Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti


Download 184 Kb.
bet1/9
Sana09.09.2023
Hajmi184 Kb.
#1675108
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Fan dasturi QXI 09.09.2023




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
SAMARQAND AGROINNOVATSIYALAR VA TADQIQOTLAR INSTITUTI

TASDIQLAYMAN”


Samarqand agroinnovatsiyalar
va tadqiqotlar instituti rektori,
professor_____________Sh.T.Hasanov
2023 yil “___” ___________
QISHLOQ XO‘JALIGI IQTISODIYOTI
FANINING O‘QUV DASTURI
Bilim sohasi: 800 000-Qishloq, o‘rmon, baliq xo‘jaligi va
veterinariya


Ta’lim sohasi: 810 000-Qishloq xo‘jaligi


Ta’lim yo‘nalishi: 6081200-Issiqxona xo‘jaligini tashkil etish
va yuritish
60811800-Mevachilik va uzumchilik
60811900-Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik
60810900 – Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari bo‘yicha)


SAMARQAND -2023

Fan/modul kodi
IXTYEY

O‘quv yili
2023-2024

Semestr
5

Kreditlar
4

Fan/modul turi
Majburiy fanlar

Ta’lim turi
O‘zbek/rus

Haftadagi dars soatlari
8

1.

Fanning nomi

Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)

Mustaqil ta’lim (soat)

Jami yuklama (soat)

Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti

60

60 (k/i)

120

2.

I. Fanning mazmuni.
Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari iqtisodiy samaradorligi va raqobatbardoshligini ta’minlash hamda tarmoqda takror ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda mavjud resurslardan samarali foydalanish bo‘yicha talabalarga umumlashtirilgan nazariy, metodologik, amaliy bilim va ko‘nikmalami berish hisoblanadi.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish samaradorlik ko‘rsatkichlarini tavsiflash, iqtisodiy tahlil qilish, tavakkalchilik xatarini, shuningdek rivojlanishning ichki va tashqi omillaridagi o‘zgarishlarini hisobga olgan holda sohani yanada rivojlantirish va iqtisodiy barqarorligini ta’minlash bilan bog‘liq jarayonlami o‘rganishdan iborat.
II.Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari).
II. I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu. “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” fanining predmeti, vazifasi va uslublari. «Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti» fani boshqa iqtisodiy fanlar bilan chambarchas bog’langan. «Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti»ning nazariy va uslubiy jihatdan bazasi xuddi boshqa tarmoq fanlari kabi iqtisodiy nazariya hisoblanadi. «Iqtisodiy nazariya» ishlab chiqarish munosabatlarini va ularning iqtisodiy qonunlarida aks etishini, shuningdek bu qonunlardan amalda foydalanishni o’rganadi. «Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti» ishlab chiqarish munosabatlarining shakllanish turlarini iqtisodiy qonunlarning harakat qilish mexanizmini, ularning namoyon bo’lish shakllarini va shu tarmoqda aniq sharoitda ulardan foydalanishni ochib beradi.
2-mavzu. Qishloq xo’jaligida tovar-pul munosabatlari va bozor. Qishloq xo’jaligining bosh maqsadi faqatgina o’zining ehtiyojini qondirish maqsadida mahsulot ishlab chiqarish bo’lmay, bal­ki sotish va sotib olish yo’li bilan ayiroshlash uchun tovar mahsuloti ishlab chiqarishdir. Har qanday tovar mahsuloti ishlab chiqarishning asosi bo’lgani kabi qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining ham asosini, ijtimoiy mehnat taqsimotining mavjudligi, ishlab chiqarish vositalariga mulkchilikning turli shakllarining mavjudligi, hamda ularni tovar mahsuloti ishlab chiqaruvchi (yakka shaxslar, korxonalar, birlashmalar) sifatida bir-biridan iqtisodiy alohidalik tashkil etadi. Qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining o’zaro ishlab chiqarish va bozor orqali tovar mahsuloti ayriboshlashdagi munosabatlari ijtimoiy tovar munosabatlari, ishlab chiqarishning o’zi esa tovar ishlab chiqarish deyiladi

Download 184 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling