Samarkand davlat universiteti


Download 3.33 Mb.
bet38/137
Sana28.10.2023
Hajmi3.33 Mb.
#1732429
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   137
Erkparvarlik. Agar insonparvarlik tamoyili shaxsning barcha insoniy haq-huquqlari himoyasida tursa, ya`ni ancha keng qamrovli va umumiy intilish bo’lsa, erkparvarlik tamoyili uning ma`lum ma`noda muayyanlashgan bir qismi hisoblanadi.
Erkparvar inson qullikning, mute`likning har qanday ko’rinishini inkor etishi barobarida inson huquqlarining tom ma`nodagi jangchisiga ham aylanadi. Bu jangchi bir tomondan, har bir shaxsning so’z erkinligi, o’z fikrini erkin bayon qilishi, saylash huquqini, vijdon erkinligi uchun kurashadi, ikkinchi tomondan, butun-butun millatlar erki masalasini o’rtaga tashlar ekan, ma`lum ma`noda milliy ozodlik harakatlari uchun ham turtki beradi. Odatda erkparvar shaxslar muayyan davrning qahramonlariga aylanadilar. Zero, ular o’zgalar erki uchun o’z erkini, o’z hayotini qurbon qilishdan ham cho’chimaydilar.
Vatanparvarlik. eng ma`lum va mashhur tamoyil, bu – vatanparvarlik. U insonning o’z Vataniga muhabbatini, uni asrab avaylashga bo’lgan ishtiyoqini anglatuvchi ahloqiy tushuncha. Uni ko’pincha Vatan dushmanlariga qarshi ma`naviy-mafkuraviy qurol sifatidagina talqin etadilar. Aslida esa bu tamoyilning qamrovi juda keng – u insonparvarlikning nisbatan muayyanlashgan shakli. U eng avvalo, o’z Vatandoshlari erkini asrash uchun kurash, insonparvarlikning inson ozodligini hatti-harakatlaridir.
Vatanparvarlik tamoyili Vatan tushunchasini fidoiylarcha idrok etish, muayyan hudud va xalqqa muhabbat hissi singari omillar bilan bog’liq. Hozirgi vaqtda yoshlarimizda vatanparvarlik tuyg’usini tarbiyalash, ularni Vatan ma`nosini terang anglab etishga o’rgatish, vatanparvarlik – yuksak ahloqiy tamoyil ekanini tushuntirish zaruriy holatdir.
Millatparvarlik. YAna bir muhim ahloqiy tamoyili, bu millatparvarlik. U, ma`lum ma`noda, vatanparvarlik tamoyilini yanada muayyanlashgan shakli. Zero, millatni sevish keng ma`noda Vatanni sevish degani. Vatansiz millatning bo’lishi yoki rasmana erkin va baxtli yashashi mumkin emas. O’z millatini chin dildan sevmagan odam hech qachon boshqa millatlarni seva olmaydi.
Fidoiylik. Ma`lumki, inson muayyan mamlakat va jamiyatdagi qoidalarni, huquqiy me`yorlarni buzmay yashashi mumkin. Fidoiylik tamoyilining mazmunini turli tarixiy davr va ijtimoiy jarayonlarda turlicha muayyanlashadi. Hozirga kelib asta sekinlik bilan jamiyatimizda fidoiylik ustivor tamoyil maqomini egallab bormoqda. Prezidentimiz Islom Karimovning fidoiylik tamoyili mohiyatini to’la anglatadigan “Elim deb, yurtim deb yonib yashash kerak!” degan so’zlarini ahloqiy ishlar shiori qilib olgan jamiyatimiz a`zolarining ilg’or qismi tobora ko’payib bormoqda. Ana shu ko’payib borish jarayoni qancha tezlashsa, biz qurayotgan davlatning shakli shamoyili shuncha muayyanlik kasb etadi. Bugungi kundagi jamiyatimiz hayotidagi muhim o’zgarishlar har bir mamlakatimiz fuqarosidan fidoiylikni talab qilmoqda. CHunki, milliy istiqlolga erishgan yurtimiz bu kunlarga fidoiy insonlarning joni, mehnati evaziga etib keldilar.
Ijtimoiy ish etikasi: tamoyillar va nazariyasi – 1994 yilda Kolomba shahri (shri-lanka)da ijtimoiy xodimlar xalqaro federatsiyasi umumiy yig’ilishda “Ijtimoiy ish etikasi: tamoyillar va nazariyasi” nomli hujjat qabul qilindi. Bu hujjat ikki qismdan iborat. “Ijtimoiy ish tamoyillarining xalqaro dekleratsiyasi” va “Ijtimoiy xodimlarning xalqaro ahloqiy andozalari”. Bu hujjatlarning qabul qilinishi federatsiya tomonidan uzoq yillar davomida orqaga surib kelindi, bunga ajablanmasa ham bo’ladi. Bu tashkilotga a`zo bo’lgan yuzlab mamlakatlarning a`zolari bo’yicha juda xilma-xil. Ularni yo’llagan davlatlar o’zlarining to’zilishi, boshqaruv shakllari, madaniyati bo’yicha xilma-xil bo’lib, o’zlarining an`analariga va ijtimoiy ishning shakllanish tarixiga ega. Qizg’in munozaralardan keyin umumiy xulosaga kelishga muvaffaq bo’lindi, shuning natijasida mazkur dekleratsiyalar dunyoga keldi. “Ijtimoiy ishning ahloqiy tamoyillari dereratsiyasida” quyidagi tamoyillar bayon qilingan:

  1. Har bir odam noyob xodisa bo’lib, unga ahloq nuqtai nazardan e`tibor berish lozim;

  2. Har bir odam o’z ehtiyojlarini qondirishda boshqalarning huquqlariga zarar etkazmasdan harakat qilish huquqiga ega va u jamiyat farovonligini oshirishdagi o’z hissasini qo’shishi lozim.

  3. Har bir jamiyat, boshqaruv shaklidan qat`iy nazar, o’zining har bir a`zosini maksimum darajada noz-ne`matlar bilan ta`minlashga intilishi lozim.

  4. Ijtimoiy soha xodimlari ijtimoiy adolat tamoyillariga dohildir.

  5. Ijtimoiy soha xodimi o’zining bilimlarini, ko’nikma va malakalarini alohida odamlar, guruhlar, jamoa va jamiyatlar taraqqiy etishi uchun, shaxsiy-ijtimoiy nizolarni hal qilish, ularning oqibatlarini bartaraf etish uchun sarf qilishi lozim.

  6. Ijtimoiy ish diskriminatsiyani rad etish asosiga quriladi. Demak, u mijozlarning jinsi, yoshi, millati, diniy e`tiqodi, tili, siyosiy e`tiqodlari, jinsiy yo’naltirilganligidan qat`iy nazar amalga oshiriladi.

  7. Ijtimoiy xodimlar har bir odam va ijtimoiy guruh huquqlarini, uning mustaqilligi va sha`nini hurmat qilar ekan “BMT ning inson huquqlari xartiyasi” va boshqa xalqaro hujjatlarga asoslanadi.

  8. Ijtimoiy ish mijozlarning daxlsizligini xiomyalash tamoyiliga asoslanadi, bunga tanlov erkinligi va kasbiy sir, mijozning o’z huquqlari va shaxsiy delosi mohiyatini tushuntirib berishga bo’lgan huquqi ham kiradi.

  9. Ijtimoiy xodimlar kasbiy sir saqlaydilar, hatto u amaldagi qonunchiligimizga zid bo’lsa ham. Ijtimoiy ish mijozning ishtiroki va u bilan hamkorlikka asoslanadi. Ijtimoiy xizmatchilar o’zlari duch keladigan har qanday murakkab vazifani hal qilishda mijozlar bilan hamkorlik qilishlari lozim

Ijtimoiy soha xodimlari xizmatlaridan foydalanayotgan shaxslar o’z muammolarini hal etishda juda faol ishtirok etishlari lozim. Mijozlar har doim ijtimoiy soha xodimi tomonidan ana shu birlikdagi harakatlarning maqsadi va oqibatlari haqida ma`lumotolishlari zarur.
Ijtimoiy ish mijozlarining ixtiyoriyligi tamoyiliga asoslanadi. Demak, u har qanday majburiylikni minimum darajaga tushirish uchun yo’naltirilgan bo’ladi. Ijtimoiy ish o’z fuqarolarini ezadigan, terrorizm, qiynoqlari, va shunga o’xshash shafqatsiz vositalardan foydalanadigan biror shaxs, guruh, siyosiy kuchlar yoki hokimiyat to’zilmalari qo’llab-quvvatlashga mutlaqo zid.
Bugungi kunda ham mazkur masala o’ta dolzarb nazariy – amaliy ahamiyat kasb etuvchi muammolar sirasiga kirib nafaqat nazariyotchilar, balki davlat rahbarlarining e`tiborini o’ziga jalb etib kelmoqda. Jumladan, insonga, xususan rahbarga xos ma`naviy fazilatlar haqida Oliy Majlis birinchi sessiyasi yig’ilishida so’zlagan nutqida fikr yuritar ekan, mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov birinchi navbatda:
- avvalo, uning vatanparvar va xalqparvarlik fazilatlariga ega bo’lishi, ona yurtini chin qalbidan sevishi va ardoqlashi, el – yurti uchun o’zini ayamasligi, kerak bo’lsa, bu yo’lda jonini ham fido qilishga tayyor bo’lishi;
- mehnat resurslarini boshqara oladigan, shu ishning chinakam bilimdoni, bu borada boshqalarga o’rnak bo’lishi;
- rahbar shaxsning mustaqil dunyoqarashi, mas`uliyatni bo’yniga ola bilishi, keng fikrlashi, siyosiy etukligi, uzoqni ko’ra bilish qobiliyati bilan boshqalardan ajralib turishi;
- iymon – e`tiqodi mustahkam, irodasi baquvvat, or – nomusli, harom – xarij ishlardan hazar qiladigan, izlanuvchan, tashabbuskor, tadbirkorlik fazilatiga ega bo’lishi, tashkilotchi, talabchan va qat`iyatli bo’lishi lozimligiga alohida urg’u berib o’tdilar59.
SHuningdek, G’arb davlatlarida ham mazkur masalaga oxirgi vaqtlarda alohida e`tibor berilmoqda. Masalan, AQSH va Germaniyada bo’lajak rahbarning ma`naviy-axloqiy va tashkilotchilik sifatlariga talab kuchaytirildi. Turli darajadagi rahbar xodimlarni tanlab olishda ularning ma`naviy va kasbiy sifatlarining, u bajarishi kerak bo’lgan vazifalarga qat`iyan mos bo’lishi hamda bo’ysinuvchilaridan hech bo’lmaganda bir fazilati bilan ustun bo’lmog’ligiga diqqat e`tiborni qaratishmoqda60.
Mazkur mulohaza bugungi kunda zamonaviy rahbar qaerda yoki qaysi sohada bo’lmasin, faoliyatining samaradorligi albatta uning ma`naviy fazilatlari bilan chambarchas bog’liqlikda ko’rilayotganligining yorqin dalilidir. CHunki, kasbiy faoliyat insonni sifatlariga bir tomondan ta`sir o’tkazsa, ikkinchi tomondan turli kasb egalariga xos sifatlar ham mavjudligini e`tibordan chetda qoldirish kerak emas. Kasbiy faoliyatning shaxsiy sifatlarga ta`siri xususida faylasuf olim Platon fikr yuritib, “ma`naviy fazilatlar tabaqaga qarab, ya`ni faylasufda donishmandlik fazilati, hunarmandda mo’`tadillik, jangchida esa qahramonlik va botirlik namoyon bo’ladi” deb ta`kidlab o’tgan edi61. SHu sababli bo’lsa kerakki ijtimoiy ish xodimlariga xos ma`naviy fazilatlarni o’rganish muammosi hozirgi davrda muhim ahamiyat kasb etib, ijtimoiy soha tadqiqotchilari e`tiborini o’ziga jalb etib kelayotgan bo’lsada, e`tirof etish joizki ma`naviy fazilat tushunchasi ta`rifi, ularning tarkibiga kiruvchi xislatlar haqida olimlarda yagona to’xtam mavjud emas.
Ma`naviy fazilatlar ma`naviy me`yor bilan bevosita bog’liq bo’lib, inson xulq – atvorining muayyan tomonlarini umumlashtirilgan shaklda baholaydi va ko’rsatib beradi. Misol uchun, talabchanlik va mas`uliyat fazilatlari, insonning bir qator xususiy fe`l –atvor me`yorlarida o’z ifodasini topib, oqibatda inson aniq vaziyatda qanday harakatlanishi lozimligini o’zi aniqlaydi2.
Demak, ijtimoiy ish xodimining ma`naviy fazilatlari – bu nafaqat uning insoniy fazilatlari, balki uning kasbiy faoliyati bilan bog’liq. Ma`naviy fazilatlar ma`naviy omilning individual darajada namoyon bo’lishi hisoblanib, ijtimoiy ish xodimlariga bilimlar, axloq, ta`lim-tarbiya, badiiy-estetik qadriyatlarni o’zlashtirish va qayta qo’llashga imkon yaratadi.
Ma`naviy fazilatlar shaxs ma`naviy dunyosining elementi sifatida ichki va tashqi yo’nalishga ega2. Bunda, ichki yo’nalish ijtimoiy ish xodimiga o’z – o’zini takomillashtirishga imkon bersa, tashqisi boshqa ijtimoiy sub`ektlar hamda tabiiy muhit bilan munosabatlarda amalga oshib, jamiyatning ma`naviy madaniyatini aks ettirishda namoyon bo’ladi.
SHu sababli axloqiy fazilatlar qatlami va xarakteri ma`naviyatga bog’liq. Bu qatlam ma`naviyatga aloqador bo’lsa, boshqa axloqiy sifatlarning qanday ekani bevosita shu qatlamga bog’liqdir62.
YUksak ma`naviy fazilatlar, ijtimoiy ish xodimlarining kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatga erishishining eng muhim omilidir. O’z navbatida, agarda ijtimoiy ish xodimi o’zining ma`naviy fazilatlarini jamoada namoyon qilsa, obro’ – e`tibor qozonishga imkon beruvchi nufuzga ega bo’ladi. O’z navbatida obro’ – e`tiborga ega bo’lgan ijtimoiy ish xodimlari butun jamiyatning bir elementi sifatida atrof muhitga ma`naviy etuklik namunasiga aylanadi.

Download 3.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling