Samandarov Javlonbekning Sanoat iqtisodiyoti


Download 22.87 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi22.87 Kb.
#1484232
Bog'liq
Atrabotka 1

Navoiy davlat konchilik instituti kimyo-metallurgiya fakulteti Iqtisodiyot va menejment kafedrasi 25-19IQ guruh talabasi


Samandarov Javlonbekning
Sanoat iqtisodiyoti
fanidan tayyorlagan


Qayta o’zlashtirish

Mavzu: SANOAT ISHLAB CHIQARISHINING IQTISODIY VA
IJTIMOIY SAMARADORLIGI


Reja:

  1. Samaradorlik. Ishlab chiqarish samaradorligi.

  2. Iqtisodiy va ijtimoiy samaradorlik.

  3. Iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlari.



  1. Samaradorlik - bu, foydalilik, natijalilikdir. Ma’lumki, qandaydir natija olish uchun mehnat qilish, ishlash, mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish va ma’lum miqdorda xarajat qilish kerak.
    Samaradorlikni aniqlash uchun natijani shu natijaga erishishga sarflangan xarajatlar yoki resurslar bilan taqqoslash kerak. Demak, samaradorlik ishlab chiqarish faoliyati natijalari bilan ularga erishish uchun sarflangan mehnat, moddiy va moliyaviy resurslaming o‘zaro nisbatidir.



Ishlab chiqarish samaradorligi-korxona miqyosida iqtisodiy faoliyat,iqtisodiy dasturlar va tadbirlarning foydali natijalar berishi, olingan iqtisodiy samaraning muayyan qiymatga ega bo’lgan resurslarni qo’llagan holda eng yuqori ishlab chiqarish hajmiga erishishga sabab bo’lgan ishlab chiqarish omillari, resurslar sarflariga nisbati bilan tasvirlanadi. Ishlab chiqarish samaradorligi korxona faoliyatining yakuniy natijasini ko’rsatadi. Ishlab chiqarishning eng yuqori samaradorligi ishlab chiqarish xarajatlarini minimumga keltirishdan iborat.
Bozor munosabatlari sharoitida samaradorlikning alohida o‘rni mavjud. Bozor iqtisodiyoti natijalilikni, foydalilikni taqozo etadi. Tartibli bozorga asoslangan iqtisodiyotda eng kam resurs sarflab, ko‘p natijaga erishish zarur. Mahsulot ishlab chiqarish jarayonida 5 turdagi resurslar tizimi harakatda bo’ladi.

  1. Moddiy resurslar

  2. Mehnat resurslar

  3. Moliyaviy resurslar

  4. Energetik resurslar

  5. Axborot resurslar



  1. Iqtisodiy samaradorlik - ishlab chiqarishning iqtisodiy natijasini ko‘rsatadi. Masalan, mahsulot ishlab chiqarish -boshqaruv, yangi texnika va texnologiyani joriy etish, mehnat sifatini oshirish va hokazolarning natijasi. Iqtisodiy samara -material, mehnat, pul va boshqa resurslarni tejash tufayli erishilgan miqdor. U vaqtni tejash, qurilish muddatlarini qisqartirish, mehnat sarfini tejash ish vaqtining zoye ketishini kamaytirish, mablag’lar aylanmasini tezlashtirish, mahsulot yetishtirish hajmini o‘stirish, ishlar sifatini yaxshilash va boshqa natijalar bilan tavsiflanadi.

Ijtimoiy samaradorlik - shaxsning har tomonlama kamol topishiga yordam beradigan tadbirlarni amalga oshirish samaradorligini ifodalaydi. U mehnat va turmush sharoitlari yaxshilanishida, xodimlar malakasini oshirishda aks etadi va asosiy oziq-ovqat, sanoat tovarlarining aholi jon boshiga iste’mol qilinishi, ijtimoiy iste’mol fondlaridan beriladigan nafaqa va imtiyozlar, kadrlar tayyorlash bo‘yicha xarajatlarning o‘sishi bilan tavsiflanadi.


  1. Iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlari
    Iqtisodiy samaradorlikning mohiyati uning mezoni va ko’rsatkichlar tizimida aks etadi.


Mezon masalasi - iqtisodiy samaradorlik nazariyasining eng muhim sohasi hisoblanadi. Falsafiy ma’noda mezon - bu, asosiy o’lchov, muhim farqli belgi, asosiy nuqtai nazardir. Shular asosidagina u yoki bu sohadagi bizning bilimlarimizning obyektiv haqiqatligini, to‘g‘riligini va ishonchliligini aniqlash, haqiqatni anglashmovchiliklardan farq qilish mumkin.
Ishlab chiqarishning umumiy (mutloq) samaradorligi - xarajatlar va resurslaming ayrim turlari bilan solishtirilgan yoki taqqoslangan iqtisodiy samaraning umumiy miqdori tushuniladi.
Ishlab chiqarishning umumiy samaradorligi xarajatlar va resurslaming ayrim turlaridan foydalanish darajasini aniqlash va baholash uchun qo‘llaniladi va umuman, xalq xo‘jaligi bo‘yicha, tarmoqlar, korxonalar, kapital qurilish obyektlari bo‘yicha hisoblab chiqiladi.

Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning usullari va yo’llari
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning juda ko‘p, xilma-xil omillari va asosiy yo‘nalishlari mavjud. Barcha omillar uch belgiga asosan guruhlarga bo‘linishi mumkin:
a)manba bo‘yicha;
b)ishlab chiqarishni rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha;
c)omillarining o‘rni va amalga oshirish darajasi bo‘yicha.
Omillarni ishlab chiqarish samaradorligini oshirish manbalari bo‘yicha tasniflash uchun asosiy omillarga ajratamiz va ular quyidagilar:
1)mahsulotning mehnat sig‘imi;
2)material sig‘imi;
3)fond sig‘imi; 4)kapital mablag‘ talablikni kamaytirish; 5)tabiiy resurslardan ratsional foydalanish;



Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Ortiqov A. “ Sanoat iqtisodiyoti” TDIU, 2004-yil

  2. Karimov L. Jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi. T: O’zbekiston 2009-yil.

  3. www.ziyonet.uz sayti

  4. www.press-service.uz sayti.

Download 22.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling