Samarkand davlat universiteti
Sohalar ko’rsatkichlar
Download 3.33 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sohalar ko’rsatkichlar
AQSH ijtimoiy ishchilar Milliy Assosatsiyasi tomonidan 1960-1980 yillarda 200 mingdan ortiq ijtimoiy ish xodimi tayyorlagan. SHulardan:
AQSHda ijtimoiy ish xodimlarini tayyorlash uch bosqichda amalga oshiriladi. O’zlarini ijtimoiy ish xodimlari ko’pchiligi yoki bakalavr diplomiga ega bo’lgan ijtimoiy ishga ixtisoslashgan to’rt yil o’qitiladigan universitet diplomiga yoki ijtimoiy ish bo’yicha master diplomiga ega. Bakalavr diplomiga ega bo’lgan bitiruvchi universal mutaxassisga aylanadi - u ijtimoiy muammolarning keng ko’lami bilan ishlaydi. Master (magistr) darajasi bakalavr dasturi bo’yicha to’rt yillik dastlabki universitet ta`limidan keyin, ikki yillik amaliy tayyorgarlik, ma`ruza o’qish va tajriba ishlardan keyin beriladi. Doktorlik darajasi master darajasini olgandan keyin ikki yil tayyorgarlikni talab qiladi. Kolumbiya va Vashington universitetlari bunga misol bo’lishi mumkin. Ushbu universitetlarda ijtimoiy ish xodimlari magistraturada o’qitiladi. Qo’yidagilar AQSHda ijtimoiy ish sohasidagi ta`limning asosiy tamoyillari hisoblanadi: mijozning o’z taqdirini o’zi belgilashini hurmat qilish, har bir mijozning qadr-qimmati va qadrliligiga ishonish, mijozning tabiiy qobiliyatlarini tasdiqlash, mijozni uning o’ziga xosligiga va noyobligiga ishontirish, mijozlarga o’z kamoloti va inson sifatida o’zini-o’zi ruyobga chiqarishi (daromad, ta`lim va xokazolar) uchun kurashish imkonini beradigan shart-sharoitlarni himoya qilish, mijozga o’zining ijobiy sa`y-xarakatlarini aniqlash va yo’naltirish imkonini beradigan o’zgarishlarga qanday ko’maklashishni tushunish, unga yordam berish uchun mijozning atrofidagilardan foydalanish. Bular: kurslar, maktablar, litseylarda kursni o’qitish yoki kasb-hunarli bo’lg’un- cha tayyorgarlik. o’rta ma`lumotli bitiruvchilar bemorlar, qariyalar, yolg’iz kishilarga xizmat ko’rsatish bo’limlarining ijtimoiy ish xodimilari safini to’ldiradi; O’rta maxsus o’quv yurtlarida o’qitish. Ularni tamomlagach, bemorlar, yolg’iz kishilar, keksalarga xizmat ko’rsatish bo’limlari xodimlari, ijtimoiy pedagoglar bo’lib ishlash mumkin; universitetlar, akademiyalar, soha oliy o’quv yurtlarida (pedagogik, tibbiy) kunduzgi, kechki va sirtqi bo’limlarda (o’qish muddati uch yildan olti yilgacha), fakul’tetlarda (oliy ma`lumotlilar bir yildan uch yilgacha o’qitiladi) o’qitish. Professional oliy ta`limga kelsak, ushbu mamlakatda uch bosqich ajralib turadi. Bular: - bakalavrlar (4 yil), mutaxassislar (5 yil), magistrlar (6 yil) tayyorlash. Ijtimoiy ish xodimining professional maqomi rasman tasdiqlangandan keyingi qisqa davrda Rossiyada oliy ta`lim tizimida ijtimoiy soha uchun, shu jumladan, ijtimoiy soha organlari va muassasalari uchun kadrlar tayyorlash bilan shug’ullanadigan ixtisoslashgan universitetlar, akademiyalar, institutlar, kollejlar tarmog’i kengayib borishi kuzatilmoqda. Yigirmanchi yillarda tashkil etilgan Xalqaro ijtimoiy faoliyat uyushmasi (LASSW) o’qitish ishida muhim tashkiliy o’rin tutadi. Ijtimoiy ishga o’qitish milliy dasturlariga ekspert baho berish uning funktsiyalaridan biri hisoblanadi. Uning huzurida tashkil etilgan ijtimoiy ish maktabi xalqaro qo’mitasi (ILSSW) BMT va Xalkaro mehnat tashkiloti (XMT) bilan yaqin hamkorlik qiladi. XMT Jenevada ijtimoiy ishga o’qitishga ta`lluqli barcha hujjatlarni saqlaydigan ma`lumotnoma-axborot markaziga ega. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan davlatlarning jahon tajribasi aholini ijtimoiy himoya qiladigan maxsus va ijtimoiy tuzilmalarsiz, aholining alohida guruhlariga va qatlamlariga ijtimoiy yordam berishning aniq amal qiladigan mexanizmisiz demokratik, huquqiy davlatni shakllantirish mumkin emasligidan dalolat beradi. Aynan shu sababli bir necha mamlakatlarda ijtimoiy muammolar nafaqat ijtimoiy ish nazariyalari va maktablari doirasida, balki amaliy sotsiologiya, ijtimoiy psixologiya, iqtisodiy sotsiologiya, ijtimoiy muhandislik, ijtimoiy pedagogika vositalari doirasida ham faol ishlab chiqilmoqda. Ijtimoiy ish - bu ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning o’ziga xos shaklidir, ijtimoiy siyosat esa ijtimoiy ishning o’zagi va yo’nalishidir. Huquqiy, fuqarolik jamiyatini shakllantirishning murakkab yo’lida faoliyatning mamlakatimiz uchun yangi turini shakllantirish va ijtimoiy ish xodimilarni kasbga tayyorlash zarur. «Oxirgi yillarda O’zbekistondagi ijtimoiy ish, - ijtimoiy ish bo’yicha mutaxassis bo’lgan angliyalik olim Terri Myorfining fikricha, - tez rivoj- landi va mamlakat hamda Ijtimoiy ish xodimi kasbi mintaqada faoliyatning ushbu turida o’zining etakchi rolidan faxrlanishi uchun barcha asosga ega»27. 2008 yilda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining «Bola huquqlari kafolatlari to’g’risida»gi Qonuni bolalarni himoya qilish sohasida asosiy hujjat hisoblanadi. Mazkur qonun bola huquqlari bo’yicha BMT Deklaratsiyasida mavjud bo’lgan bolaning barcha huquqlarini ta`minlaydi. Kadrlar tayyorlash masalasiga kelsak, 4-moddada bola huquqlarini himoya qilish sohasida faoliyat olib borayotgan kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish davlat ijtimoiy siyosatining asosiy yunalishlaridan biri hisoblanishi aytiladi. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda aholini ijtimoiy himoya qilish va qo’llab- quvvatlash faoliyatida turli soha mutaxassislari - sotsiologlar, psixologlar, pedagoglar, huquqshunoslar va boshqa mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. SHubhasiz, turli soha mutaxassislari integratsiyasi kerakli va zarur ishdir. Biroq hozir mamlakatimizda yangi Ijtimoiy Faoliyat Institutini tashkil etish bosqichida turibdi. Bunday institutni tashkil etish uchun barcha asoslar yaratilgan. Bular: davlatning kuchli ijtimoiy siyosati, mahalliy hokimiyat organlari faoliyati, o’zini-o’zi boshqarish organlirining ushbu sohadagi faoliyati va boshqa turli ijtimoiy tashkilotlar faoliyati. Biroq aytib o’tilgan agentliklar faoliyati turli-tumanligiga qaramay, ijtimoiy ishga birgina juda muhim bo’g’in ijtimoiy ishni nazariy asoslash etishmaydi. YAngi yo’nalishdagi malakali mutaxassislarni ijtimoiy ish xodimlarini tayyorlashni kengaytirib, ijtimoiy ishning nazariy asoslarini yaratish zarur. Download 3.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling