Samarkand davlat universiteti


Download 3.33 Mb.
bet56/137
Sana28.10.2023
Hajmi3.33 Mb.
#1732429
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   137
Kasbga munosabat.

  1. Kasbning qadrini, bilimlar va metodologiyasini himoya qilish, ularni ommalashtirish va takomillashtirishga o’z hissasini qo’shish.

  2. Ijtimoiy ishdagi prefessionalizmni ko’tarish, uni har tomonlama takomillashtirishga harakat qilish.

  3. Kasbini o’rinsiz tanqiddan himoya qilish, kasbini zarur ekani to’g’risidagi ishonchni mustahkamlash uchun imkoni bor ishlarning barchasini qilish.

  4. Kasbini uning nazariyalari, usullari va amaliyotini konstruktiv tanqid qilish.

  5. YAngi va mavjud bo’lgan ehtiyojlarni qondirish uchun zarur bo’lgan ijtimoiy ishning yangicha yondashuvlari va usullarini ishlab chiqishni har tomonlama rag’batlantirish.

Ijtimoiy xodimning majburiyatlari:

  1. Mijoz shaxsining sha`ni va noyobligini hurmat qilib uni harakatga, ijodga undash;

  2. Mijozga quloq tuta bilish, sabr-toqat ko’rsatish, muammo va vaziyatni tushunish, uning o’rniga o’zini qo’ya bilish, nazokat va odob ko’rsata bilish;

  3. Muloqotmand bo’lish, ochiq bo’lish, mijozni gapirtira bilish, birgalikda muammolarning echimini aniqlash, atrofdagilar uchun kerakli va qiziqarli bo’lish;

  4. Mijoz va uning atrofidagilar o’rtasida vosita, bog’lovchi halqa bo’lish, mijozga ko’rsatilayotgan xayriya yordami orqali uning sha`ni pastga urilishiga yo’l qo’ymaslik;

  5. Mijoz bilan ishlashda norasmiy bo’la bilish, mijozning o’z muammolarini hal qilishda maslahatchi, ko’makchi vazifasini bajarish, o’zaro munosabatlarni tenglik asosida qurish;

  6. Doimo insonparvarlik va mehribonlik nuqtai nazaridan yondashish. Mijozni muhokama qilmaslik va unga tanbeh bermaslik; shaxs yoki odamlar guruhiga g’ayriinsoniy va diskriminatsion yondashuvlarning oldini olish; mijozni jismoniy yoki ruhiy o’ng’aysizlikdan, asabiylashishdan, xavfdan va hatarlardan himoya qilish;

  7. O’z hulq-atvorining yuksak ahloqiy andozalarga mosligini saqlash, har qanday makrlar, birovlarni aldash, nopok hatti-harakatlarni istisno qilish. Doimo faqatgina mijoz manfaatlarini yo’lida harakat qilish;

  8. O’ziga ko’makchilarni topa bilish, ijtimoiy ishni rivojlantirishda jamoatchilik ko’magini ta`minlash;

  9. Faqatgina o’zi vakolatli bo’lgan doirada ish yuritish, o’z ishining sifati uchun shaxsan mas`ul bo’lish; tashqi ta`sir va bosimlarga berilmasdan, mijozni qo’llanilayotgan tadbirlar, unga ko’rsatayotgan yordam harakteri, yozuvlar, to’planayotgan ma`lumotlar haqida xabardor qilish;

  10. O’zining kasbiy munosabatlaridan shaxsiy maqsadlar yo’lida foydalanmaslik, vaziyatlarni muhokama qilish va baholashda faqat kasbiy maqsadlar bilan ishtirok etish, mijoz ishonib bildirgan sirni hurmat qilish va uni fosh etmaslik. Ko’rsatilgan xizmatlar uchun haqni faqat qonuniy asoslarda olish. Bajarilgan ish uchun qimmatbaho sovg’alar olmaslik;

  11. Kasbiy bilimlari, mahorati, malakasini uzluksiz oshirib borishga intilish. O’z amaliy faoliyatini kasbiy bilimlar asosida tashkil etish;

  12. Kasbning obro’si va pokligini himoya qilish va orttirishga intilish. Kasbiy o’zaro munosabatlar va o’zaro ta`sir jarayonida hamkasblar ishonchiga hurmat bilan qarash, nazokat va adolatni saqlash. Kim bo’lishidan qat`iy nazar hamkasbi ahloqqa zid harakat qilsa, unga qarshi choralar ko’rish (V.G.Bocharova).

Odatda, sovuqqonlik deb baholanadigan kasbiy me`yorlarni buzish yoki hatolar «beg’amlik, malakasizlik yoki oldindan o’ylangan niyat tufayli kasbiy me`yorlarni buzish» sifatida baholanadi. Ijtimoiy soha xodimlari maxfiylikni buzganlari, bolalar bilan yomon munosabatda bo’linayotgani haqidagi shubha to’g’risida habar bermaganlari, suistemolliklar, so’z bilan haqoratlar yoki jismoniy zo’ravonlik tahdid singari holatlarga befarqlik, hatti-harakatlar yordamida haqoratlash, davolash yoki ahloq tuzatish muassasasiga hatar natijasida yotqizish tufayli erkinlikni cheklagani uchun sud tomonidan ta`qib qilinishi mumkin.
Ijtimoiy ishchilarning axloq to’g’risidagi bilimlari kasbiy amaliyotining muhim qismi hisoblanadi. Ularning axloqiy xushmuomalalik bilan yo’l tutishga intilishlari va qobiliyatlari taqdim etilgan xizmatlar sifatining muhim jihati hisoblanadi. IIXF va IIMXA larning axloqqa qaratilgan maqsadlari bu ijtimoiy ish tashkilotlari, ijtimoiy ish maktablari va ijtimoiy ish sohasi bilan shug’ullanadigan talabalar tomonidan axloqiy muammolarning tahlili va muhokama jarayonlarini osonlashtirish va bajarilishiga yordam berish hisoblanadi. Ijtimoiy ish xodimlari duch keladigan axloqiy muammolarning ba`zilari o’zlari yashaydigan xududga xos bo’lishi, boshqalari esa barcha davlatlar uchun umumiy bo’lishi mumkin. Umumiy tamoyillarga rioya qilgan holda, umumtasdiqlangan IIXF va IIMXA o’z oldilariga butun dunyo ijtimoiy ish xodimlarining o’zlari duch keladigan muammolar va dilemmalar orasida fikr yuritishi va mulohazalarni kuchaytirishi va rag’batlantirishi hamda ular tomonidan aniq qabul qilinadigan qarorlar, xulosalarni axloqiy muammolar majmuasining umumiy bilimlariga asoslanishini maqsad qilib qo’ydilar. Ijtimoiy ish sohasi axloqiy tomonlarining muammoli jabhalari quyidagilar hisoblanadi:
- nizolarni barcha tomonlariga sodiq va xolis bo’lgan holda bartaraf qilish zarurligi;
- ijtimoiy ishchilar yordamchilar sifatida harakat qilishlari bilan bir vaqtning o’zida yordam ko’rsatilishi jarayonini nazorat qilishi zarurligi;
- ijtimoiy ishchilar o’zlari ish olib borayotgan mijozlarining talab-ehtiyojlarini himoya qilish majburiyati va jamiyat talablari bilan o’z faoliyatlarini ko’rsatilgan xizmat ma`qulligi va samaradorligi asosida muvofiqlashtirilishi zarurligi o’rtasidagi nizo.
- jamiyat ixtiyorida bo’lgan resurslarning cheklanganligi.
IIXF va IIMXA tegishli uchrashuvlarda 2000 yilda Monrealda (Kanada) alohida qabul qilingan, keyinchalik 2001 yil may oyida Kopengagenda birgalikda kelishilgan ijtimoiy ishning ta`rifi mazkur xujjatning boshlang’ich nuqtasi hisoblanadi. Ushbu hujjatda inson huquqlari va ijtimoiy adolatning amal qilinishi tamoyillarini belgilab beradi. Keyingi bo’lim ijtimoiy ish sohasi bilan bog’liq bo’lgan inson huquqlari to’g’risidagi turli xil konventsiyalar va deklaratsiyalar haqida bayon qiladi. 4-bo’limda inson qadr-qimmatini hurmat qilish, shuningdek ijtimoiy adolat va inson huquqlariga amal qilish bo’limlarida ko’rsatilgan asosiy axloqiy tamoyillar belgilab o’tilgan. YAkunlovchi bo’lim IIXF va IIMXA ning tegishli tamshkilot a`zolari tomonidan detallashtirilishi kerak bo’lgan ijtimoiy ish axloqiy xulq-atvorining asosiy qoidalarini o’z ichiga oladi.

Download 3.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling