Samaradorligini oshirish usullari
Energiya samarador binolarning afzalliklari. Energiya faol
Download 309.16 Kb. Pdf ko'rish
|
Qurilish ob’ektlarining energetik samaradorligini oshirish usullari
Energiya samarador binolarning afzalliklari. Energiya faol
binolarning turlari Energiya faol binolar g`oyasi qurilish ob’ektlarini energiya bilan 76 ta’minlashning iqtisodiy jihatdan tejamkor vositalarini izlab topish natijasidir. Bunday maqsadga energiyani bevosita ob’ektda ishlab chiqarish imkonini amalga oshirish orqali erishiladi, bunda foydalanish jarayonida qimmatbaho va ishonchsiz bo`lgan tashqi muhandislik tarmoqlari (issiqlik-, elektr tarmoqlari, issiq suv ta’minoti tarmoqlari) ni qurishdan to`liq voz kechiladi. Har qanday energiya turini transportirovka qilishda (tashishda) ko`plab miqdorda energiya yo`qotilishi ro`y beradi. Energiyani tashuvchi (uzatuvchi) tarmoqlar qurilishini inkor etish bunday yo`qotishlarni bartaraf etadi. Energiyani olish uchun zarur bo`lgan tadbirlar va mablag`larga nisbatan bunday va boshqa mumkin bo`lgan iqtisodiy “yuttirishlar”ning jamlangan miqdori oxir-oqibat loyihalanayotgan binoning maqsadga muvofiq energiya faollik darajasini aniqlab beradi. Amaliyot shuni ko`rsatmoqdaki, zamonaviy iqtisodiy va texnik sharoitlarda an’anaviy energiya tashuvchilarni yangilanadigan energiya tashuvchilarga to`liq almashtirish iqtisodiy jihatdan har doim ham o`zini oqlayvermaydi. Bir qator hollarda bu bugungi kunda tabiiy muhit energiyasini utilizatsiyalashning mavjud bo`lgan texnologik vositalari foydali ish koeffitsienti yuqori emasligi bilan tushuntiriladi, shu bilan birgalikda bunday vositalarning narxi ham sezilarli darajada qimmatdir. An’anaviy va bitta (yoki bir nechta) muqobil vositalar turlarini uyg`unlashtiruvchi energiya ta’minotining turli-tuman kombinatsiyalashgan sxemalarini eng maqsadga muvofiq sxemalar deb hisoblash mumkin. Shunday qilib, qurilish joyida mavjud bo`lgan tabiiy va boshqa energetik resurslarning quvvati va olinuvchanligi hamda ulardan foydalanish vositalarining xarakteri, ishlab chiqarish unumdorligi va narxi ob’ekt energiya faolligining maqsadga muvofiqlik darajasini aniqlab beradi. Bunday alomatlari bo`yicha binolar quyidagi turlarga bo`linadi: - kichik energiya faol binolar (energiya tushishini 10% gacha almashtirish); - o`rtacha energiya faol binolar (10 – 60% gacha almashtirish); - yuqori energiya faol binolar (60% dan ko`proq almashtirish); - energetik avtonom binolar (100% almashtiradi); - ortiqcha eneriya faollikka ega bo`lgan binolar (tabiiy manbalardan tushadigan energiya bino ehtiyojidan ortiqcha miqdorni tashkil etadi va bunday binolar o`zlaridan ortib qolgan energiyani boshqa iste’molchilarga beradi). 1970-1980 yillardagi eksperimental qurilish iqtisodiy samaradorlik (narx/ishlab chiqarish unumdorligi nisbati bo`yicha) jihatidan, shunga izma-iz ravishda bugungi kunda va yaqin kelajakda eng ommabop binolar o`rnini o`rtacha energiya faol binolar egallaganligini ko`rsatdi, ularda umumiy energiyaning 40 % dan 60% gacha bo`lgan miqdori yangilanadigan tabiiy manbalar tomonidan ta’minlanadi Download 309.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling