Samaradorligini oshirish usullari
a. Energiya faol binolarni loyihalash usullari
Download 309.16 Kb. Pdf ko'rish
|
Qurilish ob’ektlarining energetik samaradorligini oshirish usullari
a.
Energiya faol binolarni loyihalash usullari Shaharsozlik kesimida: 1. Qurilish rayonidagi tashqi muhitning energetik nuqtai nazardan yaxshi omillarini ham nohush omillarini ham (tabiiy-iqlimiy va antropogen omillarni) aniklash va ularning loyihalanayotgan ob’ektning (jumladan, energiya manbai sifatida foydalanish maqsadida) energetik muvozanatiga ko`rsatishi mumkin bo`lgan ta’sirlarini baholash. 2. Eng katta energetik yaxshi omillar potentsialini va nohush omillardan tabiiy himoyalanganlikning eng yuqori darajasini aniqlash bilan qurilish maydonini tanlash. 3. Landshaftning tabiiy va antropogen shakllarini tashkil etish hamda tashqi muhit omillarining ijobiy ta’sirlarini kontsentratsiyalash va salbiy ta’sirlaridan himoyani kuchaytirish maqsadida mavjud bo`lgan landshaft shakllaridan maqsadli foydalanish. Hajmiy-tarhiy yechimlar kesimida: 1. Issiqlik uzatiladigan sirtlarning solishtirma yuzasini kamaytirish maqsadida binolar hajmiy shakllarining ixchamligi (kompaktliligini) oshirish; 2. Binoning energetik muvozanatiga nisbatan tashqi muhitning nohush ta’sirlarini neytrallashtirishga va ijobiy ta’sirlaridan maksimal foydalanishga yo`naltirilgan ob’ekt shaklini va uning orientatsiyasini maqbullashtirish; 3. Tashqi muhitning o`zgaruvchan ta’sirlariga moslashish vositasi sifatida binoning hajmiy-fazoviy transformatsiyalanuvchanligini ta’minlash; 4. Tashqi muhit energiyasining oqib kirishini ta’minlaydigan bino 79 elementlarini uning hajmiy-fazoviy strukturasiga kiritish (yoki kiritish mumkinligini ko`zda tutish) va tashqi muhit energiyasidan samarali foydalanish. Konstruktiv yechim kesimida: 1. To`suvchi konstruktsiyalarning energetik o`tkazuvchanligi (himoyalovchi xossalari)ni tashqi muhitning salbiy ta’sirlaridan himoyalash va ijobiy ta’sirlaridan foydalanish maqsadida maqbullashtirish; 2. Bino konstruktsiyalariga ob’ektni foydalanish jarayonida ichki va tashqi energetik oqimlarning samarali regulirovkalanuvchan tarqalishini ta’minlovchi qo`shimcha funktsiyalarni berish (qo`shimcha elementlarni kiritish); 3. Konstruktsiyalarning geometrik transformativligini ob’ektning tashqi muhit sharoitlari o`zgarishiga moslashishining asosiy vositasi sifatida ta’minlash. Muhandislik-texnik ta’minlash kesimida: 1. Binolar va rayonlardagi muhandislik-texnik ta’minot tizimlarining texnik- foydalanish parametrlarini yaxshilash bilan mazkur tizimlar orqali energiya iste’mol qilinishini pasaytirish; 2. Binolar va rayonlardagi muhandislik-texnik ta’minot tizimlarining funktsiyallashuvi jarayonida hosil bo`ladigan ikkilamchi energetik resurslarni utilizatsiyalash; 3. Binolar muhandislik-texnik ta’minoti tizimlarida energiya tarqalish jarayonlarini avtomatik nazorat qilish va tartibga solishni (regulirovkalashni) ta’minlash. Download 309.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling