Samarkand davlat universiteti


Download 3.33 Mb.
bet33/137
Sana28.10.2023
Hajmi3.33 Mb.
#1732429
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   137
Axuramazda qiyofasidagi bu ezgulik – hayot ramzi, erni inson, hayvonot va nabotot bilan boyitadi, inson ularni sog’lik, kuch-qudrat, baxt, shodlik, umid, ishonch, go’zallik, farovonlik yordamida munavvar qiladi.
Ahriman qiyofasidagi yovuzlik esa qurg’oqchilik, ocharchilik, kasallik, jisman va ruhan halokat singari ofatlarni keltirib chiqaradi.
«Avesto»da Oliy Tangriga iltijo va murojaat qilinib, “Axuramazda yaratgan yaxshilik g’oyasiga, sog’lom, aql-hushi tetik farzandlarga, jasur, dono, bir necha tillarni biladigan o’g’il-qizlarga, uzoqni ko’rib, yurtni balo-qazolardan himoya eta oladigan pok ziynat avlodlarga olqishlar bo’lsin!” deyiladi. Undagi ta`rifga binoan, tarbiya hayotning eng muhim tayanchi bo’lishi lozim. “Har bir yoshni shunday tarbiyalash zarurki, - deyiladi Zardusht ta`limotida, - u avvalo yozishni o’rganish bilan xulq-odobli bo’lsin, yaxshi o’qishni, so’ngra yozishni o’rganish bilan eng yuksak pog’onaga ko’tarilsin”31.
SHuni alohida ta`kidlash joizki, «Avesto»da inson oliy jonzot tarzida talqin etiladi. Ayni paytda eru-ko’kdagi barcha ne`matlarni sevish, ardoqlash insonning muqaddas burchi hisoblanadi. Ozodalik, tozalik gigienik tushunchadan axloqiy va ilohiy tushuncha darajasiga ko’tariladi. Suvni, atrof-muhitni toza tutish, jonivorlarga inson shafqatli bo’lishi kerakligi ko’rsatiladi. Bularning hammasi «Avesto»da ekologik axloqning dastlabki kurtaklari ham borligini tasdiqlaydi.
Xullas, «Avesto» ajdodlarimizning axloqiy-estetik qomusi, qadimiy urf-odatlarimizning o’ziga xos, abadiyatga daxldor majmui sifatida qimmatlidir.
Qadimiy ona sayyoramizdagi hayot uch olamdan iborat, deb qabul qilingan. Bular – nabotot, hayvonot va bashariyat olami. Ularning o’zaro munosabatlari zaminimizdagi hayotning asosiy omili hisoblanadi. Har uchalasiga ham paydo bo’lish, rivojlanish, o’zini muhofaza qilish, nasl qoldirishga intilish instinkti berilgan va hayotining bir kunmas-bir kun o’lim bilan nihoya topish qismati belgilangan. CHunonchi, o’simlik urug’dan paydo bo’ladi, rivojlanadi, singan shohlari o’rnini sirach chiqarib, davolaydi – muhofaza qiladi, urug’ini qoldirib, bir kun quriydi. Hayvon shu xususiyatlar bilan birgalikda sezish a`zolari va qobiliyatiga hamda muayyan darajada idrok etish xislatiga ega. Insonda esa bulardan tashqari mulohaza qilish, fikrlash qobiliyati va uyat hissi, bir so’z bilan aytganda, aql bor. Uni imom G’azoliy oltinchi sezgi yoki ikkinchi yurak – yurak ichidagi yurak deb ataydi. Ana shu aql ixtiyor erkinligini, ixtiyor erkinligi esa axloqni taqozo etadi.
Qadimgi ajdodlarimiz axloqni odamni baxtga erishtiruvchi vosita deb bilganlar, uning aniq dunyoviy asoslarini topishga uringanlar. Ularning axloqiy ta`limotlari asosida O’zbekiston xalqlarining yangicha mazmundagi ma`naviy-axloqiy dunyosi shakllanadi va qaror topadi. Binobarin, O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining asosini xilma-xil shakllardagi mulklar tashkil etayotgan bir vaqtda uni rivojlantirishning ma`naviy-axloqiy negizlarini umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, xalqimizning ma`naviy merosini mustahkamlash, insonning o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi va vatanparvarlik tashkil etadi.
Axloq – oliy mavjudotga ato etilgan buyuk ne`mat. SHu bois o’zimiz-o’zimizni va iloji bo’lsa, o’zgalarni ham axloqiy tarbiyalash barchamizning muqaddas burchimizdir.
SHarq axloq nazariyasini yuksak darajaga ko’targan qadimgi yunon tsivilizatsiyasi jahonshumul ahamiyat kasb etadi. YUnonistonlik mutafakkirlar ilk bor inson shaxsini, inson xatti-harakatiga asoslangan niyatni tadqiq etishga va axloqiy qilmish muammolarini tushuntirishga urindilar.
Xususan, buyuk faylasuf Aflotun (e.a. 427 – 347 y.y.) axlohiy ta`limotida yaxshilik g’oyasi muhim ahamiyatga ega. Uning yaxshilik tamoyili tizimi o’zida me`yor, go’zallik va haqiqatni mujassam etgan. Uning axloqiy ta`limoti ruh orqali bayon qilinadi. Aflotun fikricha, axloq manbai inson tabiatida emas, balki insonga bog’liq bo’lmagan abadiy ruhda. Ruh uch qismdan: aql, iroda, hissiyotdan tashkil topgan. Aql oliy fazilat bo’lgan donolikning asosi, iroda mardlikning manbai, hissiyotni saqlay bilish fazilati aqllilikning asosidir. Fazilat adolat bo’lib, unda donolik, mardlik mujassamlashgan. Aflotun real dunyoni yovuzlik manbai deb hisoblaydi va bu dunyoni haqiqiy dunyo emas, degan xulosa chiqaradi. Uning fikricha, etikaning nazariy tayanchi inson ongi ruhlar (mangulik) olamida Xudoning doimiy nazoratida bo’ladigan yagona «yaxshilik» g’oyasidir.



Aflotunning axloqiy ta`limotida yaxshilik g’oyasi muhim ahamiyatga ega. Uning yaxshilik tamoyili tizimi o’zida me`yor, go’zallik va haqiqatni mujassam etgan.

Aflotun qarashlarida estetika ham go’zallik falsafasi, ham san`at falsafasi sifatida ta`riflanadi. Aflotun fikricha, nafosat manbaini avvalo g’oyalar tashkil etadi. His-tuyg’u beradigan barcha narsalarni abadiy, o’zgarmas g’oya «yoritib turgan» dagina go’zallik kashf etiladi. Uning fikricha go’zallik o’ta hissiyotli bo’lgani tufayli uning mohiyatini his-tuyg’u bilan emas, balki aql-idrok bilan anglash mumkin.
Aflotunning san`atga oid qarashlarida ijodiy jarayonni ilohiylashtirish, san`atni esa butunlay aql-idrokka teskari bo’lgan sa`y-harakat tarzida baholash o’rin olgan. U san`atni qandaydir pastkashlik urinishlari sifatida ta`riflab, uni narsalarning ko’chirilgan nusxasi, narsalarning o’zi esa g’oyalarning xira nusxasidir, deb uqtiradi.
Insoniyatning ulug’ allomalaridan biri bo’lgan Arastu (e.a. 384 – 322 y.y.) o’zi faoliyat ko’rsatgan davrdagi axloqiy qarashlarni bir tizimga soldi, axloq tasnifini yaratdi. Arastuning «Siyosat» nomli asarida axloq muammolariga alohida o’rin berilgan. O’zining bu asarida u shunday yozadi: «Tabiat inson qo’liga qurol, aqliy va axloqiy kuch bergan, ammo u shu qurolni teskari tomonga nisbatan ham ishlatishi mumkin. SHu sababli axloqiy tayanchlari bo’lmagan inson eng insofsiz va yovvoyi, o’zining jinsiy va did mayllarida eng tuban mavjudot bo’lib qoladi».




Arastuning axloqiy qarashlari, asosan o’g’liga bag’ishlangan «Nikomaxning axloq kitobi» va «Evdemning axloq kitobi» hamda «Katta axloq kitobi» risolalarida o’z aksini topgan.
A

  • Энг гўзал нарса нима?

  • Одам. Чунки у Тангрининг маҳсулидир.

  • Энг тез нарса нима?

  • Ақл. У ҳамма нарсани ортда қолдиради.

  • Ҳаммадан донороқ нарса-чи?

  • Вақт. Чунки ёлғиз вақтгина ҳамма нарсани ойдинлаштиради.

  • Ҳамма учун энг умумий нарса нима?

  • Умид. Чунки у ҳеч вақоси йўқларда ҳам мавжуддир.

  • Энг кучли нарса нима?

  • Зарурият. Чунки у ҳамма нарсанинг устидан ҳукмронлик қилади.

  • Энг қийин нарса нима?

  • Ўзни англаш.

  • Энг осон нарса-чи?

  • Ўзгаларга маслаҳат бериш.


Фалес


Инсон учун ҳаётдаги биринчи устоз эҳтиёж ва тажрибадир. Айнан шулар инсонни фойдали ва зарарли нарсаларни фарқлаш даражасига олиб келади.

Download 3.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling