Samarkand davlat universiteti


Ijtimoiy ish xodimi quyidagi shaxsiy-professional sifatlarga ega bo’lishi, ularni rivojlantirishi va namoyish qilmog’i zarur


Download 3.33 Mb.
bet39/137
Sana28.10.2023
Hajmi3.33 Mb.
#1732429
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   137
Ijtimoiy ish xodimi quyidagi shaxsiy-professional sifatlarga ega bo’lishi, ularni rivojlantirishi va namoyish qilmog’i zarur:

  • har bir odamning qadriyatlarini shaksiz qabul qilish, uning huquqlarini hurmatlash;

  • odamlarning individual farqlariga bahosiz munosabat, insonparvarlik;

  • rivojlangan o’z-o’zini anglash va o’z-o’zini baholash, tanqidiy tafakkur;

  • empatiya (hamdardlik va xayrihohlik qobiliyati);

  • refleksiya (fikrlash, mulohaza yuritish qobiliyati);

  • odamlar bilan aloqa o’rnatish va ishonchli munosabatlarni shakllantirishni uddalay olish;

  • odamlarning hissiy holatiga sezgirlik va ta`sirchanlik, hissiy vazminlik va chidamlilik;

  • murakkab vaziyatlarni hal qilishdagi kat`iyatlilik va izchillik;

  • xavotirlilikning maqbul darajasi, ruhiy tushkunlik holatiga moyillikning yo’qligi:

  • yordam ko’rsatilayotgan odamlar va oilalarning kuchli tomonlarini ko’ra bilish va rivojlantirish mahorati;

  • stressli va hissiy murakkab vaziyatlarda ishlash ko’nikmasi: o’z-o’zini nazorat qilish, bir holatdan boshqasiga o’tish, o’z hissiyotlari va axloqini boshqarish qobiliyati.

Amir Temur davlati davrida ham beva-bechoralar, gadolar, mayib-majruhlarni ijtimoiy himoya qilish tadbirlariga katta ahamiyat berib kelingan. Bunda ijtimoiy himoya g’oyasining asosida islom dini ta`limoti, uning taomillari va qoidalari yotadi.
Amir Temur davlati tarqalib ketganidan keyingi xonliklar davrda ham beva-bechoralarga g’amho’rlik qilish milliy va diniy an`ana, axloqiy qadriyat sifatida xalqimiz urf-odati, kundalik turmushida chuqur saqlanib keldi. Bu davrlarda davlat ijtimoiy himoyasi asosan davlat amaldorlariga, harbiylar va ularning oila a`zolariga nisbatan amalga oshirilar edi. Tarixiy manbalarda madrasa, masjidlarga, shifoxonalarga vaqf erlari ajratilgani, ular soliqlar va yig’imlardan holi qilingani, madrasa toliblarini moddiy qo’llab-quvvatlash uchun davlat mablag’lari sarflangani, ularga homiylik qilish yaxshi darajada yo’lga qo’yilgani haqida ko’plab ma`lumotlar mavjud. Ulug’ mutafakkir shoir hazrati Alisher Navoiyning o’z mablag’larini ilm-fan, adabiyot va san`at ahlini qo’llab-quvvatlashga, ko’priklar, karvonsaroylar qurish, suv chiqarish va obodonchilikni yo’lga quyish yo’lida sarf-xarajat qilganlari, himmat va samimiyatning mislsiz namunasi sifatida tarixiy bitiklarda yozib qoldirilgan.
Prezidentimiz I.A.Karimov o’zining “YUksak ma`naviyat-engilmas kuch” asarida ta`kidlaganidek, bugun mehr-oqibat, bag’rikenglik, bechoralarga himmat ko’rsatish haqida, bu sohadagi milliy-tarixiy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimizni qayta tiklash haqida so’z yuritilar ekan, eng avvalo xalqimizning sog’lom ma`naviy ruhini uyg’otish, o’zligiga qaytarish haqida qayg’urgan bo’lamiz. O’rta Osiyo sharoitida jamoa bo’lib yashash tuyg’usi g’oyat muhim ahamiyat kasb etadi va odamlarni bir-biriga yaqinlashtirishga, bir-birini qo’llab-quvvatlab hayot kechirishga zamin tug’­diradi. SHu ma`noda, xalqimizning turmush va tafakkur tarziga nazar tashlaydigan bo’lsak, boshqalarga hech o’xshamaydigan, ming yillar davomida shakllangan, nafaqat o’zaro muomala, balki hayotimizning uzviy bir qismi sifatida namoyon bo’ladigan bir qator o’ziga xos xususiyatlarni ko’ramiz.
Misol uchun, tilimizdagi mehr-oqibat, mehr-muhabbat, mehr-shafqat, qadr-qimmat degan, bir-birini chuqur ma`no-mazmun bilan boyitadigan va to’ldiradigan iboralarni olaylik. Qanchalik g’alati tuyulmasin, bu iboralarni boshqa tillarga aynan tarjima qilishning o’zi mushkul bir muammo63.
Yuksak insoniy fazilatlar, insonparvarlikni g’arbdangina emas, balki o’zimizning o’tmishimizdan, boy ma`naviy-axloqiy xazinamizdan, ajdodlarimizning savob ishlar qilish bo’yicha bitmas-tuganmas boy tajribasidan ham o’rganish lozim va hatto shartdir. CHunki, ular o’zimizniki bo’lgani sababli beminnatdir.
O’zbek xalqining millat sifatida shakllanishida ana shu bag’rikenglik, o’zaro sabru-toqatlilik, hamjihatlik, bamaslahat ish qilishga intilish, beva-bechoralarga ko’mak berish xislatlari asosiy omil bo’lib xizmat qildi. O’zaro ijtimoiy yordam, ijtimoiy himoya O’zbekiston sharoitida yangilik bo’lmasdan, ming yillar davomida shakllangan hamda davom etib kelayotgan milliy-tarixiy qadriyatlarimizning ajralmas qismidan iborat.
Ijtimoiy himoyaning tarixiy, ma`naviy jihatlari ibrat, namuna sifatidagi emas, balki yoshlarimizni vatanparvar insonlar qilib tarbiyalash, ular ma`naviyatiga insoniylik xislatlarini singdirish uchun ham juda zarurdir.
P
Маънавият – инсонни руҳан покланиш, қалбан улғайишга чорлайдиган, одамнинг ички дунёси, иродасини бақувват, иймон-эътиқодини бутун қиладиган, виждонини уйғотадиган беқиёс куч, унинг барча қарашларининг мезонидир.

Download 3.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling