Samarkand davlat universiteti


Download 3.33 Mb.
bet42/137
Sana28.10.2023
Hajmi3.33 Mb.
#1732429
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   137
Марк Аврелий
ugungi kunga kelib jamiyat iqtisodiy va ijtimoiy hayoti o’rtasida eng maqbul nisbat belgilanishining ikki asosiy usuli qaror topdi. Ulardan birinchisi - radikal usul bo’lib. bunda ijtimoiy siyosatning barcha yo’nalishlari davlat tomonidan markazlashtirilgan tarzda amalga oshiriladi. Ijtimoiy siyosat bu usulda amalga oshirilishining afzal tomoni sifatida odamlarning ko’prok, to’liqroq himoyalanganligi, davlat bu sohadagi mas`uliyatni asosan o’z zimmasiga olganligi, kafolatlar darajasi birmuncha yuqori ekanligi ko’rsatib o’tilsa-da, ammo u o’zining serharjligi, sun`iy tenglashtirishga qaratilganligi va shu tufayli ijtimoiy adolat tamoyillarining buzilishiga olib kelishi, soliqlar shaklidagi og’irlikni iqtisodiy faol aholi qatlamlari zimmasiga yuklab qo’yilishi kabi salbiy jihatlari bilan ajralib turadi va shu tufayli bozor munosabatlari qaror topgan jamiyatlarda bu usuldan foydalanish qiyin kechadi.

Ikkinchi usul — hayotiy mushkulotlar uchun davlat mas`uliyati soqit qilinmagan holda aholi turmush darajasi, ijtimoiy jihatdan himoyalanganligi, inson huquqlarning kafolatlanishida ijtimoiy birdamlikka, adolatga, ijtimoiy ta`minot va qo’llab-quvvatlashning muayyan muhtoj tabaqalarga aniq yo’naltirilganligi ijtimoiy siyosatning amalga oshirilishida davlat mablag’lari bilan bir qatorda, jamiyat mablag’lariga, o’zaro yordam, hayriya mablag’lariga ham tayanilishi kabi xususiyatlari bilan tavsiflanishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qo’lga kiritganidan keyingi yillar davomida yuritib kelinayotgan ijtimoiy siyosat rivojiga e`tibor berilsa, ana shu radikal usuldan ijtimoiy usulga asta-sekin o’tib borilayotganligini, birinchi usulga xos bo’lgan ijobiy jihatlar imkon darajasida saqlab qolinayotganligini kuzatish mumkin bo’ladi.
Har qanday jamiyatda ijtimoiy himoya tizimlarining barpo etilishi ma`lum ishlar amalga oshirilishini ko’zda tutadi. Bunda quyidagilar amalga oshirilishi lozim bo’ladi:
• Oilaviy va shaxsiy daromadlarni nazorat qilish hamda baholash mexanizmlaridan foydalangan holda aholining ijtimoiy himoya va ko’makka muhtoj guruhlari ajratib olinadi.
• Oilaning pul va natura holida oladigan daromadlari hisobga olinib, oila byudjetini aniqlash, shu orqali turmush darajasini. yordamga muhtojligini aniqlash amalga oshiriladi.
Bunda ijtimoiy yordamning aniq yo’naltirilganligini ta`minlash maqsadida eng kam iste`mol darajasi — iste`mol savatchasi aniqlanadi. Minimal turmush kechirish darajasi aniqlanishida eng kam ta`minlangan oilalarning oziq-ovqat, ijtimoiy xizmatlar va boshqa buyumlarga bo’lgan kundalik eng zarur talablari asos qilib olinadi.
• Ijtimoiy yordam va ta`minot berish usulining to’g’ri belgilanishi, ya`ni bunday yordamlarning pul holida, natura ko’rinishida yoki ijtimoiy imtiyozlar va afzalliklar shaklida berilishining to’g’ri tanlanishi muhim ahamiyatga ega.
XXI asrdagi ijtimoiy taraqqiyotning asosiy xususiyatlari muhokama qilingan 1995 yil Kopengagenda bo’lib o’ttan Oliy darajadagi uchrashuvlar yuzasidan qabul qilingan Umumjahon Deklaratsiyasida qayd etib o’tilganidek, XXI asr iqtisodiyoti inson manfaatlariga yo’naltirilganligi ta`limotiga tayanishi bilan ajralib turadi.
Strategik jihatdan olganda, inson omiliga tayanilishi, unga kapital sarflanishi- sarmoya joylashtirishning eng sermahsul, eng ratsional usuli sanaladi. Chunki insonga, uning moddiy turmush darajasiga e`tibor berilayotgan davlatlargina iqgisodiy yuksalishga erishmoqda, ularda mehnat unumdorligi yuqori bo’lmoqda, jamiyat farovonlikka erishmoqda. Aksincha, inson ahamiyati pasaytirilayotgan, uning turmush kechirish darajasi past bo’lgan davlatlar qashshoqlar yashaydigan davlat qashshoq davlatligicha qolmoqda va bu hamma narsani odamlar hal qiladi degan qadimiy qoidaning to’g’ri ekanligini, inson omili hisobga olinmaydigan davlatning taraqqiy topa olmasligini isbotlamoqda.
O’zbekiston Respublikasi siyosiy va iqtisodiy mustaqilligini qo’lga kiritganidan keyin davlat va jamiyatning muhim funktsional faoliyat olib borish sohalaridan biri sifatida ijtimoiy himoya tizimlari asta-sekinlik bilan shakllantirila boshlandi. Mustaqillikning dastlabki yillarida ijtimoiy himoya siyosati huquqiy asoslari sifatida sobiq ittifoq davrida qabul qilingan qonunlardan foydalanilgan bo’lsa-da, ammo asta-sekinlik bilan, bosqichma-bosqich tarzda bu sohadagi o’z milliy qonunchiligimiz shakllantirila boshlandi. Dastlabki davrlarda bu O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari shaklida amalga oshirilgan bo’lsa, keyinchalik ushbu masalalarga oid maxsus qonunlar qabul qilindi va ijtimoiy ta`minot tizimlari milliy Qonunchilik asosida rivojlantirila boshlandi.

Download 3.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling