Samarkand davlat universiteti


Tavsiya etiladigan adabiyotlar


Download 3.33 Mb.
bet32/137
Sana28.10.2023
Hajmi3.33 Mb.
#1732429
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   137


Tavsiya etiladigan adabiyotlar


1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -T.:O’zbekiston, 2010.


2. I.A.Karimov. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi:O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi ma`ruzasi. –T.: O’zbekiston, 2010.
3. G’anieva M.X. Ijtimoiy ish asoslari. Toshkent. 2012y.
4. Antologiya sotsial’noy raboti. Istoriya sotsial’noy pomoshi v Rossii / Sost. M.V.Firsov.-M.:Svarog`-IVFSPT,1994.T.1.
5. Barnz Dj.G. Sotsial’naya rabota s sem’yami v Anglii. M.: TSentr obshestvennix tsennostey,1993.
6. Berbeshkina Z.A. etika sotsial’nogo rabotnika // Teoriya i praktika sotsial’noy raboti: problemi, prognozi, texnologii: Sb. M.: RGSI. 1992.
7. Vasil’eva-Gangnus L. Pravila etiketa: Kratkiy sprav. M.: Del’ta MKS, 1992.
8.Gosudarstvenniy obrazovatel’niy standart visshego professional’nogo obrazovaniya / Goskomitet Rossiyskoy Federatsii po visshemu obrazovaniyu. M., 1995.
9. Medvedeva G.A. etika sotsial’noy raboti. M., 2000
10. Pinkus A., Minaxan A. Praktika sotsial’noy raboti (formi i metodi). M.: Soyuz, 1993.
11. Professional’no-eticheskie normi sotsial’noy raboti. M: Sotsial’noe zdorov’e Rossii, 1993.
12. Eticheskie osnovi sotsial’noy raboti // Teoriya i metodika sotsial’noy raboti ( kratkiy kurs). M.: Soyuz, 1994.


5-mavzu: AXLOQIY TA`LIMOTLAR TARIXI. AHLOQIY QADRIYATLAR VA DIN.
Reja:
1 Ijtimoiy ish etikasi fanida axloqiy ta`limotlarning qadimiy ildizlari.
2 Axloqiy qarashlarning inson ma`naviy taraqqiyotida tutgan o’rni.
«Axloq – ma`naviyatning o’zagi. Inson axloqi
shunchalik salom-alik, xushmuomaladangina
iborat emas. Axloq bu, avvalo, insof va
adolat tuyg’usi, imon, halollik degani».
Islom Karimov
«Etika» tushunchasini birinchi bo’lib yunon faylasufi Arastu muomalaga kiritgan. Arastu fanlarni tasnif qilarkan, ularni uch guruhga bo’ladi: nazariy, amaliy va ijodiy. Birinchi guruhga u falsafa, matematika va fizikani; ikkinchi guruhga – etika va siyosatni; uchinchi guruhga esa – san`at, hunurmandchilik va amaliy fanlarni kiritadi. SHunday qilib, qadimgi yunonlar axloq haqidagi ta`limotni fan darajasiga ko’targanlar va «Etika» (ta ethika) deb ataganlar. Ijtimoiy ish etikasi fani doirasida talabalarni insoniyat hayotida axloq tushunchasining ahamiyatini chuqurroq tushuntirish maqsadida axloqning jamiyat taraqqiyotida mutafakkirlar tomonidan yaratilgan axloqiy qarashlar va ta`limotlar mazmun-mohiyatini o’rganish katta ahamiyatga ega.
Ijtimoiy ish etikasi fanida axloq tushunchasi eng muhim tushunchalardan biri sifatida o’rganiladi. «Axloq» so’zi arabchadan olingan bo’lib, «hulq» so’zining ko’plik shaklidir. «Axloq» iborasi ikki xil ma`noga ega: umumiy tushuncha sifatida fanning tadqiqot ob`ektini anglatsa, muayyan tushuncha sifatida inson fe`l-atvori va xatti-harakatining eng qamrovli qismini bildiradi. Axloqni umumiy tushuncha sifatida olib, uni doira shaklida aks ettiradigan bo’lsak, doiraning eng kichik qismini odob, undan kattaroq qismini xulq, eng qamrovli qismini axloq egallaydi.
Odob – inson haqida yoqimli taassurot uyg’otadigan, lekin jamoa, jamiyat va insoniyat hayotida u qadar muhim ahamiyatga ega bo’lmaydigan, milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli xatti-harakatlarni o’z ichiga oladi.
Xulq – oila, jamoa, mahalla-ko’y miqyosida ahamiyatli bo’lgan, ammo jamiyat va insoniyat hayotiga sezilarli ta`sir ko’rsatmaydigan yoqimli insoniy xatti-harakatlarning majmui.
Axloq esa – jamiyat, zamon, insoniyat tarixi uchun namuna bo’la oladigan ijobiy xatti-harakatlar yig’indisidir29.
Axloq shu jamiyatda yashayotgan va shu jamiyatni tashkil qilgan odamlarning bilim va ma`naviyatini rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Bilim insonni ongida ta`lim tizimi orqali shakllansa ma`naviyat insonning qalbida tarbiya orqali shakllanadi. Jamiyatning bilim va ma`naviyati qanchalik yuqori bo’lsa, jamiyat taraqqiyoti shunchalik jadal va hayot shunchalik farovon bo’ladi. Bu allaqachonlar insoniyat tomonidan isbotlangan va anglab olingan oddiy haqiqatdir.
Hech bir inson jamiyatdan tashqarida, yakka holda yashamaydi. U odamlar orasida o’sadi, ulg’ayadi, hayot kechiradi, o’zining butun hayoti va faoliyati davomida har xil toifadagi ko’plab insonlar, kattayu-kichik bilan muloqotlar qiladi. Bu insonning o’z kundalik hayotiy ehtiyojlarini qondirish zaruratidan kelib chiqadi.
Ijtimoiy ish xodimi o’zining kasbiy faoliyati davomida o’rnatilgan kasbiy normalarga amal qilishni talab etadi. Bu jarayonda inson va jamiyat o’rtasida yuzaga keladigan ob`ektiv aloqadorlik, ya`ni ijtimoiy munosabat-xulq-atvor, odob, hatti-harakat tamoyillari va me`yorlarining majmuasi axloqning mazmun-mohiyatini tashkil etadi.
«Axloq» iborasi muayyan tushuncha sifatida inson fe`l-atvori va hatti-harakatlarini bildiradi. Axloq inson va jamiyat o’rtasidagi ob`ektiv aloqadorlik tufayli kelib chiqadigan, shaxsiy va umumiy manfaatlarni muvofiqlashtirib turish asosida har bir shaxsning hayoti va faoliyatini boshqaradigan va tartibga soladigan muayyan xulq-atvor, odob, xatti-harakat tamoyillari va me`yorlarining majmuidir.Axloq jamiyat va insonni o’ziga xos tarzda go’zallik qonuniyatlari vositasi bilan o’rganuvchi eng qadimiy va hozirgi zamonda nihoyatda muhim ahamiyatga ega fandir.
Dastlab axloq tushuncha sifatida SHarq mamlakatlarida vujudga kelgan. Ilk axloq tushunchasi qadimgi Misrda paydo bo’lgan. Qadimgi Misrda esa odob-axloq masalalari o’ziga xos pandnomalarda ifoda topgan. Ular orasida «Pxatotep o’gitlari» bizgacha etib kelgan eng qadimiy pandnoma hisoblanadi. Bundan deyarli ikki yarim ming yil avval beshinchi sulola fir`avni Jadkara Isesidan vazir Pxatotep qariligi tufayli o’rniga o’z o’g’lini tayinlashni iltimos qiladi va o’g’liga atab o’ttiz etti nasihatdan iborat mazkur pandnomani yozadi. Unda o’sha davr axloqiy qonun-qoidalari, o’zni tutish, muomala odobi singari muammolar ko’tariladi, axloqiy fazilatlar esa hikmatlar va nasihatlar tarzida targ’ib qilinadi. Undagi o’gitlar yuksak badiiyati bilangina emas, balki quldorlik davri talablarini chetlab o’ta olgan umuminsoniy demokratik fikrlar tarzida, haqiqiy donishmandlik va insonparvarlik namunasi sifatida hanuzgacha kishini hayratga soladi: «Qimmatbaho toshdek yashirindir oqilona so’z, holbuki uni don tuyayotgan cho’ridan topish mumkin». Agar nafaqat Qadimgi Misrda, balki undan bir necha ming yil keyingi Qadimgi YUnonistonda ham qul ezgulikka, donishmandlikka xos bo’lmagan jonzot sanalganini va odam o’rnida ko’rilmaganini hisobga oladigan bo’lsak, Pxatotepning mazkur fikri insoniyat axloqiy tafakkur taraqqiyotida naqadar katta ahamiyatga ega ekanini anglash mumkin30.
Qadimgi Xitoyda ham axloqiy fikrlarning taraqqiy etganligini ko’ramiz. Masalan, qadimgi Xitoy mehnat ahlining ma`naviy hayoti va yuksak axloqi haqida «SHutszin» («Qo’shiqlar») kitobida ajoyib naqllar to’plangan.
Kishilik jamiyatining butun taraqqiyoti davomida insonlar komillikka intilib yashaganlar va yashab kelmoqdalar. etika fani axloqning kelib chiqishi va mohiyatini, kishining jamiyatdagi axloqiy munosabatlarini o’rganadi. Axloqni umumiy tushuncha sifatida olib, uni doira shaklida aks ettiradigan bo’lsak, doiraning eng kichik qismini odob, undan kattaroq qismini xulq, eng qamrovli qismini axloq egallaydi.
U o’zining tarixiy taraqqiyotida quyidagi vazifalarni bajargan:
– umuminsoniy madaniyat tizimida insonning tabiiy xislatlarini;
– jamiyatda yashovchi har bir shaxsni har tomonlama kamol toptiruvchi ma`naviy-ijtimoiy omillarini;
– kishilarning ichki tuyg’ularini, hissiyotlarini o’stirib, umuminsoniy moddiy va ma`naviy qadriyatlarni anglab etish, ularni asrash va kelgusi avlodga etkazib berishni;
– oila va kundalik turmushda mavjud bo’lgan oilaviy burch, o’zaro hurmat, sadoqat, or-nomus kabi an`analarni avloddan-avlodga o’tkazish asosida davom ettirish vositasi vazifasini;
– adolatli jamiyat qurish va unda boy-badavlat, tinch-totuv, baxtli yashash g’oyasi va boshqalar.
Bu o’rinda shuni alohida ta`kidlash joizki, axloqiy tarbiya natijasida odoblilik – yuksak axloqiylikka aylangani kabi, axloqiy tarbiya yo’lga qo’yilmagan joyda shaxs vaqti kelib, odobsizlikdan – axloqsizlikka o’tishi mumkin.
Inson o’z tajribasi orqali erishgan donishmandlik namunalarini hikmatlar, naqllar, matal-maqollar tarzida bayon etadi, boshqalarni axloqiy qonun-qoidalarga o’rgatadi. Aflotun, Arastu, epikur, TSitseron, Seneka, Avgustin, Forobiy, Ibn Sino, G’azoliy, Nasafiy, Spinoza, Kant, Gegel’, SHopengauer, Feyerbax, K’erkegor, Nitsshe singari buyuk faylasuflar yaratgan axloq nazariyasiga doir ta`limotlar bilan birgalikda «Patanjali», «Qutadg’u bilik», «Qobusnoma», Sa`diyning «Guliston», Jomiyning «Bahoriston», Navoiyning «Mahbub ul-qulub», Montenning «Tajribanoma», Laroshfukoning «Hikmatlar», Gulxaniyning «Zarbulmasal» kabi amaliy axloqqa bag’ishlangan asarlarida axloq to’g’risida batafsil to’xtalib o’tiladi.
Qadimgi Turonzamin va erondagi axloqiy tafakkur taraqqiyoti zardushtiylik dinining vujudga kelishi bilan bog’liq. Qadimgi Xorazmda yaratilgan, «Avesto» deb atalgan muqaddas kitobda asosiy axloqiy fazilatlar va illatlar sanab o’tiladi, talqin etiladi. Unda zardushtiylik ilohiy Ahuramazda – ezgulik, Ahriman esa yovuzlik timsoli sifatida namoyon bo’ladi, ezgulik va yovuzlik, yorug’lik va zulmat, hayot va mamot o’rtasidagi abadiy kurashning ibtidosi aks etadi.
Zardushtiylik dinini ma`lum ma`noda axloqiy e`tiqod, uning muqaddas kitobi «Avesto»ni qadimgi ajdodlarimiz amal qilgan axloqiy tushunchalar va ko’rsatmalar majmui deyish mumkin. Buni ushbu din payg’ambari Zardushtning «Avesto»dagi «Asha alqovi»dan joy olgan quyidagi so’zlaridan yaqqol ko’rish mumkin:



Zardushtiylik ta`limotida yaxshilik g’oyasi muhim ahamiyatga ega. Uning yaxshilik tamoyili tizimi o’zida me`yor, go’zallik va haqiqatni mujassam etgan.

«Ahuramazda – eng loyiq haqning irodasi ruyobga chiqib, Ahriman daf bo’lsin. ezgu o’y, ezgu so’z va ezgu ishlarni oqlayman. O’zimni butkul ezgu o’y, ezgu so’z va ezgu amallarga baxshida qilaman, barcha qabih o’y, yomon so’z va yomon ishlardan tiyaman. Haqiqat – oliy ne`mat…»
«Avesto»dagi talqinlar insonning real hayoti bilan bog’liq ekanligi, undagi ezgulik ruhi – yaratuvchilik, ijodkorlik quvvati sifatida, yomonlik esa buzish va buzg’unchilik kuchi tarzida namoyon bo’ladi.

Download 3.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling