Samarkand davlat universiteti
Download 3.33 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Xalqaro konventsiyalar.
- 4.2.Ijtimoiy adolat.
2. Ijtimoiy ish ta`rifi.
Ijtimoiy ish kasbi insonlarning tinchligini ta`minlash maqsadida jamiyatdagi o’zgarishlarga, insoniy munosabatlar muammolarining hal qilinishiga, shuningdek insonlarning ozodligi va imkoniyatlarini kengayishiga imkon yaratadi. Ijtimoiy ishning asosi bo’lib, ijtimoiy adolat va inson huquqlarining amal qilinishi tamoyillari hisoblanadi. 3. Xalqaro konventsiyalar. Inson huquqlarining xalqaro deklaratsiya va konventsiyalari hammaga ma`qul bo’ladigan asosiy standartlarni (mezonlarni) shakllantiradi. Ijtimoiy ishning amaliy faoliyati bilan quyidagi hujjatlar bog’liq: Inson huquqlarining umumiy deklaratsiyasi. - Fuqarolikka oid va siyosiy huquqlariga qaratilgan xalqaro shartnoma. - Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlari to’g’risida xalqaro shartnoma. - Irqiy taxqirlashning barcha shakllarini istisno qilish to’g’risidagi konventsiya. - Ayollar tahqirlanishining barcha shakllarini istisno qilish to’g’risidagi konventsiya. - Inson huquqlari to’g’risidagi konventsiya. - Aborigen va qabilaga oid xalqlar to’g’risida konventsiya. 4. Tamoyillar. 4.1. Inson qadr-qimmatining hurmat qilinishi va inson huquqlari. Ijtimoiy ish barcha insonlarning azaliy qadriyatlari va qadr-qimmatining tan olinishi va shulardan kelib chiqadigan huquqlarini hurmat qilinishiga asoslanadi. Ijtimoiy ishchilar har bir insonning tinchligini va jismoniy, fiziologik, emotsional va ruhiy yaxlitligining himoya qilishlari va qo’llab-quvvatlashlari kerak. Bular quyidagilarni anglatadi: Mijozning o’z o’rnini, yo’lini mustaqil belgilab olishi huquqini hurmat qilish. Insonlarning ishtirok etish huquqi. Mijozlarning shaxsiy hayotiga qiladigan mustaqil qarorlarni qabul qilishlariga imkon yaratish. Insonga butun shaxs sifatida nazar solish. Kuchli tomonlarni aniqlash va rivojlantirish. 4.2.Ijtimoiy adolat. Ijtimoiy o’zlari ish olib boradigan insonlarga va umuman jamiyatga aloqador bo’lgan ijtimoiy adolatning o’rnatilishiga yordam berishga majburdirlar. Bu quyidagilarni anglatadi: Negativ (salbiy) tahqirlashga qarshi chiqish. Tafovutlarni tan olinishi. CHora-imkoniyatlarning teng taqsimlanishi. Adolatsizlikka qarshi chiqish. Mustahkam birdamlikda ish olib borish. Download 3.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling