Samarkand davlat universiteti


Inson huquqlari va insoniy qadr-qimmatni hurmat qilish


Download 3.33 Mb.
bet50/137
Sana28.10.2023
Hajmi3.33 Mb.
#1732429
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   137
Inson huquqlari va insoniy qadr-qimmatni hurmat qilish. Ijtimoiy ishchining faoliyati inson huquqlari va erkinligini, uning obro’si va qadriyatlari hamda o’z imkoniyatlarini munosib hayot sharoiti va farovonlikni amalga oshirish qobiliyatini tan olish hamda hurmat qilishga asoslangan. SHu qadriyatlar bilan bog’liq ravishda tamoyillar quyidagilarni anglatadi:
- Ijtimoiy ishchi etikasining ushbu kodeksi asoslanadigan Xalqaro shartnomalarda e`lon qilingan insonning asosiy huquqlarini hurmat qilish;
- Insonning mustaqil tanlov va o’z­-o’zini aniqlashi huquqini tan olish. Ijtimoiy ishchilar odamga ijtimoiy ko’maklashgancha uning o’zi qaror qabul qobiliyatini rivojlantirishga va boshqa odamlar manfaatiga xavf yo’qligi sharoitida o’z hayotini mustaqil ravishda belgilashiga yordamlashadi;
- Ijtimoiy ishchining aholini turli konfessional va etnik guruhlariga munosabati bo’yicha insonparvarligini ko’zda tutuvchi polietnik jamiyat kontekstida insonning ijtimoiy­madaniy xususiyatlarini hurmat qiladi. Ijtimoiy ish mijozlari turli tuman xislatlarga ega bo’lgan alohida odamlar yoki shaxslar, guruh bo’lishi mumkin. Inson yoki shaxslar guruhining barcha xususiyatlari yordam ko’rsatish va qaror qabul qilishda inobatga olinishi darkor;
- Kamsitishga qarshi amaliyot va insonni uning kelib chiqishi belgilari, yoshi, irqiy va ijtimoiy mansubligi, jinsi, diniy e`tiqodi, ideologiyasi, millati, sog’ligining holati yoki boshqa har qanday tafovutlaridan qat`i nazar qanday bo’lsa shundayligicha qabul qilishni amalga oshiradi;
- Ijtimoiy ishchilar odamlarni ularning hayotini o’zgartirishga, inson, guruhlar, jamoalarning kuchli tomonlari va imkoniyatlariga tayangancha imkoniyat berishga yo’naltirilgan qarorlar qabul qilish jarayoniga jalb etishga ko’maklashadi;
- Odamlar qadr ­qimmatini himoyalash, ularning xavfsizligini ta`minlash, ularning shaxsiy farovonlikka erishishida yordamlashish ijtimoiy ishchi tomonidan insonni uning individual, oilaviy, jamoatchilik xususiyatlari bilan bir butunlikda tushunishi, uning manfaatlari va ehtiyojlarini hurmatlashidan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Ijtimoiy haqqoniylik va insonparvarlik ijtimoiy ishning asos soluvchi tamoyillari va qadriyatlari hisoblanadi. Bu qadriyatlar bilan bog’liq ravishdagi tamoyillar quyidagilarni anglatadi:
- Ijtimoiy ishchining insonning asosiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida teng huquqlar hamda imkoniyatlar va vositalarni haqqoniy hamda teng huquqli taqsimlashni ta`minlash bo’yicha faoliyati, davlat va jamoatchilik tashkilotlari imkoniyatidan foydalanishning teng kafolatlangan imkonini yaratish va amal qilish bo’yicha faoliyati;
- Ijtimoiy ishchilar ijtimoiy noxush ahvoldagi odamlar chaqiradigan ijtimoiy sharoitlar va qiyinchiliklarni aniqlashga ko’maklashadi, ijtimoiy siyosatning shakllanishi hamda uni amalga oshirish mexanizmlarini yaxshilashga ta`sir ko’rsatadi;
- Ijtimoiy ishchilar kamsitishning har qanday, jumladan, jins, yosh, u yoki bu madaniyatga mansublik, oilaviy holat, ijtimoiy­iqtisodiy maqom, irqiy va diniy mansublik belgilari, jismoniy tavsifnoma va jinsiy yo’nalishni kamsitish kabi turlari bilan kurashishlari zarur;
- Ijtimoiy ishchilar o’z faoliyatida ijtimoiy haqqoniylik tamoyiliga amal qilgancha odamlar orasidagi ijtimoiy­madaniy farqlarni inobatga oladi, tan oladi va hurmat qiladi;
- Ijtimoiy ishchilar faoliyati inson stigmatizatsiyasi, ajralib qolishini uyg’otadigan va uni ijtimoiylashuv jarayoniga jalb etadigan ijtimoiy sharoitlarni tenglashtirishga yo’naltirilishi darkor. Ijtimoiy ishchining amaliy faoliyati ijtimoiy haqqoniylik tamoyillariga amal qilish maqsadida ijtimoiy farovonlikni yaxshilash va o’z­-o’zini aniqlash, o’z­o’zini ijobiy ro’yobga chiqarishga ko’maklashadi.

Download 3.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling