Samarkand davlat universiteti


Alisher Navoiyning qaysi asarida komil insonga xos xususiyatlar, ularning sharqona fazilatlari kabi sifatlar keltirib o’tilgan?


Download 3.33 Mb.
bet37/137
Sana28.10.2023
Hajmi3.33 Mb.
#1732429
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   137
Alisher Navoiyning qaysi asarida komil insonga xos xususiyatlar, ularning sharqona fazilatlari kabi sifatlar keltirib o’tilgan?

A) “Nasoyim ul muhabbat”
B) “Xamsa”
V) “Lison ut-tayr”
G) “Mahbub ul-qulub”


Tavsiya etiladigan adabiyotlar


1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -T.:O’zbekiston, 2010.


2. I.A.Karimov. YUksak ma`naviyat – engilmas kuch. –T.: O’zbekiston, 2008.
3. G’anieva M.X. Ijtimoiy ish asoslari. Toshkent. 2012y.
4. Uvatov U. O’zbekiston – buyuk allomalar yurti. – T.: Ma`naviyat. 2010.
4. Antologiya sotsial’noy raboti. Istoriya sotsial’noy pomoshi v Rossii / Sost. M.V.Firsov.-M.:Svarog`-IVFSPT,1994.T.1.
5. Barnz Dj.G. Sotsial’naya rabota s sem’yami v Anglii. M.: TSentr obshestvennix tsennostey,1993.
6. Berbeshkina Z.A. etika sotsial’nogo rabotnika // Teoriya i praktika sotsial’noy raboti: problemi, prognozi, texnologii: Sb. M.: RGSI. 1992.
7. Vasil’eva-Gangnus L. Pravila etiketa: Kratkiy sprav. M.: Del’ta MKS, 1992.
8.Gosudarstvenniy obrazovatel’niy standart visshego professional’nogo obrazovaniya / Goskomitet Rossiyskoy Federatsii po visshemu obrazovaniyu. M., 1995.
9. Medvedeva G.A. etika sotsial’noy raboti. M., 2000
10. Pinkus A., Minaxan A. Praktika sotsial’noy raboti (formi i metodi). M.: Soyuz, 1993.
11. Professional’no-eticheskie normi sotsial’noy raboti. M: Sotsial’noe zdorov’e Rossii, 1993.
12. eticheskie osnovi sotsial’noy raboti // Teoriya i metodika sotsial’noy raboti ( kratkiy kurs). M.: Soyuz, 1994.
6-mavzu: OLIY MA`NAVIY QADRIYATLAR. AMALIY eTIKA MASALALARI.
Reja:
1 Ijtimoiy ish sohasida ma`naviy fazilatlar tushunchasi va mohiyati.
2 Ma`naviy fazilatlarning inson hayoti va faoliyatidagi o’rni. Ijtimoiy ish xodimining ma`naviy fazilatlari.
3 Vatanparvarlik, mas`uliyat, kasbiy komponentlik va boshqaruv madaniyatiga egalik ijtimoiy ish xodimlarining muhim ma`naviy fazilatlari sifatida.
Buyuk mutafakkir Arastu - “insonning ma`naviy fazilatlari, bir tomondan butun jamiyatga, ikkinchi tomondan insonning o’ziga foyda va lazzat keltiruvchi faoliyatida shakllanadi” – deb o’rinli ta`kidlaydi. YA`ni, ijtimoiy foydali faoliyat inson ma`naviyati shakllanishning asosiy poydevorlaridan biridir.
Azaldan mutafakkir olimlar inson ma`naviy fazilatlarini takomillashuvida ta`lim masalasiga alohida e`tiborni qaratganlar. Jumladan, eramizdan avval 372-289 yillar davomida ijod etgan xitoylik faylasuf olim Men–TSzi inson ma`naviyatini shakllantirish masalasini tarbiya bilan bog’liq holda talqin etgan36.
Ta`kidlash joizki, buyuk alloma Abu Nasr Farobiy, haqiqiy hukmdor rahbar jamiyat va davlat manfaatini o’z shaxsiy manfaat va maqsadlaridan ustun qo’ya olishi, ya`ni “fozil mujohid o’z jonini shahar manfaati yo’lida tika olishi” zarurligini ta`kidlab o’tgan37. O’z davrida yashab o’tgan buyuk sarkarda Amir Temur vazirlar, amirlar, devonbegi, viloyatlardagi devonlarni, beklarni tanlash va joy–joyiga qo’yishda ularning nasl–nasabiga, aql–farosatiga, xalqparvarligiga, sabr–toqatlilik, tinchliksevarlik, adolatparvarlik fazilatlariga, ko’tarinki ruhiy holatiga, ziyrakligiga, malakasi va odamlar bilan murosa qilish fazilatlariga katta e`tibor bergan. U davlat hokimiyatini “zo’ravonlik bilan emas, balki o’z hukmining ta`sirchanligi va adolat bilan boshqarish”ga rioya qilgan38.
Ijtimoiy ish xodimlarida ma`naviy fazilatlarning shakllanishining o’zagida o’z – o’zini tarbiya qilishga intilish yotishi darkor. Aytish lozimki, tabiatiga ko’ra o’z – o’zini tarbiya qilish bu ijtimoiy jarayondir. Bu asosan ijtimoiy munosabatlarda o’zini anglaydigan shaxslarga taalluqlidir. Ijtimoiy ish xodimlari o’z – o’zini tarbiya qilish bilan shug’ullanishi, ularning ijtimoiy va kasbiy vazifalarni hal etishga imkon beruvchi fazilatlarga ega bo’lgan ijtimoiy ehtiyojini qondirishga zamin yaratadi. SHuningdek, o’z – o’zini tarbiya qilishda ijtimoiy ish xodimlari o’zlarining yutuqlari va kamchiliklarini ob`ektiv baholab, keyinchalik ushbu kamchiliklarni yo’qotish bo’yicha o’ziga dastur yaratishi mumkin bo’ladi. Alohida shuni qayd etish lozimki, ijtimoiy ishchilarning ma`naviy fazilatlarini rivojlantirish bo’yicha o’z – o’zini tarbiya qilishining dastlabki bosqichi bo’lib, o’zini anglash, ya`ni qanchalik darajada mazkur fazilatlar shakllanganligini ongli ravishda tushunib etishi lozimdir. O’zini anglash ijtimoiy ish xodimlariga ma`naviy fazilatlarni shakllantirish va rivojlantirish bo’yicha o’zining oldiga vazifalar belgilab olishga imkon beradi. Bu esa o’z navbatida ijtimoiy ish xodimlari o’zining fazilatlarini mukammallashtirish bo’yicha qilinadigan xatti harakatlar modelini yaratishga turtki bo’lib, uni doimo o’zining ustida ish olib borishga chorlaydi.
Insonning tom ma`nodagi ijtimoiy qiyofasi uning ijtimoiy norma va qadriyatlarni o’zlashtirishi, egallashi hamda unga amal qilishi bilan belgilanadi39. SHu o’rinda bir qator tadqiqotchilar ma`naviy mezonlarni umumiy tarzda quyidagicha belgilab olishgan: erkin, mustaqil fikrlash; o’zgalar fikrini e`tiborga olish; bilimli, irodali, axloqli, jamoatparvar, yurtga sadoqatli bo’lish; o’z kasbini sevish; voqea hodisalarga munosabat bildirish; jamiyat ishida faol ishtirok etish40.
SHunday qilib, ijtimoiy xizmatchilarning ma`naviy fazilatlari shakllanishida etakchi o’rin, ularning faoliyati va xulq – atvorini asosiy tartibga soluvchisi va ijtimoiy xizmatchilarning g’oyaviy yuksakligi va e`tiqodini ifodalovchi axloq komponentiga tegishli bo’ladi. Ijtimoiy ish xodimlarining ma`naviy fazilatlari muayyan sharoitlar yordamida shakllanib, mazkur jarayonga turli xil omillar ta`sir o’tkazadi. O’z navbatida ijtimoiy ish xodimlarining ma`naviy fazilatlari nafaqat kasbiy faoliyat davomida, balki kundalik turmush tarzida ham namoyon bo’lib, uning jamiyatda o’z o’rniga ega shaxs sifatida inson ekanligini ifodalaydi.
Insoniyat qadimiy tarixi, ijtimoiy himoya va o’zaro ijtimoiy yordam o’sha moziyning qabila-urug’chilik aloqalariga asoslanuvchi ibtidoiy jamoa tuzumi davridayoq ijtimoiy o’zaro ko’mak ko’rsatish, qariyalar, bolalar, nogironlar haqida g’amho’rlik ko’rsatish axloqiy qadriyat sifatida shakllangani va rivojlanib borganligidan dalolat beradi.
Ijtimoiy taraqqiyotning keyingi bosqichlarida ijtimoiy himoya g’oyalari diniy ta`limotlar va aqidalar tarzida o’z ifodasini topdi hamda asosan diniy qadriyatlar sifatida amalga oshirilib kelindi. Ammo, shu bilan birga o’zaro ijtimoiy ko’mak ko’rmatish axloqiy tafakkurning muhim elementi sifatida xalq ongida ham chuqur joylashgan.
Markaziy Osiyo mamlakatlarida mehr-muruvvat g’oyalarini takomillashib borishi va ro’yobga chiqarilishiga islom dini, uning umuminsoniy ta`limotlari juda katta hissa qo’shib kelmoqda. Masalan, ezgu odatimizga aylanib ketgan mehr-oqibat tushunchasini oladigan bo’lsak, uning juda teran tarixiy, milliy, diniy ildizlari borligini ko’rish mumkin. Bu avvalo insonning inson bilan, qo’shnining qo’shni bilan, qarindoshning qarindosh, oilaning oila bilan, eng muhimi, shaxsning jamiyat bilan uyg’un bo’lib yashashini, etim-esir, beva-bechora va nogironlarga, musofirlarga saxovat ko’rsatish, sidqidildan, beg’araz yordam berishni anglatadi va bunday xususiyat xalqimizning ma`naviy olamiga singib ketganini hech kim inkor eta olmaydi41.
Mehr-muruvvat va sahovat g’oyalari, muhtoj va nogironlarga mehr-shafqat ko’rsatish eng asosiy insoniy burchlardan ekanligi dunyo dinlaridan bo’lmish xristianlik, iudizm, musulmon dini, buddizm dinlarining bosh g’oyalari, asosiy harakatlantiruvchi kuchlarini tashkil etadi.
Ma`naviy fazilatlarning inson va jamiyat hayotidagi o’rni masalalari azaldan mutafakkirlarning e`tiborini jalb etib, uning turli jihatlari SHarq mutafakkirlari Konfutsiy, Men-TSzi, Abu Nasr Farobiy, Amir Temur, Alisher Navoiylarning ijodlarida o’z aksini topgan42.
Ma`naviy fazilatlar va uning shaxs hayotidagi o’rni masalalari hozirgi kunda ham faylasuf, psixolog, sotsiolog, pedagog, siyosatshunos olimlarning diqqat markazida turib, muammoning turli jihatlari ushbu fanlar doirasida o’rganilmoqda.
Prezidentimiz I.Karimov tomonidan aytib o’tilgan nutq va yozilgan asarlarida, ma`naviyat, uning inson hayotidagi o’rni hamda rahbarga xos ma`naviy fazilatlar masalalariga to’xtalib o’tganlar43.
Mamlakatning barqaror rivojlanishi uning boshqaruv tizimidagi insonlarning o’z vazifalarini sidqidildan ijro etishiga bog’liq bo’lib, ma`naviy etuk shaxslarning boshqaruv tizimida faoliyat yuritishi jamiyat va davlat taraqqiyotini ta`minlaydi. SHu bois YUrtboshimiz “Islohot – avvalo odamlar ongidagi o’zgarishdir” deb nomlangan nutqida: “Boshqaruv tizimini takomillashtirish – bevosita rahbar ma`naviyati, uning shaxs sifatidagi kamoloti, etuk va komil insonligi bilan bog’liq bo’lib qolmokda”44, – degan edi. Sababi, bugungi kunda boshqaruv tizimi samaradorligi bevosita ma`naviy omil bilan chambarchas bog’liq bo’lib qoldi. Bu esa turli toifa va darajadagi kadrlar tayyorlashda ularning qobiliyati, bilim darajasi, tajriba va ko’nikmasi bilan birga, ma`naviy qiyofasiga ham jiddiy e`tibor berish maqsadga muvofiqligini anglatadi45.
Turli darajadagi inson, xususan rahbar faoliyatida ma`naviy omilning o’rni masalasi azaldan mutafakkirlarni qiziqtirib, ular ijodida alohida o’ringa ega bo’lgan. Jumladan, insondagi ma`naviy fazilatlar muammosi Xitoyda Konfutsiy46, Men-TSzi47, komil insonga xos xususiyatlar, ularning sharqona fazilatlari masalalari buyuk mutafakkir Alisher Navoiy48, Abu Nasr Farobiy asarlarida o’z aksini topgan. Buyuk alloma o’zining “Fozil odamlar shahri” asarida rahbarning fazilatlariga alohida urg’u bergan49. Ta`kidlash joizki, bugungi kunda ham inson va xususan rahbar ma`naviy fazilatlarini o’rganish muammosi o’z dolzarbligini saqlab qolib, olimlar tadqiqotlari predmetini tashkil etmoqda. SHu bilan birga tadqiqotlarda insonga bog’liq asosiy sifatlar turli xil, jumladan xislat, xususiyat, sifat va fazilat kategoriyalari orqali yoritilayotganligini kuzatish mumkin. Masalan, olimlar R.Samarov, K.Raxmatullina, A.Kalyujniy, B.Kaverin va P.CHijiklar mazkur masalani sifat, I.Masharipov, G.Tulenova, G.Tillaeva, A.YUsupov, Q.YUsupov, N.Boboev, F.Xaldibekovalar fazilat sifatida o’rganishgan.
O’zbek tilining izohli lug’atida xislat kishi yoki narsaning muhim ijobiy belgisi deb, xususiyat esa biror narsa yoki kimsaning o’ziga xos, boshqalardan ajralib turadigan tomoni, o’ziga xos belgisi sifatida ko’rsatilib o’tilgan50. Falsafa qomusiy lug’atda xususiyat falsafiy kategoriya sifatida, predmet va hodisalarning boshqa predmet va hodisalardan farqini yoki ular bilan umumiylikni ifodalaydi51 - deb ta`rif berilgan. YA`ni, xususiyat o’ziga xoslik, umumiylik va ayriliq bilan bog’liq bo’lsa, xislat kategoriyasi o’zigaxoslik va ayriliqning ijobiy tomonini ifodalaydi. O’zbekiston falsafa entsiklopedik lug’atida keltirilishicha sifat bu ob`ektning muhim belgilarini ifodalaydigan falsafiy tushuncha bo’lib, u ob`ekt tarkibiy qismlarining o’zaro turg’un munosabatlarini va bir ob`ektni ikkinchi ob`ektdan ajratib turadigan o’ziga xos tomonlarini aks ettiradi52. YA`ni, sifat nafaqat insonning, balki jonsiz predmetning ham o’ziga xos jihatlarini ko’rsatib beradi. Fazilat esa shaxsning ijobiy xislati, yaxshi xulqi yoki xususiyati sifatidagi falsafiy kategoriya bo’lib, afzallik va ustunlik tushunchalariga sinonim ko’rsatilgan53.
SHu bilan birga rus tilidagi manbalarda insonga xos sifatlar “kachestvo”, uning ijobiysi “polojitel’nie kachestva” kategoriyasi orqali ifodalanib, fazilat tushunchasiga mos keladi. SHu sababli biz rus tilida tayyorlangan adabiyotlardan foydalanganimizda “kachestvo” tushunchasi ijobiy ma`noda qo’llanilgan bo’lsa fazilat sifatida foydalanamiz54.
O’zbekiston ma`naviyat izohli lug’atida ma`naviy fazilatlar – insonning ma`naviy qiyofasi, ijtimoiy hayot, ong va munosabatlar bilan bog’liq bo’lgan, jamiyat taraqqiyoti va turmush ta’sirida shakllangan ma`naviy xususiyat va xislatlarini umuminsoniy hamda milliy fe`l-atvor ko’rinishlarini ifodalovchi tushuncha sifatida ko’rsatib o’tilgan. Demak, ma`naviy fazilat kategoriya sifatida shaxsning ijobiy xususiyati, xislati, sifati va axloqiy fazilatlarining majmuini qamrab olib, negizida ma`naviyat, ya`ni insonda shu fazilatlarni uyg’otadigan beqiyos kuch yotadi.
Ta`kidlash joizki, ma`naviy fazilatlarning inson hayoti va faoliyatidagi o’rni masalasi SHarq mutafakkirlari ijodida o’ziga xos talqin etilgan. Xususan, Konfutsiy insonda va jamiyatda fazilatni hamma narsadan yuqori qo’yadi va uni asosan axloqiy kategoriyalar bilan bog’laydi55. Men–TSzi insonda ezgulik 4 ta fazilat orqali amalga oshishini ta`kidlab, ularning asosini bilim tashkil qiladi deb hisoblaydi. Olimning fikriga ko’ra, olam va insonga xos tartibni bilish insoniylik, xushfe`llik, bilim va to’g’rilikni ro’yobga chiqarish bilan ifodalanadi56.
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning “Nasoyim ul muhabbat” asarida komil insonga xos xususiyatlar, ularning sharqona fazilatlari, ya`ni: tavba, halol luqma bilan qanoatlanish; o’z kasbidan rizq topib, tirikchilik o’tkazish; farzandlari, xizmatchilariga qo’pollik qilmaslik; shirin tillik, yaxshilik; muloyimlik, rahmdillik; sahiylik, mardlik; rozi – rizolik bilan kun o’tkazish; sadoqatli, vafoli bo’lish; xushxulqlik va sabr – toqatlilik kabi sifatlar keltirib o’tilgan57. YUqorida nomlari qayd etilgan mutafakkirlar bevosita insonga xos bo’lgan fazilatlarni, har bir millatning, ularning turmush tarzi va madaniyatining o’ziga xosligini e`tiborga olgan holda tavsiflaganligi kuzatilmoqda.
O’z davrida buyuk alloma Abu Nasr Farobiy “Fozil odamlar shahri” asarida shahar hokimi oqil bo’lib, u tabiatan 12 ta xislat – fazilatni o’zida birlashtirgan bo’lishi zarurligini ta`kidlab o’tgan. Barcha o’n ikkita xislatlarning bir odamda jamlanishi amri mahol, zero bunday tug’ma fazilatlar sohibi bo’lgan odamlar juda kam uchraydi va ular nodir insonlardir. Mabodo fozillar shahrida shunday barkamol inson topilmay qolsa, unda yuqoridagi fazilatlaridan oltitasi, yoki beshtasi kamol topganida ham, u aql va zakovatda benazirligi tufayli fozillar shahriga rahbarlik qila oladi58.
Ijtimoiy ish kasbini asosiy mezonlarida ham umumiy ahloqiy tamoyillar va uning ko’rinishlari o’zining barcha yo’nalishlari bilan namoyon bo’ladi. Ijtimoiy ish xodimining ma`naviy ahloqiy dunyosi o’ziga xos tamoyillarni o’z ichiga qamrab oladi. CHunki uning kasbiy faoliyatidan kelib chiqib, yordamga muhtoj insonlarga yordam berishda insonparvarlik, erkparvarlik, vatanparvarlik, tinchlikparvarlik tamoyillari dasturulamal bo’lib xizmat qiladi.
Insonparvarlik. Ahloqiy tamoyillarning eng qadimiy va eng muhimlaridan biri bo’lib, u insonning yuksak ijtimoiy vazifasini belgilaydigan va barqaror etadigan g’oyalar, qarashlar va e`tiqodlar majmui, shaxs erki, qadr-qimmati, uning baxtli bo’lish huquqini talab etish imkonining mavjudligiga engilmas ishonch tamoyili sanaladi.
Biz qurayotgan erkin Fuqarolik jamiyati ham insonga mehr-muhabbat va izzat hurmat ko’rsatishni asosiy tamoyil qilib olgan bo’lib, shaxsni har tomonlama kamol topishi uchun zarur bo’lgan haqiqiy insoniy shart-sharoitlarni yaratishni oliy maqsad deb biladi.

Download 3.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling