Samarkand davlat universiteti
mavzu: ISTE`MOLCHI HUQUQLARI VA KONS’YUMERIZM
Download 3.33 Mb.
|
9. mavzu: ISTE`MOLCHI HUQUQLARI VA KONS’YUMERIZM.
Inson huquqlarini ta`minlash huquqiy davlat qurishning asosiy vasifasidir. Davlat tomonidan inson huqularini ta`minlash huquqiy kafolatlash va amaliy ishlar bilan birga olib boriladi. Davlat hamda uning organlari sudda inson huquqlari himoyasini ta`minlaydi, shaxsiy hayot daxlsizligini amalga oshiradi. O’zbekiston Respublikasida qabul qilinayotgan qonunlarni amaliyotda tadbiq etish, inson va fuqarolarning fuqaroviy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniyhuquq va erkinliklarini amalgam oshirish imkonini beruvchi samarali tizim va tuzilmalarga muhim ahamiyat berilmoqda. Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazi inson huquqlarini amalgam oshirishga ko’maklashish uchun safarbar etilgan davlat tuzilmalaridan hisoblanadi. Prezidentimiz I.A.Karimovning quyidagi fikrlarini ta`kidlab o’tish lozim: “Adolat – qonun ustuvorligida” degan shiorimizni amaliy jihatdan mustahkamlashga qaratilgan sa`y-harakatlarimizni zamon talablari darajasiga ko’tarish yo’lida yangi amaliy qadamlar qo’yishimiz zarur78”. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so’ng asosiy ustuvor yo’nalishlaridan biri alohida ko’mak va e`tiborga muhtoj odamlarga manzilli yordam ko’rsatish bo’lgan ijtimoiy himoya va aholiga ish qilishning printsipial jihatdan yangi tizimi shakllandi. Bu sharoitda ijtimoiy sohada aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami bilan ishlashda bilim va ko’nikmaga ega bo’lgan yuqori malakali xodimlarga ehtiyoj va tegishli tarzda yangi kasbiy faoliyat – “ijtimoiy ishchi” ga zaruriyat yuzaga keldi. O’zbekistonda ijtimoiy ish instituti 90-yillar oxiriga kelib shakllanishni boshladi. Buning uchun 1998-yilda bilim va ta`lim sohasida davlat uchun yangi bo’lgan – “ijtimoiy ish” ning oliy ta`lim ixtisosliklari va yo’nalishlar Umumdavlat klassifikatoriga kiritilishi asos bo’ldi. O’zbekiston Respublikasi Kasblar va lavozimlar Milliy klassifikatoriga “ijtimoiy ish” kasbi va “ijtimoiy ish bo’yicha mutaxassis”lik kiritildi. “Ijtimoiy ish” yo’nalishi bo’yicha ta`lim Toshkent davlat madaniyat instituti va Samarqand, Farg’ona davlat universitetlarida olib boriladi. Toshkent davlat madaniyat instituti ijtimoiy ish bo’yicha mutaxassislarni tayyorlash sohasida etakchi oliy o’quv yurti hisoblanadi, unda bakalavriat va magistraturada talabalar tayyorlash amalga oshiriladigan dastlabki ijtimoiy ish fakulteti ochildi. Bundan tashqari, 2007-yildan boshlab malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash fakulteti qoshida Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi hamkorligida BMTning O’zbekistondagi YUNISEF Bolalar jamg’armasi ko’magida O’zbekiston Respublikasi oliy o’quv yurtlaridagi ijtimoiy ish o’qituvchilari va bolalarni ijtimoiy himoyalash tashkilotlari hamda muassasalarining xodimlari uchun ijtimoiy ish bo’yicha 4 oylik qayta tayyorlash kurslari olib borilmoqda. Ijtimoiy ish – bu odamlarga insonlar orasidagi munosabatlarni hal qilish va jamiyatdagi ijtimoiy o’zgarishlarda ko’maklashishga yo’naltirilgan, ularning hayotiy farovonligini oshirish maqsadida yordam ko’rsatish va qo’llab-quvvatlash bo’yicha kasbiy faoliyatdir Ijtimoiy ish – bu quyidagi chiziqlar bilan xarakterlanadigan kasb: -Ilmiy asoslangan bilim va nazariyalarga tayanadi; -Dalillarga asoslangan amaliyotga tayanadi; -Axloqning etik tamoyillari va standartlariga amal qiladi; -Mijoz va uning atrofidagi kishilar bilan o’zaro professional harakatda amalga oshiriladi. Ijtimoiy ishning kasb sifatida rivojlanishi uchun quyidagilar zarur: -Ijtimoiy ish bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarni, o’quv rejasi tuzilmasini (amaliyotni kiritgan holda) va bu bilimlar hamda axborotlarni ijtimoiy ishning zamonaviy nazariyalari va modellariga muvofiq ravishda doimiy yangilash jarayonini ifodalovchi ta`lim standartiga asoslangan ta`lim jarayonini rivojlantirish; -Ijtimoiy sohada rasman ishlash huquqini beradigan diplom yoki sertifikat ko’rinishidagi rasmiy vakolatlarning mavjudligi; -Ta`lim jarayoni va amaliyotni nazorat qiladigan, tashkilotlardagi ijtimoiy ishchining axloq standartlari va etik kodeksini ko’rib chiquvchi hamda rivojlantiruvchi professional assotsiatsiyalar va uyushmalarning mavjudligi. Ijtimoiy ishning kasb sifatidagi noyob tavsifnomasi: -Ijtimoiy ish ba`zi kasblar diqqat e`tiborini alohida individiumlarga (masalan, psixologlar) yoki yaxlit holda jamiyatga (masalan, sotsiologlar yoki politologlar) qaratgan bir paytda insonni ijtimoiy muhitda ko’rib chiqadi. -Ijtimoiy ish ibtidoni boshqa fan va kasblardan olgan nazariya va usullarning noyob majmuidan iborat. Ijtimoiy ishning rivojlanishidagi zamonaviy tendensiyalar ishning turli usullari va yondoshuvlari uyg’unligi, multi-darajali intervensiya hamda fanlararo yondoshuvning rivojlanishiga yo’naltirilgan. -Ijtimoiy ish ijtimoiy ko’makka muayyan qat`iy yo’nalishga ega va aholining zaif qatlamiga alohida e`tibor qaratadi, u ijtimoiy ishlarni tashkil etish va qo’llab quvvatlashga yo’naltirilgan. -Ijtimoiy ish mijozlarning o’z-o’zini aniqlashiga alohida urg’u beradi, mijoz va ijtimoiy ishchi o’rtasidagi munosabat ochiqlik va o’zaro do’stlik bilan xarakterlanadi, bu esa muammoning maqbul echimi uchun imkon beradi. Ijtimoiy ishchining professional faoliyati ijtimoiy o’zgarishlarga, insoniy o’zaro munosabatlar muammolarini hal qilishga ko’maklashadi; jamiyatda funksional mavjud bo’lish qobiliyatining mustahkamlanishi va odamlarning farovonlik darajasini oshirish maqsadida ozod qilishga yordam beradi. Inson axloqi va jamoatchilik tizimi nazariyasidan foydalangancha ijtimoiy ish odamlarga ularning atrofidagi kishilar bilan o’zaro harakatda ko’maklashadi. Inson huquqlarining tamoyillari va ijtimoiy haqqoniylik ijtimoiy ish negizi hisoblanadi. Ijtimoiy ish o’zining turli shakllarida odamlar va ularning atrofidagi kishilar o’rtasidagi ko’p sonli, murakkab aloqalar bilan shug’ullanadi. Ijtimoiy ish faoliyatining maqsadi: barcha odamlarga o’z imkoniyatlarini to’la rivojlantirish, o’z hayotini boyitish va disfunksiyani bartaraf etish imkoniyatini taqdim etadi. Professional ijtimoiy ish muammolarni hal qilish va o’zgarishlarga erishishga yo’naltirilgan. Ijtimoiy ishchilar jamiyatdagi va o’zlari ish qilayotgan individium, oilalar va hamjamiyat hayotidagi o’zgarish agentlari hisoblanadilar. Ijtimoiy ish o’zida qadriyatlar, nazariya va amaliyotning o’zaro bog’liq tizimini aks ettiradi. Ijtimoiy ish o’z sarchashmasini insonparvarlik ruhi bilan sug’orilgan va demokratik ideallarda oladi, uning qadriyatlari tenglik, har bir shaxsning qadriyati va har bir odamning qadr-qimmatini hurmat qilishga asoslanadi. Kasbning paydo bo’lishidan boshlab, deyarli bir yarim asr avval ijtimoiy ish amaliyotining diqqate`tibori umuminsoniy ehtiyojlar va inson imkoniyatining rivojlanishini ta`minlashga qaratilgan. Inson huquqlarini ta`minlash va ijtimoiy haqqoniylik ijtimoiy ishchilar faoliyati uchun motivatsiya va sabab bo’lib ish qiladi, “zaif” ijtimoiy qatlamga hamfikrlik tufayli kasb faqirlikni engillatish, himoyaga muhtoj va ruhan ezilgan odamlarni jamiyat a`zosi sifatida faoliyat yuritishlarini faollashtirish uchun ozod qilishga intiladi. Ijtimoiy ish qadriyatlari professional milliy va xalqaro etik kodekslarda mujassamdir. Ijtimoiy ish metodologiyasi muayyan kontekstlar uchun xarakterli bo’lgan lokal bilimlarni kiritgan holda amaliy faoliyatni baholash va tadqiqot o’tkazish yo’li bilan olingan isbotli asoslangan bilimlar tizimiga suyanadi. Ijtimoiy ish nazariyasi odamlar va ularning atrofidagi kishilar orasidagi o’zaro harakatning murakkabligini inobatga oladi va odamlarning ta`sirga duch kelganiday ularga biopsixoijtimoiy omilni kiritgan holda ko’p sonli omillar ta`sirining o’zgarishini ham tan oladi. Professional ijtimoiy ish inson axloqi va rivojlanishi, majmuaviy vaziyatlari tahlili uchun ijtimoiy tizimlarni ham, individual, tashkiliy, ijtimoiy va ma`daniy o’zgarishlarga ko’maklashish nazariyasini ham o’zlashtirib oladi. Ijtimoiy ish jamiyatda mavjud bo’lgan to’siqlar, tengsizlik va noxaqlik bilan kurashga yo’naltirilgan. Ijtimoiy ish krizis va kritik holatga, shuningdek, kundalik shaxsiy va ijtimoiy muammolarga reaksiya qiladi. Ijtimoiy ish shaxs va uning atrofidagi kishilarga majmuaviy va yaxlit yondoshuvga moslashtirilgan malakalar, usullar va ta`sirlarning turlitumanligidan foydalanadi. Ijtimoiy ish harakatining spektri psixoijtimoiy jarayonlarning individual shaxsiy darajadagi mashg’ulotlardan tortib, ijtimoiy siyosatda ishtirok etishni, shuningdek, ijtimoiy loyihalash va rivojlanishni qabul qilishgacha yoyiladi. Amaliy faoliyat maslahat berish, klinik ijtimoiy ish, guruhlar olib borish, ijtimoiy pedagogik ish, oilaviy terapiya, shuningdek, odamlarga jamiyatda mavjud bo’lgan ish va imkoniyatlarga erishishga yordamlashishga urinishdan iborat. Bundan tashqari, amaliy faoliyat jamoa tashkilotlari, agentliklarini boshqarish va ijtimoiy siyosat hamda iqtisodiy rivojlanishga ta`sir ko’rsatish maqsadida jamoatchilik va siyosiy faoliyat mashg’ulotlarini o’z ichiga oladi. Ijtimoiy ish amaliyotining ustuvorligi davlatdan davlatga o’tishi va vaqt davomida madaniy, tarixiy va ijtimoiyiqtisodiy sharoitlarga bog’liq ravishda o’zgarib tursada, ijtimoiy ishning majmuaviy yaxlit yondoshuvi universaldir. Inson huquqlarini muhofaza qilish sohasida turli davlat va tashkilotlarning faoliyatini belgilovchi xalqaro deklarasiya va konvensiyalar ijtimoiy ishchining ushbu professional hamda etik kodeksi asosida turadi. Ijtimoiy ish mohiyatini odamlarning farovonligini ularning ashxsiy imkoniyatlari va ijtimoiy yaqin odamlari imkoniyatlaridan eng yuqori darajada foydalanish hamda ularga imkoniyat berish orqali yaxshilash maqsadidagi amaliy faoliyat sifatida tushunish ijtimoiy ishning etik tamoyillarini quyidagi xalqaro shartnomalar asosida qurishni ko’zda tutadi: - Inson huquqlarining Umumiy Deklaratsiyasi, 1948-yil. - Fuqarolik va siyosiy huquqlar haqidagi Xalqaro pakt, 1966-yil. - Irqiy kamsitishning barcha shakllarini tugatish to’g’risidagi Xalqaro konvensiya, 1965-yil. - Ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakllarini tugatish to’g’risidagi Xalqaro konvensiya, 1976-yil. - Bola huquqlari haqidagi Konvensiya, 1989-yil. - Nogironligi bo’lgan odamlar huquqlari to’g’risidagi Konvensiya,2006-yil. Ijtimoiy ishchining professional va etik kodeksining ijtimoiy ishning qadriyatlari va tamoyillariga bag’ishlangan ushbu qismi 2004-yil oktabrida Adelaida (Avstraliya) da qabul qilingan Ijtimoiy ish bo’yicha maktablar xalqaro assosiasiyasi va Ijtimoiy ishchilar xalqaro federasiyasining “Ijtimoiy ish etikasi: tamoyillar Deklaratsiyasi” umumiy hujjati asosida ishlab chiqildi. Bu hujjatda ijtimoiy ishchilarning o’z faoliyatlarini etik tomonlari haqida xabardor bo’lishi professional amaliyotning muhim qismi, inson huquqlari va ijtimoiy adolatga amal qilish tamoyillari esa ijtimoiy ish faoliyati uchun belgilovchi hisoblanishi ta`kidlanadi. Ijtimoiy ishning mohiyati va missiyasi uning noyob va o’ziga xos xarakterini belgilovchi asosiy qadriyatlarida aks etgan. Ijtimoiy ish quyidagi qadriyatlarga asosan ish tutadi: - Inson huquqlari va insoniy qadr-qimmatni hurmat qilish; - Ijtimoiy haqqoniylik va gumanizm; - Sodiqlik va vijdonlilik ; - Professional vakolatlilik; Download 3.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling