Samarkand davlat universiteti
-mavzu: IJTIMOIY ISHCHINING O’ZINI TUTISH STANDARTLARI VA KASBIY LAYOQATLILIGI
Download 3.33 Mb.
|
10-mavzu: IJTIMOIY ISHCHINING O’ZINI TUTISH STANDARTLARI VA KASBIY LAYOQATLILIGI.
Reja: 1 Ijtimoiy ishda axloqiy tamoyillar. 2 Ijtimoiy ishda xalqaro axloqiy standartlar. 3 Ijtimoiy ish xodimining axloqiy me`yorlarni hayotga tadbiq etishi. Ijtimoiy ish etikasi: tamoyillar va printsiplar - 1994 yilda Kolombo shahri (SHri-lanka) da Ijtimoiy xodimlar xalqaro federatsiyasi umumiy yig’ilishida «Ijtimoiy ish etikasi: tamoyillar va nazariyasi» nomli hujjat qabul qilindi. Bu hujjat ikki qismdan iborat. «Ijtimoiy ish tamoyillarining xalqaro deklaratsiyasi» va «Ijtimoiy xodimlarning xalqaro ahloqiy andozalari». Bu xujjatlarning qabul qilinishi Federatsiya tomonidan uzoq yillar davomida orqaga surib kelindi, bunga ajablanmasa ham bo’ladi. Bu tashkilotga a`zo bo’lgan yuzlab mamlakatlarning a`zolari diniy va siyosiy qarashlari bo’yicha juda xilma-xil. Ularni yo’llagan davlatlar o’zlarining to’zilishi, boshqaruv shakllari, madaniyati bo’yicha xilma-xil bo’lib, o’zlarining an`analariga va ijtimoiy ishning shakllanish tarixiga ega. Qizg’in munozaralardan keyin umumiy xulosaga kelishga muvaffaq bo’lindi, shuning natijasida mazkur deklaratsiyalar dunyoga keldi. «Ijtimoiy ishning ahloqiy tamoyillari deklaratsiyasida» quyidagi tamoyillar bayon qilingan: Har bir odam noyob xodisa bo’lib, unga ahloq nuqtai nazaridan e`tibor berish lozim. Har bir odam o’z ehtiyojlarini qondirishda boshqalarning huquqlariga zarar etkazmasdan harakat qilish huquqiga ega va u jamiyat farovonligini oshirishga o’z hissasini qo’shishi lozim. Har bir jamiyat, boshqaruv shaklidan qat`iy nazar, o’zining har bir a`zosini maksimum darajada noz-ne`matlar bilan ta`minlashga intilishi lozim. Ijtimoiy soha xodimlari ijtimoiy adolat tamoyillariga doxildir. Ijtimoiy soha xodimi o’zining bilimlarini, ko’nikma va malakalarini alohida odamlar, guruhlar,jamoa va jamiyatlar taraqqiy etishi uchun, shaxsiy-ijtimoiy nizolarni hal qilish, ularning oqibatlarini bartaraf etish uchun sarf qilishi lozim. Ijtimoiy ish diskriminatsiyani rad etish asosiga quriladi. Demak, u mijozlarning jinsi, yoshi, millati, diniy e`tiqodi, tili, siyosiy e`tiqodlari, jinsiy yo’naltirilganligidan qat`iy nazar, amalga oshriladi. Ijtimoiy xodimlar har bir odam va ijtimoiy guruh huquqlarini, uning mustaqilligi va sha`nini hurmat qilar ekan, «BMT ning inson huquqlari hartiyasi» va boshqa xalqaro hujjatlarga asoslanishadi. Ijtimoiy ish mijozlarning dahlsizligini himoyalash tamoyiliga asoslanadi, bunga tanlov erkinligi va kasbiy sir, mijozning o’z huquqlari va shaxsiy delosi mohiyatini tushuntirib berishga bo’lgan huquqi ham kiradi. Ijtimoiy xodimlar kasbiy sir saqlaydilar, hatto u amaldagi qonunchilikka zid bo’lsa ham. Ijtimoiy ish mijozning ishtiroki va u bilan hamkorlikka asoslanadi. Ijtimoiy xizmatchilar o’zlari duch keladigan har qanday murakkab vazifani hal qilishda mijozlar bilan hamkorlik qilishilari lozim, bunda mijozning manfaatlarini eng yaxshi usulda himoya qilish uchun harakat qilish kerak. Ijtimoiy soha xodimlari xizmatlaridan foydalanayotgan shaxslar o’z muammolarini hal etishda juda faol ishtirok etishlari lozim. Mijozlar har doim ijtimoiy soha xodimi tomonidan ana shu birgalikdagi harakatlarningmaqsadi va oqibatlari (hatar va foyda) haqida ma`lumot olishlari zarur. Ijtimoiy ish mijozlarining ixtiyoriyligi tamoyiliga asoslanadi. Demak, u har qanday majburiylikni minimum darajaga tushirish uchun yo’naltirilgan bo’ladi. Ishtirokchilardan bir guruhining muammolarini boshqa guruh muammolari hisobiga hal qilish zaruriyati tug’ilganda majbur qilish, har doim muqobil guruhning manfaatlarini batafsil ko’rib chiqish, har ikki guruhni to’la eshitib bo’lgandan keyingi tamoyil tanlashga asoslanishi kerak. Ijtimoiy soha xodimlari muqobil guruhning har ikkisini ham malakali vakillar bilan ta`minlashlari zarur. Ijtimoiy xodimlar, shuningdek, o’z mamlakatlari qonunchiligida ochiq majbur qilish imkoniyatlarini minimum darajaga tushirishlari kerak. Ijtimoiy ish o’z fuqarolarini ezadigan, terrorizm, qiynoqlar va shunga o’xshash shafqatsiz vositalardan foydalanadigan biror shaxs, guruh, siyosiy kuchlar yoki hokimiyat tuzilmalarini qo’llab-quvvatlashga mutlaqo zid. «Ijtimoiy ishning xalqaro ahloqiy andozalari» da 5 guruh ko’rsatilgan ahloqiy hulq-atvor andozalari; mijozlar bilan o’zaro munosabatlar; agentliklar va tashkilotlar bilan o’zaro munosabatlar; hamkasabalar bilan o’zaro munosabatlar; kasbga munosabat. Download 3.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling