Samarali foydalanishga erishishlarida soliqlarning


Oriental Renaissance: innovative


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana01.03.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1239589
1   2   3   4   5
Bog'liq
xojalik-yurituvchi-subektlarning-tabiiy-resurslardan-samarali-foydalanishga-erishishlarida-soliqlarning-tasirchanligini-oshirishning-ahamiyati (1)

Oriental Renaissance: innovative, 
educational, natural and social sciences
 
 
VOLUME 1 | ISSUE 1 
ISSN 2181-1784
 
248 
w
www.oriens.uz
2021
 February 
 
- birinchidan, tabiiy resurslar bahosiga ta’sir etish orqali, ulardan samarali va 
oqilona foydalanishni rag’batlantirish 
- ikkinchidan, jamiyatga etkazilgan ekologik zararlar butun jamiyat hisobidan 
emas, balki jamiyatga zarar etkazuvchilar tomonidan kompensatsiya qilinishi 
lozimligi ta’kidlanadi 
Ushbu fikrlardan ko’rishimiz mumkinki, bu yerda tabiiy resurs soliqlari bajarishi 
lozim bo’lgan vazifalarga odilona, bozor qonun-qoidalari asosida yondashilib
ularning tabiiy resurslardan samarali va oqilona foydalanish vazifasi va fiskal vazifasi 
e’tirof etilgan. 
Davlatning tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun soliq siyosati ikki 
yo’nalishda amalga oshiriladi, tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun maxsus 
soliqlar joriy etish va imtiyozli soliqqa tortish va soliqdan ozod qilish. 
Tabiiy resurs soliqlaridan Respublikamizda mavjud bo’lganlari quydagilar: suv 
resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq va 
yer soliqlari kiradi. Bu soliqlar yuqoridagi vazifadan kelib chiqib, ishlab chiqarish 
yoki umuman tadbirkorlik faoliyatida tabiiy resurslarni tejashga undashi kerak. Ya’ni 
suv solig’i - suvdan foydalanish samaradorligini oshirishi, suvdan foydalanayotganda 
to’lanadigan soliq hisobiga undan behuda foydalanmaslikka undaydi. Yer va yer 
qa’ridan foydalanganlik uchun soliqlar ham shunday xususiyatga ega.
TAHLIL VA NATIJALAR. 
Respublikamizda tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun soliqlarning nazariy 
jihatlari etarli darajada tadqiq va tahlil etilmagan qaysidir ma’noda ularga nisbatan 
sayozroq qarash mavjud. Respublikamizda tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun 
soliqlarga bunday yondashuvining asosiy sabablaridan biri, ularni davlat budjeti 
daromadlarini shakllantirishdagi ahamiyatining boshqa soliqlardan ko’ra 
kamligidandir. Bu holatni tahlil etib ko’ramiz (1-rasm).

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling