Samarkand davlat universiteti
Демокрит Ахлоқнинг асосий моҳияти - ўзгармас ва абадий асл фазилат бўлмиш донишмандлик. Суқрот
Download 3.33 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Абу Наср Форобий
- Арасту Ижтимоий иш амалий фаолият илмий йўналиш
Демокрит
Ахлоқнинг асосий моҳияти - ўзгармас ва абадий асл фазилат бўлмиш донишмандлик. Суқрот Ахлоқ – ўз мувозанатини йўқотганнинг хулқини тартибга келтиради, мукаммалликка етмаган хулқни мукаммал қилади ва мувозанати бузилган хулқнинг мувозанатини сақлаб қолади. Бу илм тананинг саломатлиги учун ҳам фойдалидир. Абу Наср Форобий Сима Ню Конфуцийдан инсонпарварлик ҳақида сўради. Донишманд: - Инсонпарварлик ҳақида сўзламоқлик мушкул, - деди. - Демак, нимаики тўғрисида сўзламоқлик мушкул бўлса, шу инсонпарварлик экан-да? – деб сўради Сима Ню. - Уни амалга оширмоқлик мушкул-у, у ҳақда сўзламоқ мушкул бўлмайдими?! – жавоб берди Конфуций. Ранж алам чекмай, ҳузурланмай эзгу ишларни амалга ошириш мумкин эмас. Арасту Ижтимоий иш амалий фаолият илмий йўналиш rastu etikasining asosida baxtga intilish yotadi, baxt esa kishining dono, adolatli, sog’lom bo’lishi bilan o’lchanadi. Arastu axloqning jamiyat hayotida muhim ahamiyatga ega ekanligini ta`kidlaydi. Axloqiy fazilatlar tabiat tomonidan belgilanmaydi, balki inson unga o’z faoliyati natijasida erishadi. Inson adolat bilan ish qilib adolatli bo’ladi, qahramonlik qilib qahramon bo’ladi. Arastu axloqqa siyosat bilan chambarchas bog’liq, amaliy xarakterga ega bo’lgan fan sifatida qaraydi. Inson uchun donolik, onglilik, faollik, aqllilik muhim ahamiyatga ega. Bu fazilatlarga ajdodlar tajribasi, bilimlarni o’rganish natijasida erishiladi. Boshqacha qilib aytganda, tabiat axloqiy fazilatli bo’lish imkoniyatini yaratadi, axloqiy fazilatlar inson faoliyatida namoyon bo’ladi, ya`ni axloqiy fazilat xatti-harakat demakdir. Bunda tarbiyaning roli katta. Arastu asosiy fazilatlarni tahlil etganda aqliy fazilatlarga alohida ahamiyat beradi, ammo axloqiy fazilatlarni aqliy fazilatlarga bo’ysundirgan holda ifodalaydi. Arastuning axloqiy ta`limotida adolatlilik fazilati muhim rol’ o’ynaydi. Boshqalar haqida g’amxo’rlik qilish demakdir. Adolat tenglikdan iborat. Arastuning axloqiy ta`limoti quldorlik jamiyatini abadiylashtirishga xizmat qilganligini ham aytib o’tish o’rinlidir. Qadimgi yunon estetika nazariyasining cho’qqisi va yakuni sifatida Arastu (m.a.384 – 322 y.y.) estetik ta`limoti katta ahamiyat kasb etadi. Arastuning fikricha, nafosat asosini moddiy dunyodagi narsalar tashkil qiladi, nafosat ana shu narsalarning tartiblilik, muvofiqlilik, aniqlik, uyg’unlik, yaxlitlik xossalarida namoyon bo’ladi. San`at amaliyoti Arastu estetikasining hayotbaxsh manbaidir. Buyuk mutafakkir ana shu amaliyot bilan uzviy bog’langan nazariy qoidalar yaratdi. Arastuning axloqiy ta`limotida Demokritning voqelikka taqlid qilish (mimesis) haqidagi g’oyasi yanada rivojlantirildi. U san`atni voqelikka – odamlar, narsalar va inson faoliyatiga taqlid vositasi sifatida baholab, san`atni idrok qilishda hosil bo’ladigan shodlikni tasvirlangan narsalarni taniganlikdan chiqadigan natija bilan bog’laydi. Arastu san`atning inson ruhiga o’tkazadigan ta`sir kuchiga alohida e`tibor berib, uning axloqiy qudratini, olijanob fazilatlar yaratish kuchini, voqelikni anglash xizmatini ulug’laydi. Fojiali voqea-hodisalar zaminida Arastu vahima, dahshat, rahm shafqat orqali inson ruhini poklantirish («katarsis») ta`limotini ilgari suradi. Bundan tashqari, uning estetik qarashlarida voqelik bilan badiiy ijod masalalari keng o’rin egallagan. SHuni alohida ta`kidlash darkorki, Arastu estetika nazariyasini birinchi bo’lib turlar, xillar, ko’rinishlarga ajratgan olimdir. Insonning axloqiy hayoti shu oliy «yaxshilik» g’oyasiga intilishdan iborat. Axloqiy qarashlar taraqqiyotiga qadimgi yunon faylasufi epikur (e.a.341 – 270 y.y.) ham o’ziga xos hissa qo’shgan. Epikurning axloqiy ta`limoti hayotiy xarakterga ega bo’lganligi bilan ajralib turadi. epikur inson xatti-harakatining asosiy maqsadi rohat-farog’atga erishishdan iborat, deb hisoblaydi. Faylasufning axloqiy muammolar haqidagi fikrlarini dinga qarshi yo’naltirilganligini ham aytib o’tish joizdir. epikur axloqni dindan ajratdi, «baxt» tushunchasini axloqning negizi, deb hisobladi, uni nodonlik bilan bog’ladi. Uning fikricha, etika fanining asosiy vazifasi insonni oqilona orom olishga, mamnunlikka erishishga, tabiiy va zaruriy istaklarni ongli ravishda o’rganishdan iboratdir. YUqorida ta`kidlanganidek, «baxt» tushunchasini axloqning negizi, deb hisoblagan holda epikur uning asosida hayotdan mamnun bo’lish, bahramandlik yotadi, bu esa yaxshi turmush va osoyishtalikka olib keladi, baxtsizlik manbai azob-uqubatdir, baxtga erishish yo’lida inson barcha to’siqlarni uloqtirib tashlamog’i lozim, bu to’siqlarning eng zararlisi dinga ishonish va Xudodan qo’rqishdir degan individualistik g’oyani ilgari suradi suradi va jamiyat uning diqqat-e`tiboridan chetda qoladi. Bizning nazarimizda, epikur mulohazalarining e`tirozli tomoni shundaki, u individual manfaatlarni qondirish ijtimoiy manfaatlar ro’yobga chiqishining manbai ekanligini tushunib etmaydi. epikur barcha rohatlanishlarni ikki turga: jismoniy va ma`naviy (ruhiy) rohatlanishga bo’ladi. Jismoniy rohatlanish kishilarning oziq-ovqat, uy-joy, kiyim-kechak va boshqa narsalarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishdir. Ikkinchi turdagi rohatlanishga esa bilim va do’stlik orqali erishiladi. U barqaror ma`naviy huzurni o’tkinchi jismoniy rohatlanishdan ustun qo’yadi. SHunday qilib, epikur axloqiy ta`limoti inson shaxsining real olam mavjudoti, deb qaraganligi bilan muhimdir. CHunki dunyoviy baxt, shaxsning dunyoviy qadr-qimmati to’g’risidagi fikr, insonparvarlik tamoyili epikurizm qimmatini oshiradi. Umuman, qadimgi dunyo mutafakkirlari gedonizm (rohatlanish) pozitsiyasida turib, kishi faoliyatining maqsadi baxtga erishish, rohatlanish, foyda, manfaatdor bo’lish deb qaraganlar. SHuningdek, ular kishilarning bu dunyoda baxtli bo’lishlari uchun kurashganlar va axloqning real dunyoviy asosini topishga intilganlar. Markaziy Osiyo xalqlari axloqiy ta`limotlar taraqqiyoti tarixini o’rganishda buyuk mutafakkir ajdodlarimiz asarlari muhim o’rin egallaydi.
Download 3.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling