Samarkand davlat universiteti
Download 3.33 Mb.
|
5. Kasbiy xulq-atvor.
IIXF va IIMXA – a`zolari kasbiy axloq va mazkur hujjatning mohiyati bilan bog’liq bo’lgan, o’zlariga tegishli bo’lgan qoidalar va qo’llanmalar to’plamini ishlab chiqishlari va to’ldirib borishlari kerak. Milliy tashkilotlar ijtimoiy ishchilarni mazkur xujjatlar va qoidalardagi o’zgartirishlari bilan xabardor qilishlari kerak. Ijtimoiy ishchilar o’zlarining mamlakatlari spetsifikasini (o’ziga xosligini) inobatga olgan holda qabul qilingan qoidalar va normativ xujjatlarga binoan harakat qilishlari kerak. SHu bilan bir qatorda ular o’z ishlarida kasbiy xulq-atvorning quyidagi umumiy qoidalarga amal qilishlari kerak: Ijtimoiy ishchilar o’zlarining ishlarini samarali bajarilishi uchun zarur bo’lgan malaka va kompetentsiya (huquq, vakolat) darajasini doimo ko’tarib turishlari va rivojlantirishlari kerak. Ijtimoiy ishchilar o’z malakalarini (mahoratlarini) odamlarning azobga solinishi yoki terrorizm kabi noinsoniy maqsadlarda qo’llanilishiga yo’l qo’ymasliklari kerak. Ijtimoiy ishchilar vijdonan, halol yo’l tutishlari kerak. Ijtimoiy ishchilar birga ishlaydigan insonlarga hamdardlik, xayrixoxlik va g’amxo’rlik bilan muomala qilishlari kerak. Ijtimoiy ishchilar mijozlarining qiziqish va talab-ehtiyojlarini shaxsiy qiziqish va talab-ehtiyojlariga bo’ysindirmasliklari kerak. Ijtimoiy ish xodimlari sifatli xizmat ko’rsatish imkoniyatlariga ega bo’lishlari uchun o’z ish joylarida, umuman, jamiyatda o’zlari haqida ham g’amxo’rlik qilishlari kerak. Ijtimoiy ishchilar mijozlari to’g’risidagi ma`lumotlarni konfidentsialligini saqlashlari kerak. Ijtimoiy ishchilar mijozlari, hamkasblari, ishchilari, professional tashkilotlar va qonun oldida o’z harakatlari uchun javobgar bo’lishlarini anglashlari kerak. Ijtimoiy ishchilar ijtimoiy ish maktablari bilan hamkorlik qilishlari va bu maktablar talabalariga sifatli amaliy treninglar va zamonaviy amaliy bilimlarni taqdim etgan holda ularni qo’llab-quvvatlashga tayyor bo’lib turishlari kerak. Ijtimoiy ish xodimlari hamkasblari bilan doimo kasbiy axloq masalalarini muhokama qilishlari va axloqiy tomonlariga e`tibor bergan holda qarorlar qabul qilishlari kerak. Ijtimoiy ishchilar o’zlari qabul qilgan qarorlarining sabablarini va izohini tushuntirib berishga doimo tayyor bo’lishlari kerak. Ijtimoiy ishchilar xujjatlarda bayon etilgan tamoyillar, shuningdek mamlakat xujjatlarida qabul qilingan qoidalar doimo muhokamada bo’lib qadrlansa, mazkur hujjatning bajarilishi uchun o’z agentligi va davlatida kerakli bo’lgan shart-sharoitlarning yaratilishi ustida ishlashlari kerak. «Ijtimoiy ishning etikasi: tamoyillarining tasdiqlanishi» deb nomlangan hujjat 2004 yil oktyabrda Adelaidada (Avstraliya) ijtimoiy ishchilarning xalqaro Federatsiyasi va ijtimoiy ish maktablarining xalqaro Assotsiatsiyasining umumiy uchrashuvida tasdiqlangan. Download 3.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling