Samarkand davlat universiteti


Ijtimoiy ish besh asosiy kriteriyaga tayanadi


Download 3.33 Mb.
bet123/137
Sana28.10.2023
Hajmi3.33 Mb.
#1732429
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   137
Ijtimoiy ish besh asosiy kriteriyaga tayanadi:
- Inson qadr-qimmati va qadriyat
- Ijtimoiy adolat
- Insonparvarlikka xizmat qilish
- Butunlik
- Kompitentlik
Ijtimoiy ish amaliyoti insonparvarlikka, halollikka va kompitentlikka xizmat qilish yo’li bilan inson qadr-qimmatini hurmat qilishga ham, ijtimoiy adolatni ta`minlashga ham ko’maklishishi kerak.
Inson qadr-qimmati va qadriyat
Har bir odam o’ziga xos unikaldir. Barcha odamlar boshqalarning huquqlarini kamsitmaydigan darajada ijtimoiy farovonlik, o’z-o’zini namoyon etish va o’z hayotini nazorat qilish huquqiga ega.
Tamoyillari:
Ijtimoiy xizmat xodimlari quyidagilarga amal qilishga majburlar:
a. BMT Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasida va mazkur deklaratsiya asosidagi boshqa kelishuv hujjatlarida qayd etilgan insonning asosiy huquqlarini hurmat qilish;
b. Barcha odamlarga hurmat ko’rsatish va xizmatdan foydalanayotgan shaxslarning ishonchi, madaniyati, maqsadlari, ehtiyojlari, qadriyatlari, o’zaro munosabatlari va xususiyatlari va muayyan (guruhlarga) mansubliklariga e`tiborli bo’lish;
v. Xizmatdan foydalanayotgan shaxslarning qadr-qimmati, individualligi, huquqlari va majburiyatlarini himoya qilish va rag’batlantirish;
g. Individual farovonlik va avtonomlikni rag’batlantirgan holda boshqa odamlarning huquqlarini lozim darajada hurmat qilish;
d. Xizmatdan foydalanayotgan shaxslarning huquqlarini hurmat qilish, asoslangan qarorlar qabul qilish, xizmatdan foydalanayotgan shaxslarni va xizmat ko’rsatayottan shaxslarni rag’batlantirish,qaror qabul qilish jarayonlarida ishtirok etish;
e. Xizmatdan foydalanayotgan shaxslarni cheklash hamda ularni va boshqalarni himoya qilish maqsadida ular ustidan hukmronlik qilishni ham qamrab olunuvchi xizmatdan foydalanunchilar muhofazasini ta`minlash.


Ijtimoiy adolat
Ijtimoiy adolatni ta`minlash yo’lidagi izlanishlar yomon sharoitlarni kamaytirishga va ularni engish strategiyasini qo’llab-quvvatlashni anglash va intilish masalalarini qamrab oladi.


Tamoyillari:
Ijtimoiy adolat quyidagilarni o’z ichiga qamrab oladi:
a. Insonnint asosiy ehtiyojlarini qondirish uchun lozim bulgan resurslarning adolatli va teng taqsimlanishi;
b. Insoniy potentsialga erishish uchun ijtimoiy xizmatlar va imtiyozlarga nisbatan teng imkoniyatlarni yaratish;
v. Individuumlar, oilalar, guruhlar va jamoalarning huquq va majburiyatlarini tan olish;
g. Qonun tomonidan bir xil munosabat va muhofaza muhitini yaratish;
d. Insonnint zamonaviy va kelajakdagi farovonligi manfaatlari yo’lida ijtimoiy rivojlanish hamda atrof-muhitni boshqarish.



Download 3.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling