Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti «ijtimoiy fanlar» kafedrasi. Milliy istiqlol g


Download 1.79 Mb.
bet13/36
Sana12.01.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1089632
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36
Bog'liq
fayl Milliyistiqlolgoyasifanidanmaruzalar

«Sening xavfsizliging, sening xuzurXilovating, sening farovonliging uchun vatan kerak bo’lsa, munosib fusaro bo’l".
K.Gel’vesiy.
Shaxsning mafkuraviy immunitetini, uning ijtimoiysiyosiy faolligi, pozisiyasini mamlakat, davlat uchun favquloddagi holatlarda kuzatish mumkin.
1999 yil 11 may. Yugoslaviyadagi Xitoy elchixonasi yoniga bomba tushdi.
Xitoy shaharlarida o’n minglab yoshlarning norozilik namoyishlari boshlandi. Odamlar ko’kraklariga "Men-inshonaman! Meni ot" degan plakatrasmlarni yozib chiqishdi. Boshqa mamlakatlardagi musofir xitoylar ham shunday namoyishlar uyushtirishdi. Xitoy yoshlarining milliy birligi, milliy oriyati, siyosiy, mafkuraviy birligi namoyon bo’ldi. Milliy davlatchilik vatanparvarlik fidoyilikni o’zidamujassam qilgan Xitoy milliy xarakteri o’zini ko’rsatdi. Bu birlikka xavas qilish kera. O’zbek xaraktarini millat, davlat, Vatan sha’ni daxlsizligi uchun istagan paytda namoyon bo’ladigan ishonchli fazilatlar bilan qurollantirish kerak1.
Mafkuraviy immunitet shaxs tomonidan Vatan, millat uchun ko’ngilli, g’oyaviy asoslanib amalga opshriladigan kundalik ishlarda namoyon bo’ladi. Bu faollik milliy birlik ma’naviy yuksalishga xalaqit berayotgan sifatlar, yot qarashlar, milliy xavfsizligimizga, ichki va tashqi tahdidlarga ochiq va mardona qarshi turishni ham o’z ichiga oladi Boshqacha qilib aytganda, — Elim, yurtim deb yashashning har bir kishida, jamoada, jamiyatda namoyon bo’lishini anglatadi. Bu esa milliy g’oyani amaliy kuchga aylantirish va buzgunchi mafkuraviy ta’sirlardan aholini, yoshlarimizni himoya qilishning shartlaridan biridir. Zero «Fikr va so’z amaliyotga yo’naltirilganda ularning har ikkisi ham moddiyatga — narsaga aylanadi»2.
Yot mafkuralar targ’ibotining «mehribonligi», «xolisligi» va «betarafligi», «yoqimliligi», «do’stonaligi»ning ortida nima yotganini doimo bilishlari lozim. Ya’ni ularning zamirida O’zbekistonning rivojlanib ketishiga qarab muntazam taktikasini o’zgartirib turuvchi jonsarak aqidaparastlik targiboti natijasi va amaliyoti yotganini, ularning an’anaviy fundamentalistik nazariya va royalarni zamonaviy usullarda «jonlantirayotganini» tushunish zarur.
Shu bilan birga, ayrim yoshlar har xil yot g’oyalarni xolis axborot manbai sifatida qabul qilayotganliklarini ham ta’kidlash kerak. Yot mafkuralarni ko’rko’rona qabul qilish zararli.

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling