Samaradorligini oshirish usullari
Energiya faol binolarni loyihalash asoslari
Download 309.16 Kb. Pdf ko'rish
|
Qurilish ob’ektlarining energetik samaradorligini oshirish usullari
Energiya faol binolarni loyihalash asoslari
Energiya faol binolarni loyihalash vaqtida yuzaga keladigan muammolar. Tabiiy muhit energiyasidan foydalanadigan binolarni loyihalashda tashqi muhit parametrlarining tsikli (sutkalik, mavsumiy) va davriy (bulutli, yog`ingarchilik) o`zgarishli sharoitlarida xonalarning maqbul 77 mikroiqlim parametrlarini saqlab turish maqsadida energetik (havo, issiqlik, yorug`lik va h.z.) oqimlarni taqsimlash, tarqatish jarayonlarini samarali boshqarish yo`llarini va vositalarini qidirib topish eng muhim muammo deb hisoblanadi. Bunda quyidagi uchta vazifani hal etish muhim ahamiyat kasb etadi: 1. Energiyani qanday to`plash mumkin? (energiyaning tashqi muhitga ma’lum bir qonuniyat bilan tarqalishini hisobga olgan holda uning zarur bo`lgan miqdorini olish, ya’ni tabiiy energetik oqimlarning etarli bo`lmagan quvvatini kompensatsiyalash). 2. To`plangan energiyani qanday qilib saqlash, ya’ni akkumulyatsiyalash (energiya tushish va iste’mol qilinish davrlarining vaqt bo`yicha bir-biriga mos tushmaslik va sutkalik-mavsumiy notekisligini qanday qilib kompensatsiyalash) mumkin? 3. Energiyani qanday taqsimlab tarqatish kerak (berilgan momentda va berilgan vaqtda bino elementlarining talab etiladigan funktsional- texnologik va mikroiqlimiy parametrlarini ta’minlash uchun qanday qilib energiyani tartibga solgan (regulirovkalangan) holda tarqatishni ta’minlash mumkin)? Energiya faol binolarni loyihalashda yuzaga keladigan muammolarni hal etish yo`llari. Inson turmush kechirish muhitini tashkil etishning bir-biridan farq qiluvchi ikkita printsipial yondashuvi mavjud bo`lib, ular texno markaziy va ekologik yondashuvlardir. Bu yondashuvlar yuqorida ko`rsatilgan masalalarni echish uchun zarur bo`lgan vositalarning ikkita guruhini aniqlab beradi, bunda amaliyot arxitekturaviy shaharsozlik, konstruktiv va muhandislik-texnik yechimlar natijasida mutlaqo har xil sifatlarga ega bo`lgan ikkita guruhni aniqlab beradi. 1. Binoni ichki yopiq tizim sifatida qaraydigan texno markaziy yoki an’anaviy yondashuv to`suvchi konstruktsiyalarning ximoyalash xossalarini kuchaytirish bo`yicha vazifalarni ustivor vazifalar deb ko`rib chiqishni oldinga suradi va bu yondashuv binolar energiya samaradorligini oshirishning muhandislik- texnik vositalaridan yoki faol vositalardan ko`proq foydalanishni o`zida namoyon etadi, unda, xususan, energiyaning tabiiy manbalaridan foydalaniladi: energiyani yig`ish, saqlash va tarqatish texnik jihozlashning maxsus tizimlari yordamida amalga oshiriladi, bunday tizimlarni tashkil etuvchi texnik jihozlar binolarga, shuningdek, boshqa muhandislik ob’ektlariga o`rnatiladi, bunday yo`l tutish yuqori kontsentratsiyalashgan energiyani ko`p miqdorda olish imkonini ta’minlovchi energetik jarayonlar kechishining «majburiy» xarakterini ko`zda tutadi. Biroq, bunda muhandislik-texnik vositalar nafaqat «beradi», balki «oladi» ham: o`zining ancha yuqori tannarxga ega bo`lganligi tufayli ular o`zlarini saqlash va kvaliffikatsion xizmat ko`rsatuvchi xodimlar uchun mablag` sarflanishini talab etadi, bu esa o`z navbatida ularni yuqori va ortiqcha energiya faollikka ega bo`lgan yirik jamoat binolari va sanoat ob’ektlariga iqtisodiy jihatdan samarali qo`llash sohasini ma’lum darajada chegaralaydi. 2. Energiya samarador (xususan, energiya faol) binolarni loyihalashga qaratilgan ekologik yondashuv binoni dastlab tashhi muhit bilan uzviy o`zaro bog`langan organizm sifatida qaraydi va tabiiy hodisalarning logikasi (mohiyati, qonuniyati)ga nazar tashlagan holda energetik masalalarni alohida moddiy-fazoviy 78 muhitni maqsadli tashkil etish asosida echish zarurligini o`z oldiga maqsad qilib qo`yadi: binoning o`zi, uning konstruktsiyalari va fazoviy tuzilmalari va atrof- muhitdagi ob’ektlar energetik o`rnatmalar rolini bajaradi. Shunday qilib, bino ichki hajmi va tashqi muhit o`rtasida samarali tabiiy almashinuv jarayonlarini tashkil etish bo`yicha (shu jumladan, tabiiy muhit energiyasidan foydalanish maqsadlarida) oldinga qo`yilgan vazifalar va masalalar ustuvor ahamiyat kasb etadi, bunday vazifa va masalalar ustun darajada landshaft-shaharsozlik, hajmiy-tarhiy va konstruktiv yoki passiv vositalar bilan echiladi; texnik tizimlar bunda oddiy yordamchi (asosan korrektirovkalovchi) funktsiyalarni bajaradi. Passiv tizimlarni qurish bilan binoning energiyaga bo`lgan ehtiyojining faqat 50%gacha bo`lgan qismini ta’minlash mumkin, ya’ni passiv tizimlarning energetik samaradorligi, hozircha, aytarlik darajada yuqori emas. Biroq, ularning yaxshi foydalanish (ekspluatatsion) xarakteristikalari, foydalanishdagi oddiyligi, nisbatan katta bo`lmagan tannarxi va alohida ta’kidlangan ekologik sofligi ularni istalgan arxitekturaviy ob’ektlarni loyihalashda qo`llashning maqsadga muvofiq ekanligini tasdiqlaydi. Shu bilan birgalikda 1980 yillar oxirida qurilishda energiya tejash bo`yicha amalga oshirilgan ko`plab dasturlar orqali olingan natijalar passiv tizimlarning ko`plab faol tizimlarga nisbatan ancha yuqori iqtisodiy samarador ekanligini ko`rsatdi, bunda narx va foydalanish sifatlar hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi . Download 309.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling