Samarkand davlat universiteti


Download 3.33 Mb.
bet40/137
Sana28.10.2023
Hajmi3.33 Mb.
#1732429
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   137
И.А.Каримов

rezidentimiz I.A.Karimov shakllanib kelayotgan ijtimoiy himoya tizimlari haqida so’z yuritib, ta`kidlagan ediki: “Biz ijtimoiy himoyalashning asossiz tenglashtirish tizimidan qat`iyan voz kechib, SHarqda necha ming yillar davomida qaror topgan ma`naviy-axloqiy qadriyatlarga, turmush tarzi va dunyoqarash xususiyatlariga muvofiq keladigan o’z yo’limizni tanlab oldik. Bunda biz nafaqat o’z tarixiy tajribalarimizga, shu bilan birgalikda jahon tarixiga ham tayanishga harakat qildik”.
XVIII asrda sodir bo’lgan sanoat inqilobi natijasida Evropa qiyofasi tubdan o’zgardi, SHimoliy Amerika taraqqiyotida jiddiy burilish yuz berdi. Kapitalistik ukladning tarkib topishi natijasida bir tomonda xaddan tashqari boylar, ikkinchi tomonda esa qashshoq kambag’allar bo’lgan, juda ham tabaqalashgan jamiyat yuzaga keldi. Bu hol qator muammolarni yuzaga keltirdi. Kambag’allik va qashshoqlik boylar manfaatiga, davlat hamda jamiyat barqarorligiga jiddiy havf tug’dira boshladi.
Kapitalistik tartibotlar o’rnatilguniga qadar kambag’allarga yordam berish, ular ahvolini engillashtirish har kimning xususiy ishi sifatida qaralar, davlat tomonidan izchil ravishda ularni ijtimoiy himoya qilish kun tartibida turmas edi. Bu vazifa odatda diniy muassasalar, o’rta asr cherkovlari, ayrim homiy shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida xususiy tartibda amalga oshirilib kelinardi.
Sanoat inqilobi yuz bergandan keyin kambag’allik global muammoga aylandi va bu muammoning hal etilishi davlat hamda jamiyat hayotining ko’pgina sohalariga ta`sir qiluvchi kuchli omilga aylandi. SHu tufayli ayrim mamlakatlarda kambag’allik to’g’risidagi qonunlar qabul qilina boshlandi. Jamiyat bular haqida qayg’urishi lozimligi anglab etildi va ushbu yo’nalishdagi ishlarni uyushgan, tashkiliy holda amalga oshirish chora-tadbirlari ko’rildi. Ushbu choralar kambag’allik muammosini butunlay hal etishga emas, balki u bilan bog’liq muammolarni yumshatish, ijtimoiy portlashlar yuz berishini oldini olishga qaratilgan edi. SHu sababli kambag’al jamiyat yordamidan umid qila olishi uchun bor-budidan ayrilgan, chorasiz holga tushgan bo’lishi lozim edi va bunday shaxslarga yordam ko’rsatish chog’ida ular kamsitilar, haqoratlanar edilar, ya`ni ular jamiyatning past nazari ostida bo’lar edilar.
S
“Одамларнинг ҳатти-ҳаракатларини яхшилик
ва ёмонликка бўлиш учун битта шубҳасиз белги
бор: одамларнинг меҳр-муҳаббати ва бирдамлигини оширса ─ у яхшилик;
душманлик ва парокандаликни вужудга келтирса ─ у ёмонлик”.

Download 3.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling