Samarkand davlat universiteti


-bob IJTIMOIY ISHNING DEONTOLOGIK ASOSLARI


Download 3.33 Mb.
bet48/137
Sana28.10.2023
Hajmi3.33 Mb.
#1732429
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   137
8-bob IJTIMOIY ISHNING DEONTOLOGIK ASOSLARI
Reja:
1 Ijtimoiy ish sohasida ijtimoiy adolat tushunchasining o’rni. Uni qaror toptirishda ijtimoiy ish xodimining ma`naviy javobgarlik printsipi.
2 Ijtimoiy ish xodimining ish faoliyati jarayonidagi mas`uliyati.
3 Inson huquqlari va ijtimoiy adolat tamoyillarining ijtimoiy ish sohasida qaror toptirish asoslari.

Ijtimoiy adolat - jamiyatning demokratik rivojlanish darajasini, inson huquq va erkinliklariga rioya qilish normalarini, millat hayot tarzining axloqiy timsolini belgilovchi davlat siyosati, aholining ijtimoiy jihatdan kam ta`minlangan tabaqalari manfaatini ko’zlab, milliy boyliklarni taqsimlash tartibidir.


”Xalq ochlikka, yo’qchilikka, hamma narsaga chidashi mumkin, ammo adolasizlikka chiday olmaydi66”- deb ta`kidlagan edi Prezidentimiz Islom Karimov.
Ijtimoiy ish besh asosiy kriteriyaga tayanadi. Ular quyidagilar:
-Inson qadr-qimmati va qadriyat;
- Ijtimoiy adolat;
- Insonparvarlikka ish qilish;
- Butunlik;
- Kompitentlik.
Ijtimoiy adolat ijtimoiy ishning asosiy kriteriyasi bo’lib hisoblanadi. Ijtimoiy adolatni ta`minlash yo’lidagi izlanishlar yomon sharoitlarni kamaytirishga va ularni engish strategiyasini qo’llab-quvvatlashni anglash va intilish masalalarini qamrab oladi.
Ijtimoiy adolat jamiyatni rivojlanishi va takomillashib borishini qudratli omilidir. Demokratik jamiyat-odamni mehnatga, sog’liqni saqlashga, ma`lumot olishga, uy–joyga, ijtimoiy ta`minotga bo’lgan muhim hayotiy ehtiyojlarini qondirilishini ijtimoiy kafolatini o’zida mujassamlagan ijtimoiy adolatli tuzumdir. Bu jamiyatda odamni qobiliyati mehnati, malakasi va iqtidori qadrlanadi va moddiy-ma`naviy jihatdan munosib taqdirlanadi.
Ijtimoiy adolat ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya bo’lgani kabi xuddi shunday bu axloqiy-huquqiy kategoriya hamdir. U odamlarni xohish va imkoniyatini, erkinlik va mas`uliyatini, huquq va majburiyatini, odamlarning ishini va jamiyatdagi o’rnining munosibligini anglatadi. Bundan tashqari ijtimoiy sohada ma`lum bir axloqiy normalar hukmronlik qilishi kerakki, zarur bo’lganda, bu normalar o’zgalar manfaatini (yordamga muhtojlar manfaati) ustivorligini ta`minlashi lozim.
Buyuk mutafakkir Arastu adolatning ikki xil, ya`ni tenglashtiruvchi va taqsimlovchi ko’rinishini farqlaydi. Tenglashtiruvchi adolat mezoni “arifmetik tenglik” bo’lib, bu tamoyil fuqaroviy-huquqiy kelishuvlar, oldi-sotdilar, zararni qoplash, jazolash singari sohalarda qo’llanadi. Taqsimlovchi adolat mezoni esa “geometrik tenglik”dan kelib chiqib, etishtirilgan ne`matlarni har kimning qo’shgan hissasiga qarab taqsimlashni bildirgan. Bu holda tegishli narsalarga (hokimiyatga, hurmatga, moddiy boylikka) boshqalar bilan teng yoki teng bo’lmagan miqdorda egalik qilish mumkin.
Tenglashtiruvchi adolat ikki qismga bo’linadi. Ayrim ijtimoiy munosabatlar erkin tarzda amalga oshadi, masalan: oldi-sotdi, qarz berish va shunga o’xshash..., erken bo’lmagan munosabatlarga o’g’rilik, o’ziga og’dirish, shikast etkazish, yolg’on guvohlik berish, haqorat kabi holatlar kiradi. Ayni vaqtda qonunga mos keladigan harakatlardan iborat bo’lmish adolat eng qimmatbaho sifat deb e`lon qilinadi.
Jamiyatimizning mafkurasi shu jamiyatning tayanchi bo’lmish oddiy inson va uning manfaatlarini ifoda etishi xaliimizni bexatar, tinch-omon farovon badavlat turmushga erishishi uchun, kuch-g’ayrat manbai bo’lishi lozim67".
Ma`naviy hayotning asl mohiyati, mazmunini insofu diyonat tashkil etadi. Insofli, diyonatli insonlarning adolatli faoliyatidan jamiyatning ma`naviy ne`matlari paydo bo’lib, uning mevasidan xalq oziqlanib, farovon, tinch, osoyishta yashaydi. Adolatli jamiyatning mafkurasini millatning aqli-idroki, kuch-g’ayratga to’lgan ezgu niyatli, pokiza, bilimdon insonlarning tajribaga boy g’oyalari tashkil etadi.
Odamlar yashash davomida jamiyatning taasuroti, ustozlarning tarbiyalari adolatli turmush tufayli shaxsga, ya`ni insonga, ma`naviy hayot egasiga aylanadilar. Hayotning notekis yo’llari, qonunlari insonlariing to’g’ri yo’l topishlariga, yaxshini yomondan, haqni-nohaqdan ajrata olish qobiliyatiga, ma`naviy kamolotiga etaklaydi. Oddiy inson o’z ma`naviy hayotida o’z faoliyatini adolatli yo’nalishda olib borib, jamiyat taraqqiyotiga o’z hissasini qo’shadi.
Adolat ijtimoiy hayotga, jamiyat a`zolarining o’zaro munosabatlariga oid tushuncha, shuning uchun ijtimoiy adolat mavjuddir.
Adolat insonning eng yuksak ezgu niyati, hayot-mamotini harakatga keltiruvchi omildir. Bu tushuncha inson kabi o’tmishda sanoqsiz ziddiyatlarga bardosh bergani, mashaqqatlarda toblangani va insoniyat mudom unga intilib kelgani uchun ham e`zozlanadi. Adolat beqarorlikni barqarorlikka keltiruvchi muvozanat qaror topishida, jamiyatda insonlar turmushida barqarorlik bo’lishida muhim rol o’ynaydi.
Adolat - ma`naviy ne`mat, u falsafiy, huquqiy va axloqiy qirralarga boy g’oyadir. Adolatning falsafiy mazmuni insoniyat rivojlanish tarixida qabilaviy, tabaqaviy, sinfiy qoidalar, savob va gunoh, ma`qul va nomaqbul, haq va nohaq hatti-harakatlar va qarorlar ta`sirida rivojlanib keldi. Arastu ta`limotiga ko’ra adolat hayot uchun zarur mahsulotlarni tayyorlash, taqsimlash, ayriboshlashda mezon bo’lmog’i, taqdirlash va tahqirlash hamda undirish kabi kundalik faoliyatda andoza bo’lib ish qilmog’i lozim. Inson o’zi uchun ham, o’zga uchun ham foydali yoki zararli unsurlar muvozanatining na ko’payib, na kamayib ketishiga yo’l qo’ymasligi kerak. Aks holda adolasizlik ro’y beradi.
Ijtimoiy adolat quyidagilarni o’z ichiga qamrab oladi:
- Insonning asosiy ehtiyojlarini qondirish uchun lozim bo’lgan resurslarning adolatli va teng taqsimlanishi;
- Insoniy potentsialga erishish uchun ijtimoiy ishlar va imtiyozlarga nisbatan teng imkoniyatlarni yaratish;
- Oilalar, guruhlar va jamoalarning huquq va majburiyatlarini tan olish;
- Qonun tomonidan bir xil munosabat va muhofaza muhitini yaratish;
- Insonning zamonaviy va kelajakdagi farovonligi manfaatlari yo’lida ijtimoiy rivojlanish hamda atrof-muhitni boshqarish.
O’zbekistonda islohotlarni Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan asoslab berilgan o’zbek modeli tamoyillarining bittasi, ya`ni uchinchi tamoyil: jamiyat hayotida qonun ustuvorligi haqida to’xtalgan edi. Ijtimoiy yo’naltirilgan ma`daniy-ma`rifiy bozor xo’jaligini tegishli ravishda huquqiy jihatdan ta`minlamasdan turib, bunday xo’jalikni shakllantirishni tasavvur qilib bo’lmaydi. Ijtimoiy yo’naltirilgan qonunchilik asosini yaratish-bu faqat o’tish davrining majburiy shartigina bo’lib qolmay, balki huquqiy davlatni barpo etishning o’ziga xos xususiyati hamdir, qonunlar hayotiy, amaliyot bilan uzviy bog’liq bo’lishi va undan kelib chiqmog’i kerak, qonun hujjatlari bevosita ta`sir ko’rsatish kuchiga ega bo’lishi lozim. Qonunga bo’ysunish kerak, qonun ustuvorligi – huquqiy davlatning asosiy tamoyilidir, qonun oldida hamma barobar. Huquqiy madaniyatning yuqori darajada bo’lishi huquqiy davlatning o’ziga xos xususiyatidir. Huquqiy davlatning elementlari:
1) qonun ustuvorligi;
2) qonun oldida hammaning tengligi;
3) hamma o’z ish faoliyatini qonun doirasida bajarishi;
4) hokimiyatning bo’linishi tamoyili amal qiladi.
YUrtboshimiz Islom Karimov ta`biri bilan aytganda: ”Adolat haqida juda chiroyli gapirish mumkin. Adolat haqida juda uzoq gapirish mumkin. Ammo gap chiroyli va uzoq gapirishda emas, balki hayotda adolatni o’rnata olishda68”.
Adolatning quyidagi xususiyatlari mavjud:
- Adolatning axloqiy jihati. Bu hol ko’proq kishilararo munosabatda namoyon bo’ladi. Insonlar bir-biri bilan bo’lgan munosabatda tenglik qoidalariga rioya qilishi, o’aiga nimani ravo ko’rsa, boshqalarga shuni ham ravo ko’rishi lozim. Odam o’zgalar bilan bo’lgan munosabatda xulq odob qoidalariga rioya qilishi, ularni tahqirlamasligi, izzat nafsiga tegmasligi, tabiiy kamchiligini yuziga solmasligi, zulm o’tkazmasligi, kamtar va xushmuomala bo’lishi lozim.
- Adolatning huquqiy jihati. Bu hol fuqarolarning huquqlari tengligida bilinadi.
- Adolatning siyosiy jihati. Davlatni boshqarishda, podshohlarning fuqarolarga munosabatida mamlakatning gullab yashnashi va tinchlik, osoyishtalik va ahillik hukm surishida namoyon bo’ladi. Qaerda adolat o’rnatilsa, o’sha erda taraqqiyot ro’y beradi.
- Adolatning yana bir muhim xususiyati shundan iboratki, u yaxshilik, burch, vijdon va boshqa axloqiy kategoriyalar bilan chambarchars bog’liq.
Adolat va adolasizlik, ayniqsa, yaxshilik va yomonlik bilan yaqin turadi. Adolat va adolatsizlik hamda yaxshilik va yomonlik o’rtasida umumiylik va mushtaraklik mavjud bo’lishi bilan birga, ular o’rtasida farq ham bor. Adolat va adolatsizlik yaxshilik va yomonlik kategoriyalariga nisbatan torroq ma`noni anglatsa ham, lekin konkretroq tushunchalardir. Ularning yaqin aloqada ekanligini yana shundan ham bilsa bo’ladiki, biror kishiga axloqiy nuqtai nazardan baho berilganda, uni yaxshi odam deb ataymiz. Ayni vaqtda uni odil odam ekanligini nazarda tutamiz.
Adolatning asosida tirli omillardan tashqari tenglik yotadi. Forobiyning aytishicha, kishilarning tengligi shunda bilinadiki, tug’ilganda ular teng bo’lib, biror narsaga tug’ma qobiliyati bo’ladi. Ikkinchi tomondan, adolatning tenglikni bildirmaslik jihati shundan iboratki, har bir kishi ishi va qobiliyati, jamiyatdagi mavqeida qobiliyatiga to’g’ri keladigan obro’ va boylikka ega bo’ladi. U erda tenglik shahardagi vaziyatga qarab odamga moddiy va ma`naviy boyliklarni o’ziga qaytishi va undan ketishining bir xil va teng qiymatiga ega bo’lishi ma`nosida qo’llaniladi.
Abu Nasr Forobiy adolat to’g’risidagi g’oyalarini ijtimoiy-siyosiy va huquqiy qarashlarida bayon qildi. U adolatga asoslangan mukammal davlat tuzumi to’g’risidagi ta`limotni yaratdi. Bunday davlat tuzumining asosiy maqsadi kishilarni baxt-saodatga erishuvini ta`minlash bo’lishi kerak.
Abu Nasr Forobiy adolatning turli jihatlarini tahlil qilar ekan, unga rioya qilishda o’rtachalik, tenglik, mutadillik va me`yorning muhim rol o’ynashini uqtiradi.
Ijtimoiy adolat – real xalq hokimiyatidan va barcha fuqarolarning qonun oldida tengligidan, millatlarning amaldagi teng huquqliligidan, shaxsning hurmat qilinishidan, uning har tomonlama kamol topishi uchun sharoit yaratishdir. Keng miqyosda ijtimoiy kafolatlar: ish bilan ta`minlash, ta`limdan, madaniyatdan, meditsina ishidan foydalanish va uy-joyli bo’lish, keksalar, onalar va bolalar to’g’risida g’amxo’rlik qilish va boshqalar.
Ijtimoiy adolat tamoyillarini qat`iy amalga oshirish - xalq birligining, jamiyat siyosiy barqarorligining, rivojlanish dinamikasining muhim shartidir.
Ijtimoiy adolat – ijtimoiy ongning eng muhim belgisi bo’lib, shaxs, sinf yoki ijtimoiy guruh imkoniyatlari va ehtiyojlari, huquqlari va farovonligining darajasi, jamiyatning shaxsga bo’lgan munosabati me`yorini, odamlarning mamlakatda sodir bo’layotgan iqtisodiy, siyosiy, ma`daniy voqealarga munosabatini, kishilar kundalik faoliyatiga davlat yoki jamiyat tomonidan berilgan bahoning haqqoniyligini ko’rsatadi.
Ijtimoiy adolatning vazifalari:
- Birinchi amaliy vazifasi ijtimoiy munosabatlarning insonparvarligini ta`minlashdir;
- Ikkinchi vazifasi jamiyatda mavjud bo’lgan turli guruhlar va tabaqalar manfaatlarini himoya qilishni ta`minlaydi, ular orasidagi muvozanatni saqlab turish davomida namoyon bo’ladi.
Prezidentimiz Islom Karimov ”Biz yangi ozod jamiyat, huquqiy davlat qurishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’ygan ekanmiz, adolat tamoyilini ustuvor printsip sifatida e`tirof etamiz. Va hech qanday kuch bizni bu yo’ldan ortga qaytarolmaydi69”- deb ta`kidlagan edilar.
Nosiriddin Tusiy (1201–1274) ijtimoiy adolatning 3 ta asosiy talabi mavjudligi va u jamiyat taraqqiyotini belgilovchi muhim omil ekanligini alohida uqtirgan edi:
1. Adolatning birinchi talabi – aholi turli tabaqalarining o’zaro uyg’un bo’lishini ta`minlashdir;
2. Ikkinchi talabiga ko’ra, el-ulusning haq-huquqi teng ta`minlangan holda kishilarni ishga tayyorlashda shaxsning salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqish lozim;
3. Adolatning uchinchi talabi esa, barchaning teng farovonligini himoya qilish bilan birga bu farovonlikni yuzaga keltirishdagi ishi va huquqiga qarab har bir inson o’z ulushini olishga imkon yaratishdan iborat.
Qadimgi va o’rta asrlardagi tarixiy manbalar va mutafakkirlarning adolat g’oyasinining tahlili shuni ko’rsatadiki, ushbu tushuncha turli davrlarda turlicha talqin qilingan. Lekin ikkinchi tomondan, adolat umuminsoniy xususiyatga ega bo’lish bilan birga, uning milliy jihati ham mavjud. Uning muayyan millatda namoyon bo’lishi shu xalqning turmush tarzi, urf-odati, marosimlari va udumlari bilan chambarchas bog’liqdir.
Tarixiy manbalarda Amir Temurning adolatning siyosiy-huquqiy jihatlariga e`tibor berganligi ta`kidlanadi.
Amir Temur fuqarolarga munosabatda bo’lishda, davlatni boshqarishda adolat va insofni asosiy mezon qilib oladi.
”Adolat va insof bilan tangrini yaratgan bandalarini o’zimdan rozi qildim. Gunohkorga ham, begunohga ham rahm qilib, haqqoniyat yuzasidan hukm chiqardim. Xayr-ehson ishlarim bilan odamlar ko’nglidan joy oldim70”, - deydi Amir Temur.
”Temur tuzuklari”da ilgari surilgan fikrlardan biri bu - Amir Temurning jamiyatda fuqarolarni, ularning qaysi toifa va tabaqaga mansubligidan qat`iy nazar, ularni axloqiy va huquqiy jihatdan teng hisoblashidir.
Amir Temur adolat deganda, mamlakatdagi fuqarolarni birdek ko’rishini, ishlarga qarab bir xil baholashni, jamiyatdagi turli tabaqalarni, lavozimidan qat`iy nazar, hurmatini joyiga qo’yishni, boy va kambag’alga birdek munosabatda bo’lishni, huquqini paymol qilmaslikni tushungan71.
Amir Temur davlatni boshqarishda adolat, insof va haqiqatga tayanib ish ko’rgan, ”Kuch - adolatda” ekanligiga amin bo’lgan.
Shunday qilib, mamlakatning farovonligi, uning taraqqiy etishi, hokimiyatning mustahkamligi va mustaqilligi, ilm-fan va madaniyatning yuksalishi, jabr-zulm va yomonliklarga qarshi kurashida adolat asosiy mezon bo’lib ish qilgan.
Alisher Navoiy va uning zamondoshlarining adolat to’g’risidagi qarashlari muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, Alisher Navoiy adolatni kishilararo munosabatdagi va jamiyatdagi ahamiyatini chuqur anglab etdi.
Alisher Navoiy o’zining asarlarida adolatni aql, ma`rifat, ilm-fan bilan chambarchas bog’liqlikda ko’radi. Bular insonda mavjud bo’lsa, haqiqat sirlari ochiladi, komillik va baxt-saodatga erishadi. Davoniy aql bilan adolatning o’zaro aloqasi haqida quyidagicha fikr yuritadi: ”O’zining butun quvvatini baravar tutadigan va butun faoliyati aqlning hukmidan mo’tadil ravishda kelib chiqadigan shaxsga odil kishi deyiladi, chunonchi, quvvatlarning hech qaysisi aql belgilagan hissadan ortiq narsani talab qilmasligi va ular, ya`ni quvvatlar bir-birlarining ustidan g’olib kelmasligi kerak72”.
Demak, insonning butun quvvatlari hamjihatlikda bo’lib, aql amriga bo’ysungan holda faoliyat ko’rsatsa, adolat to’la qonli bo’lishi mumkin. Adolat insonning baxt-saodatga erishuvida muhim vosita bo’lib ish qiladi.
Adolatning huquqiy jihatiga kelsak, adolat qonunlar bilan tenglashtirilgan. Unga bo’ysunmaganlar qattiq jazolanganlar. Qadimgi yunon faylasufi Aristotel ”Sudga bormoq – adolatga murojaat qilmoqdir”, - deb bejiz aytmagan edi.
Alisher Navoiynig ”Farhod va SHirin” dostonida Farhod obrazi mukammal shaxs, komil inson sifatida tasvirlanadi. Alisher Navoiy nazarida, Farhod adolatli, dono va bilimdon, aqlli, insonparvar, vatanparvar, mehnatsevar, mard va shijoatkor, kamtar insondir. Farhod nafaqat bilimdon, aqlli, insonparvar, balki adolatli insondir. U butun masalalarni adolat yuzasidan hal qiladi, do’stlari va yaqinlari bilan teng munosabatda bo’ladi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng ijtimoiy hayotning hamma sohalarida adolat o’rnatish, adolatsizlikning turli ko’rinishlariga qarshi kurash uchun keng imkoniyatlar ochildi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ko’ra, “inson, uning hayoti, erkinligi, sha`ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi”. Modomiki shunday ekan, hozirgi vaqtda davlatimiz adolatning siyosiy, huquqiy va axloqiy jihatlarini xalq ongiga singirishga, ijtimoiy hayotning hamma sohalariga tadbiq qilish uchun sa`y-harakat qilmoqda. “Davlat o’z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko’zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplar asosida amalga oshiradi73”, - deyiladi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida.
O’zbekiston Respublikasi huquqiy davlatchilikni barpo etish yo’lida inson huquqlari hamda erkinliklarini ta`minlash ustuvor yo’nalishni tashkil etadigan o’z milliy qonunchiligini shakllantirib kelmoqda. O’zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati suverenligini mustahkamlash va huquq, hukmronligini qaror toptirish huquqiy davlatchilik sari bir-biri bilan chambarchas bog’liq ikki jarayon hisoblanadi.
Huquqiy davlat va huquqiy qonun - kishilarning ijtimoiy munosabatlarida erkinlikni ifoda etish, tashkil etish, tartibga solish va himoya qilishning zaruriy umumiy shakllari. Ushbu erkinlikning mazmuni va xususiyati, uning kengligi va hajmi, subyektiv va obyektiv tarkibi (erkinlik sub`ektlari va hududi), qisqasi, uning miqdori va sifati jamiyat erishgan taraqqiyot darajasi bilan belgilanadi. erkinlik aslida mazmuni amalda tugal emasligi, tarixan o’zgarib va rivojlanib borishi ma`nosida nisbiydir, biroq u oliy qadriyat va printsip sifatida mutlaq bo’lib, shu bois bashariy taraqqiyotning, jumladan, huquqiy normalar, ijtimoiy munosabatlar, shaxsning holati sohasida mezon bo’lib ish qilishi mumkin. Huquq va shaxsning aloqalari turli xil ekanligi individ yuridik borlig’ining barcha asosiy tomonlari: manfaatlari, ehtiyojlari, davlat bilan o’zaro munosabatlari, mehnat va ijtimoiy-siyosiy faoliyati, ijtimoiy da`volari va ularni qondirishni aks ettiradigan ”huquqiy maqom” tushunchasi orqali ifodalanishi mumkin. Inson va fuqaroning jahon hamjamiyati tomonidan e`tirof etilgan ajralmas huquqlari va erkinliklari bevosita amal qiladi.
Inson huquqlarini ob`ektiv mavjud hodisa sifatida ta`kidlash va qayd etish imkoniyati borligiga qaramay, ularni hayotga tadbiq etish mexanizmi, xulq-atvor darajasiga ko’tarish mexanizmi etarli darajada murakkab. Inson huquqlarining hajmi, ularning amalga oshirilishi jamiyatning ahvoliga, uning rivojlanish darajasiga va tashkil etilish xususiyatiga, inson huquqlari jamiyat ongi tomonidan qay darajada qabul qilinganligiga bog’liq. Inson huquqlarini amalga oshirish samaradorligi ularning normativ tarzida rasmiylashtirilishiga, jamiyatni normativ tartibga solish tizimiga muayyan shaklda kiritilganligiga, inson huquqlari va g’oyalari qonunlar darajasidagina emas, balki insonlarning huquqiy ongi darajasida ham mustahkamlab qo’yilishiga bog’liq.
Konstitutsiyaning barqarorligi uning qoidalari o’zgarmasligida, yuqori darajada mustahkamligida va hokimiyatda o’zgaruvchi siyosiy kuchlar ta`siriga tushmasligida namoyon bo’ladi. Konstitutsiyaning barqarorligi va mustahkamligi uni o’zgartirish imkoniyatini istisno etmagan holda, uni ijtimoiy hayotning yangi sharoitlariga moslashtirishni ham ko’zda tutadi. Konstitutsiya butun ijtimoiy va huquqiy tartibotga kuchli ta`sir ko’rsatishi bois uning hatto ayrim qoidalarining noaniqligi ham jamiyatda beqarorlikka olib kelishi mumkin.
Konstitusiyaning huquqiy tizimdagi ustunligini ta`riflashda shuni ta`kidlash joizki, bu shunchaki Asosiy qonun emas, balki boshqa qonunlarga qaraganda oliy yuridik kuchga ega bo’lgan qonundir. Ayni mahalda Konstitutsiya — eng oliy yuridik kuchga ega hujjat bo’lib, uning bu xususiyati shunda namoyon bo’ladiki, uning normalari nafaqat konstitutsiyaviy huquqning asosiy manbasi, balki huquqning boshqa — fuqarolik, ma`muriy va hokazo tarmoqlari uchun ham manba sifatida ish qiladi; joriy qonunlar va boshqa normativ hujjatlar Konstitutsiyada ko’rsatilgan davlat organlari tomonidan qabul qilinishi va unga mos bo’lishi shart; davlat organlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, mansabdor shaxslar, fuqarolar va ularning birlashmalari Konstitusiyaga rioya etishlari shart.
Konstitutsiya davlatning Asosiy qonuni ekanligi va oliy yuridik kuchga ega ekanligi uning eng birinchi va eng muhim vazifasi bo’lsa ham, uning mohiyati faqat shunda emas. Konstitutsiya, shuningdek, siyosiy va mafkuraviy hujjat hamdir. Siyosiy hujjat sifatida u siyosiy kuchlarning o’zi ishlab chiqilgan va qabul qilingan vaqtdagi muayyan nisbatini aks ettiradi. Demokratik davlatda Konstitutsiya — siyosiy totuvlik natijasi. U turli siyosiy kuchlarning manfaatlari uyg’unlashgan ijtimoii murosadir. Ularning manfaatlari Konstitutsiyada, ular qanchalik kurashganiga va boshqa siyosiy kuchlar bilan qay darajada kelishganiga qarab aks etadi. Albatta, jamiyatda qaysi siyosiy kuchning ta`siri kuchliroq yoki belgilovchi bo’lsa, uning manfaatlari ham ko’proq hisobga olingan bo’ladi.
Shuningdek, har bir Konstitutsiya mafkuraviy hujjat hamdir. Uning mafkuraviy xususiyati shundaki, u muayyan dunyoqarashni ifodalaydi. Konstitutsiya inson huqukdari, demokratik institutlar, xususiy mulk, iqtisodiy faoliyat erkinligi va konstitusiyaviy tuzumning asosini tashkil etadigan boshqa eng muhim qadriyatlarni e`lon qiladi.
Zamonaviy demokratik konstitutsiyalarning muhim xususiyati ular to’g’ridan-to’g’ri amal qiladi. Bu:
Birinchidan, Konstitusiyaning normalari qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati organlari hamda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari uchun majburiy;
Ikkinchidan, o’z huquqlari buzilgan deb hisoblovchi shaxs Konstitutsiyaning tegishli moddasiga asoslanib sudga murojaat qilishi mumkin va sud ushbu normaga aniqlik kiritadigan qonun yoki qonunosti hujjat yo’qligini vaj sifatida ko’rsatib, ishni ko’rib chiqishni rad etishi mumkin emas.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va inson huquqlari. 1992-yilda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi demokratik davlatlarning konstitutsiyalariga xos umumiy jihatlar va xususiyatlarga: legitimlik, barqarorlik, reallik va ustunlik xususiyatlariga ega.
U o’zining ijtimoiy ahamiyatini ochib beradigan va ijtimoiy munosabatlarga ta`sir ko’rsatishining asosiy yo’nalishlarini tavsiflab beradigan muhim (yuridik, siyosiy, mafkuraviy) vazifalarni bajaradi.
O’zbekiston Konstitutsiyasi tuzilishi jihatidan xalqaro mezonlarga javob beradi hamda Muqaddima, olti bo’lim, yigirma olti bob va 128 moddadan iborat.
Konstitutsiyaning birinchi bo’limi O’zbekiston konstitutsiyaviy tuzumining asosiy prinsiplarini yoritadi. Konstitutsiyaning dastlabki to’rt bobidagi normalar davlat suvereniteti, xalq hokimiyati, Konstitutsiya va qonun ustuvorligi prinsiplarini mustahkamlab qo’ygan. Konstitutsiyaning 13-moddasida: «O’zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asos-lanadi, ularga ko’ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha`ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi74» — deb e`lon qilingan.
Konstitutsiyaning ikkinchi bo’limi inson va fuqaroning asosiy huquqlari hamda erkinliklariga to’liq bag’ishlangan. Ushbu bo’limdagi qoidalarning tahlili ular Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va inson huquqlariga oid boshqa xalqaro-huquqiy hujjatlar qoidalariga to’liq mos kelishini ko’rsatadi.
Konstitutsiyaning uchinchi bo’limi jamiyat va shaxsning o’zaro munosabatlari prinsiplarini belgilaydi, jamiyatning iqtisodiy asoslarini, jamoat birlashmalarning konstitutsiyaviy maqomini mustahkamlaydi, oilaning davlat va jamiyat bilan o’zaro munosabatlarini, shuningdek, ommaviy axborot vositalarining jamiyatdagi o’rnini belgilab beradi.
Konstitutsiyaning to’rtinchi bo’limi ma`muriy-hududiy masalalarga bag’ishlangan. Unda O’zbekiston Respublikasi bilan Qoraqalpog’iston Respublikasi o’rtasidagi o’zaro munosabatlar prinsiplari mustahkamlab qo’yilgan.
Konstitutsiyaning beshinchi bo’limida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Prezident, Hukumat, hokimiyatning mahalliy organlari, sud hokimiyati organlarining maqomi belgilangan, shuningdek, saylov tizimining, prokuratura organlarining, moliya tizimining, mudofaa va xavfsizlikning konstitutsiyaviy asoslari mustahkamlangan.
Konstitutsiyaning oltinchi bo’limi uni o’zgartirish tartibiga bag’ishlangan.
Konstitutsiyada strategik vazifa - O’zbekistonda xalqaro huquq umume`tirof etilgan normalarining ustuvorligini tan oladigan insonparvar demokratik huquqiy davlatni barpo etish vazifasi belgilangan. Uning so’zsiz xalqaro ahamiyati ana shundadir.
Konstitutsiyaga binoan, davlatning demokratik xarakteri O’zbekistonning ko’p millatli xalqi - davlat hokimiyatining yagona manbai ekanligi bilan ta`minlanadi, shu xalq ushbu hokimiyatni ham bevosita, ham demokratik tarzda shakllantiriladigan davlat hokimiyati organlari orqali amalga oshiradi. Davlat xalq irodasini ifoda etadi, uning manfaatlariga ish qiladi, mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oddida mas`uldirlar.
Davlatning huquqiy ta`rifi, mamlakatning Asosiy qonuniga muvofiq, davlatning faoliyatini tashkil etishda siyosiy maqsadlar yoki biron-bir idoraning xohishi emas, balki huquq ustuvorligi prinsipini bildiradi. Huquqiy davlat Konstitutsiya normalari va qonun ustuvorligidan, shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari davlat tomonidan qat`iy ta`minlanishidan kelib chiqadi.
O’zbekistonda davlat insonparvar deganda, u jamiyatga, har bir insonga ish qilishi, ijtimoiy adolat va qonuniylik, inson va jamiyat farovonligini ta`minlash maqsadini ko’zlagan davlat iqtisodiy tizimining bosqichma-bosqich rivojlantirish asosida g’amxo’rlik qilishi tushuniladi.
Shunday qilib, O’zbekiston Konstitutsiyasi yosh mustaqil davlatning yuzi va obro’sini, uning maqsadlari, vazifalari, faoliyatining asosiy prinsiplari va yo’nalishlarini belgilaydi. U xalqning irodasini va ruhini, uning ijtimoiy ongini va madaniyati darajasini aks ettiradi, chunki uni ishlab chiqishda va muhokama qilishda butun xalq ishtirok etgan.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi umumxalq muhokamasidangina emas, balki AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya mutaxassislari hamda BMT, EXHT va boshqa tashkilotlarning vakillari tomonidan amalga oshirilgan xalqaro ekspertizadan ham o’tgan. Xalqaro ekspertlar vaqt sinovidan o’tgan, umumbashariy qadriyatlarni aks ettirgan O’zbekiston Konstitutsiyasining demokratik va insonparvar xarakterini ta`kidlashgan.
Konstitutsiyaning bir yilligini nishonlash paytida Prezidentimiz I.A.Karimov: ”Haqiqatan ham, hech bir mubolag’asiz aytish mumkinki, bizning Konstitutsiyamiz umuminsoniy g’oyalar - tinchlik, erkinlik, birodarlik, xalqlar va millatlararo do’stlik, mamlakat va dunyo barqarorligi kabi eng ulug’ g’oyalarga ish qiladi”— deb ta`kidlagan edilar.
O’zbekiston tarixida mustaqil, suveren davlatning birinchi Konstitutsiyasi bo’lgan O’zbekiston Konstitutsiyasi rivojlangan demokratik davlatlar tajribasidan foydalanib ishlab chiqilgan va har qanday davlatning Konstitutsiyasi bilan raqobat qilishi mumkin. U davlat va jamiyat rivojlanishining demokratik prinsiplarini ilk bor mustahkamlabgina qolmay, balki ularni amalda ro’yobga chiqarish uchun real imkoniyatlar ham yaratib beradi. Konstitutsiya asosida mamlakatning siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-ma`naviy hayotida chuqur va tub islohotlarni amalga oshirish uchun asos bo’lib ish qilgan 400 dan ziyod qonunlar qabul qilindi. O’zbekistonda o’z oldida turgan vazifalarni bosqichma-bosqich hal qilishga qodir bo’lgan layoqatli demokratik davlat barpo etilgan; bu davlat O’zbekiston xalqaro huquqning to’laqonli subekti bo’lishiga imkon bergan mustaqil tashqi siyosatni shakllantirgan; bozor iqtisodiyoti uchun tashkiliy-huquqiy sharoit va infratuzilma yaratilgan va hokazo.
O’zbekistonning inson huquqlari hamda erkinliklarini mustahkamlash, rag’batlantirish va himoya qilish bo’yicha keyingi qadamlari qonunchilikni takomillashtirishga, uni xalqaro huquqning normalari va prinsiplariga inson huquqlari hamda erkinliklarini amalga oshirish mexanizmlarini va ularni himoya qilish tartibini to’liqroq ochib beradigan qilib moslashtirishga qaratilgan edi. Xususan, Konstitutsiya asosida yangi Jinoyat va Fuqarolik, Jinoyat-ijroiya, Mehnat, Soliq, Bojxona kodekslari, Fuqarolik-prosessual kodeks, fuqarolarning murojaatlari to’g’risida, fuqarolar sog’lig’ini saqlash to’g’risida, fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini buzadigan harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to’g’risidagi qonunlar va boshqa qator qonun hujjatlari qabul qilindi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyada xalqaro huquq ustuvorligini e`lon qilib, turli toifadagi fuqarolar (xotin-qizlar, bolalar, nogironlar)ning huquqdarini himoya qilishga qaratilgan 70 ta xalqaro hujjatga qo’shildi va o’z hududida inson huquqlari hamda erkinliklarini rag’batlantirish va himoya qilish uchun zarur tashkiliy-huquqiy sharoitlar yaratish bo’yicha majburiyatlarni o’z zimmasiga oldi.
Xalqaro huquq normalari talablariga muvofiq, O’zbekistonda inson huquqdari hamda erkinliklarini himoya qilish kafolatlarining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari shakllantirilibgina qolmay, balki inson huquqdarini rag’batlantirish va himoya qilish bo’yicha tashkiliy mexanizm va tegishli infratuzitima ham yaratilgan.
O’zbekistonda inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning institutsional asosini qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyati organlari, inson huquqlariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boradigan maxsus davlat organlari, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiq inson huquqdariga rioya qilinishini va ularning himoya qilinishini ta`minlashda ishtirok etadigan qo’shimcha davlat muassasalari va tashkilotlari, shuningdek, inson huquqlari hamda erkintshklarini amalga oshirish sohasida ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladigan qonun hujjatlari tashkil etadi.
O’zbekiston Konstitutsiyasi davlat va jamiyat rivojlanishining asosiy demokratik prinsiplarini mustahkamlash va amalga oshirishda barqaror ekanligini ta`kidlash joiz. Ayni paytda, bu islohotlarning, davlat va jamiyatni modernizatsiya qilishning asosiy yo’nalishlariga muvofiq tarzda rivojlanib boruvchi hujjat. Konstitutsiyaga kiritiladigan o’zgartishlar va qo’shimchalar u zamon talablariga javob berishini, shaxs, jamiyat va davlat ehtiyojlariga mos bo’lishini ta`minlaydi. Konstitutsiyani davlat organlari faoliyati, ularning faoliyatida hokimiyat bo’linishi prinsipini ta`minlash nuqtai nazaridan takomillashtirish u doimo zamonaviy va real, jamiyatdagi sodir bo’layotgan jarayonlar bilan uzviy bog’liq bo’lishini ta`minlaydi.
Inson va fuqaro huquqlari hamda erkinliklarining Konstitutsiyada mustahkamlab qo’yilgani. Inson huquqlari — bu uning erkinlik darajasi, xalqaro va davlat ichki huquqi normalarida qayd etilgan shaxsning ajralmas xususiyatlaridir. Ular inson rivojlanishining eng muhim imkoniyatlarini, uning manfaatlari himoyasini ta`minlaydi. Inson huquqlari hamda erkinliklarini samarali amalga oshirish uchun inson huquqdari hamda erkinliklarini ta`minlash kafolatining turli xil buzishlarga va salbiy davdat ichki ta`sirlariga bardosh bera oladigan barqaror mexanizmi zarur. Bunday mexanizm huquqni himoya qilishning bir nechta darajasini o’z ichiga oladi. Bular: xalqaro, davlat ichki va mahalliy darajalar. Inson huquqlarini ta`minlash kafolatining ushbu uchala darajasi ham mantiqan bir-biri bilan o’zaro bog’liq va maqomi hamda vakolati turlicha organlar tomonidan belgilangan har xil yuridik kuchga ega huquqiy normalarda chambarchas bog’lanib ketgan.
Inson huquqdari sohasida xalqaro huquqning umume`tirof etilgan prinsiplari va normalari kompleksi shaxsning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlari hamda erkinliklari belgilangan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlab qo’yilgan.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlab qo’yilgan inson huquqdari shaxsning erkinlik va o’z taqdirini o’zi belgilash doirasini, uning avtonomiyasini o’rnatadi, inson huquqlari hamda erkinliklari sohasida umume`tirof etilgan xalqaro normalar va standartlar asosida ijtimoiy aloqalar va munosabatlarni tartibga soladi hamda muvofiqlashtiradi, davlat insonning shaxsiy erkinlik doirasiga asossiz aralashishining oldini olgan, davlat tuzilmalarining mutlaq hukmronligiga va o’zboshimchaligiga to’siq qo’ygan holda davlat faoliyatining chegarasini ko’rsatadi, inson va davlatning o’zaro munosabatlari mezonlarini, davlatning o’z faoliyati uchun jamiyat va shaxs oldidagi mas`uliyatini belgilaydi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va davlat organlarining faoliyatini tashkil etishning demokratik prinsiplari hamda fuqarolarning davlat boshqaruvida ishtirok etishi. Davlat apparatini tashkil etish va uning faoliyati prinsiplari deganda uning qurilishi va faoliyat ko’rsatishi asosini tashkil etadigan eng muhim, negiziy g’oyalar va qoidalar tushuniladi. Ular davlat organlarining mohiyatini, ijtimoiy mazmunini va vazifasini, asosiy maqsadlari va vazifalarini yoritib beradi. Davlat apparatini tashkil etish va uning faoliyati prinsiplari nafaqat davlat organlariga, shuningdek, mansabdor shaxslarga va davlat ishchilariga qo’yiladigan talablarni aks ettiradi.
O’zbekistonda bolalar huquqlari bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ikkinchi bo’limidagi inson va fuqaro huquqlariga monand. Ushbu bo’limda insonning shaxsiy huquqdari hamda erkinliklari, uning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy huquqlari, shuningdek, insonning, shu jumladan, bolaning huquq hamda erkinliklari amalga oshirilishini ta`minlaydigan kafolatlar e`tirof etilgan. Konstitutsiyaning 45-moddasida voyaga etmaganlar, ishga layoqatsiz, yolg’iz fuqarolar va qariyalar huquqdarining davlat tomonidan himoya qilinishi ustuvor vazifa sifatida belgilangan75.
O’zbekistonda 2008-yil 7-yanvarda maxsus ”Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risida”gi qonun qabul qilindi. Mazkur qonunda Bola huquqdari to’g’risidagi konvensiyaning asosiy prinsiplari va qoidalari mustahkamlab qo’yilgan, aslida u Bola huquqdari to’g’risidagi konvensiyada bayon etilgan bolalarning barcha huquqdari kompleksini mustahkamlovchi Bolalar Konsti-tusiyasi hisoblanadi. Qonun umumiy, cheklangan xususiyatga ega, chunki bolaning barcha huquqdarini rasman mustahkamlamaydi, balki ularni ta`minlash va amalga oshirish bo’yicha davlat hamda jamiyat faoliyatining aniq yo’nalishlarini bayon etadi76. ”Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risida”gi qonunning qabul qilinishi bolaning jamiyatdagi huquqiy maqomini kuchaytirishga, bola huquqlarini himoya qilish va kafolatlashning aniq mexanizmlarini yaratishga ko’maklashdi.
Mamlakat Konstitutsiyasida inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish usullari mustahkamlab qo’yilgan.
Konstitutsiyaning 35-moddasi har kimga ham alohida, ham boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqini beradi. 44-moddasi esa har bir fuqaroga o’z huquq hamda erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g’ayriqonuniy hatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqini kafolatlaydi77.
Shikoyatlarni sudda ko’rib chiqish tartibi - fuqarolar huquqlarini mansabdor shaxslarning noqonuniy harakatlaridan ishonchli himoya qilish yo’li. Buning sababi shundaki, ishlar idoralar ta`siri va manfaatlaridan xoli bo’lgan sudyalar tomonidan ko’rib chiqiladi, fuqaro sudda teng huquqli taraf sifatida ishtirok etadi va o’z manfaatlarini faol himoya qilishga haqli. Organlar va mansabdor shaxslarning qarorlari hamda hatti-harakatlari ustidan fuqarolarning shikoyatlarini ko’rib chiqishda sud hokimiyat organlari hatti-harakatlarining qonuniyligini tekshiradi, noqonuniy hujjatni bekor qiladi va aybdor shaxsdan zararni undirib beradi. Oila barpo etilgandan keyin uning a`zolari hech qachon yakka tartibda yashamaydi, ular u yoki bu soha bo’yicha o’zaro mulokrtda bo’lishlari jarayonida ruhiy-axloqiy holatni, muhitni barpo etishar ekan, albatta, tenglik, erkinlik huquqlari poymol qilmaslik umuminsoniy axloq-odob normalariga rioya qilishlarini hayot taqozo etadi. SHuning uchun ham demokratik fuqarolik jamiyati qurish uchun astoydil bel bog’lagan har bir oila a`zolari o’z milliy ongini kamol toptirish, inson sifatida yashashi uchun o’z haq-huquqlarini himoya qila olishi, ozod, erkin holda mehnat qilishi, milliy urf-odatlarni, milliy g’ururni, milliy tafakkurni e`zozlovchi, Vatan ozodligi, el-yurt ravnaqi uchun jonini fido etuvchi jismoniy-intelektual qobiliyatlarni safarbar etishi lozim. Bunday ijtimoiy-siyosiy va ma`naviy ahamiyatga molik bo’lgan masalalarning asosiy negizshsh, ildizini oilada barpo etilgan sog’lom ruhiy-axloqiy muhit tashkil etadi. Zotan, Vatan, jamiyat beshigini tebratuvchi asosiy manba oiladan boshlanadi.
Oilada ijtimoiy adolat prinsini asosida yashash uslubinyang joriy etilishi sog’lom ruhiy-axloqiy muhitning ajralmas tarkibiy qismi bo’lib hisoblanadi. Oila a`zolari o’rtasida ijtimoiy hamjihatlikda, jipslikda, totuvlikda bo’lish munosabatlarini shaqllantirish va shu asosda yashashni qaror toptirish ijtimoiy adolatning asosiy negizini tashkil etadi. Demokratik va fuqarolik jamiyat qurish davrida kuchli ijtimoiy siyosat olib borilayotganligi tufayli O’zbekiston oilalari hayotida sog’lom barqaror ruhiy-ijtimoiy muhit shakllana boshladi.
Mustaqillikni qo’lga kiritgandan keyin joylarda kam ta`minlangan oilalarga moddiy yordam ko’rsatishi kerak bo’lgan turli ijtimoiy jamg’armalar tashkil etilganligi, eng nochor oilalarni mahalla qo’mitalari orqali aniqlash va ularga muayyan moddiy yordam ko’rsatishdan iborat ijtimoiy madad berishning joriy etilganligi O’zbekistonda yashab mehnat qilayotgai oilalarda ruhiy-axloqiy tetiklik, ko’tariiki kayfiyat, bardamlik, ahillik, o’zaro hurmat-izzat kabi yaxshi fazilatlar shaqllanib rivojlanib bormoqda. Bu esa, o’z navbatida, demokratik va fuqarolik jamiyati O’zbekistonda tezroq barpo etilishiga zamin yaratadi.
Mustaqillikka erishilgandan keyin umummilliy ma`naviy qadriyatlar qayta tiklanib turmushga, oila hayotiga tatbiq etilmoqda. SHunday ma`naviy qadriyatlardan biri «an`anaviy oila va qarindoshlik munosabatlari odobidan iboratdir». Bunday an`anaviy oila odobi kattalarni hurmat qilish, o’zaro yordamlashish, kelajak avlod haqida g’amxo’rlik qilishdan iborat. Ammo ma`muriy-buyruqbozlik hukm surgan davrda bunday ma`naviy an`anaviy qadriyatlar turli-tuman to’sqinliklar1a duch keldi. Bu davrda urug’-aymoqchilik, ”yaqinlarini qo’llash”ga qarshi kurash olib borish niqobi ostida oilaviy qarindosh-urug’ ichidagi kasb-hunarmandchilik ko’nikmalarni hosil qildirish an`analariga qarshi kurash olib borildi. Bu esa o’z navbatida, oila a`zolari o’rtasida umuminsoniy axloqiy normalarning qaror topishi, har bir oila muhitida barpo etish jarayoniga salbiy ta`sir qiladi. SHuning uchun ham mustaqillik qo’lga kiritilgandan keyin oila a`zolari, urug’-aymoqlar o’rtasidash axloqiy, ma`naviy hamjihatlikdagi nomuvofiqliklarga barham berilib, ular orasida tenglik, barqarorlik, hurmat-ehtirom kabi milliy qadriyatlarni barpo etish uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi.
Oilada yuksak ma`naviy-axloqiy muhit yaratishning ajralmas tarkibiy qismlaridan yana biri oila a`zolarining yashash va turmush taqozo etadigan ijtimoiy burchlarini his qilishlari va shunga rioya qilgan holda faoliyat ko’rsatishlari bo’lib hisoblanadi. Jamiyatning ilk beshigi oilaga borib taqalar ekan, har bir oila a`zosi ijtimoiy hayot, Vatan, millat, istiqlol, xalq ravnaqi oldidagi ijtimoiy burchlarini anglagan holda yashab faoliyat ko’rsatsalar, unda jamiyatda barqarorlik, tenglik, vorislik hukm surishi mumkin bo’ladi. Oila a`zolarida ijtimoiy burchni anglash ko’nikmalarini hosil qildirishning debochasi esa axloqiy duiyoqarashni shakllantirish hisoblanadi. Axloq, odob sohibi bo’lgan har bir oila a`zosi ijtimoiy hayotda bo’layotgan voqea-hodisalarni idrok etish jarayonida jamiyatda tutgan o’rni va roli nimadan iborat ekanligini anglay boshlaydi. Keyinchalik, oilaning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy tomondan kamol topib borishida o’z hissasini qo’shish, intilish hissiyoti paydo bo’ladi. Bunday ijobiy xarakterga ega bo’lgan ruhiy-jismoniy intilishlar oilada ijtimoiy tenglik va yuksak manaviy muhitni barpo etishda zamin hozirlaydi.



Download 3.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling