mexanik ventilyastiyadan emas balki, bemorlarga EKMO usulini 
qo’llab oksigenastiya venoz-venoz, vena-arteriyal anastomozlaridan foydalaniladi. 

Download 5.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling